G‘azoda qirg‘in boshlanganiga bir yil bo‘ldi: U bizga nimalarni namoyon qildi?

32
0

G‘azoda qirg‘in boshlanganiga bir yil bo‘ldi:

U bizga nimalarni namoyon qildi?

Shubha yo‘qki, Falastin masalasi barcha musulmonlarning aqidasi va iymoniga bog‘liq masaladir. Bu falastinliklar yoki g‘azoliklarga tashlab qo‘yiladigan masala emas. G‘azo qirg‘ini boshlangandan beri ishg‘olchi yahudiylar Ka’badan ham muqaddas bo‘lgan musulmonlarning qonini to‘xtovsiz to‘kmoqda. Rosululloh sollallohu alayhi vasallam: “…(Ey Ka’ba) Muhammadning joni qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, mo‘minning, uning molining va qonining daxlsizligi Allohning nazdida sening daxlsizligingdan ham buyukdir”, dedilar.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 7 oktyabrdan beri G‘azoda 42 mingdan ortiq musulmon o‘ldirildi. Ularning 16,5 ming nafari yosh bolalardir. Yuz mingdan ortiq odam jarohatlandi. O‘n minglagan odamlar bedarak yo‘qoldi. G‘azodagi binolarning yarmidan ko‘pi vayron bo‘ldi.

Biz tinchgina hayot kechirayotgan bir paytda G‘azoda har soatda 15 kishi halok bo‘lmoqda. Bir yil davomida G‘azoga har soatda 42 ta bomba tashlandi. Maktablarning 85 foizi yaroqsiz holga keldi. Yo‘llarning 65 foizidan foydalanib bo‘lmay qoldi. 1,1 million kishi majburiy qochqinga aylandi.

Ha, butun dunyo ahli ko‘z o‘ngida sodir bo‘lgan bunday qirg‘in biz musulmonlarga juda katta o‘rnak bo‘ldi va ko‘p narsalarni namoyon qildi.

Ulardan birinchisi: Allohga tavakkul va mustahkam iymon bilan harakat qilish kofirlarning har qanday qurollaridan ham kuchliroq va ta’sirliroq ekanini ko‘rsatdi. Shuningdek, sabr dushmanning har qanday qurolidan kuchliroq qurol ekanligini ham namoyon qildi. Yordam boshqalardan emas, faqat Allohdan kelishini bilib oldik. Alloh Taolo marhamat qiladi:

إِنْ يَنْصُرْكُمْ اللَّهُ فَلَا غَالِبَ لَكُمْ

“Agar sizlarga Alloh yor bo‘lsa, hech kim sizlardan g‘olib bo‘lmas”. (Oli Imron: 160).

G‘azo bizga ozchilik ko‘pchilikdan ustun bo‘la olishini ko‘rsatdi. Alloh Taolo aytadi:

كَمْ مِنْ فِئَةٍ قَلِيلَةٍ غَلَبَتْ فِئَةً كَثِيرَةً بِإِذْنِ اللَّهِ وَاللَّهُ مَعَ الصَّابِرِينَ

“Qanchadan-qancha kichkina guruhlar Allohning izni bilan katta guruhlar ustidan g‘alaba qilgan. Alloh sabr qilguvchilar bilan birgadir”. (Baqara, 249).

Ikkinchisi, Islomiy o‘lkalarining rahbarlari G‘azo haqida quruq ayblovlardan boshqa hech narsa qilmasligini anglab yetdik. Ular G‘azodagi qirg‘inlarga faqat tomoshabin bo‘lib tura olishlarini tasdiqlashdi. G‘azodagi go‘daklar, or-nomusimiz bo‘gan ayollar va keksalarning o‘limiga tomoshabin bo‘lib turishdi. Ularning ahvoli xuddi Qur’onda kelgan “Uhdud” qavmining ahvoliga o‘xshaydi.

Shunday ekan, G‘azo muammosining haqiqiy yechimi armiyani harakatga keltirish ekanligiga hech shubha qolmadi. G‘azodagi birodarlarimizni qutqarish uchun armiyani harakatga keltirish lozim! Ulamolar va barcha musulmonlarning vazifasi har qanday malomatchining malomatidan qo‘rqmay haqni aytish hamda kuch egalariga o‘z majburiyatlarini eslatib, ularni bajarishga majbur qilishdir. Rosululloh sollallohu alayhi vasallam sahih hadisda shunday marhamat qiladilar:

«وَإِنَّمَا الْإِمَامُ جُنَّةٌ يُقَاتَلُ مِنْ وَرَائِهِ وَيُتَّقَى بِهِ»

“Imom-xalifa qalqondir, uning ortida turib jang qilinadi va u bilan himoyalinadi”.

Demak, aytish mumkinki, bugungi kunda Falastinda va butun dunyoda jabr-zulm ostida qolgan musulmonlarni faqat Ummat qalqoni bo‘lgan va ularni bitta bayroq ostida birlashtiradigan Xalifagina qutqara oladidi. Eng to‘g‘ri yechim mana shudir!

Turkiston

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.