Qirg‘iziston mustaqil davlatmi?

71
0

Qirg‘iziston mustaqil davlatmi?

Qirg‘iziston 1991 yildan buyon 31 avgust kunini mustaqillik bayrami sifatida nishonlab keladi. Haqiqatdan ham Qirg‘iziston mustaqilmi? Uning mustaqilligini aniqlaydigan mezonlar bormi? Keling, bu savolga tarixiy faktlardan javob izlab ko‘raylik.

Shubhasizki, siyosiy, harbiy va iqtisodiy mustaqillik chinakam suveren davlatning asosiy shartidir. Mustamlakachilikdan ozod bo‘lish ma’nosini bildirgan “Mustaqillik” (independence) atamasi dastlab, Islomiy o‘lkalarni zaiflashib qolgan Usmonli xalifaligidan ajratib olish uchun ishlatilgan. Angliya va Fransiya davlatlari arab va Afrika o‘lkalarini Usmonli xalifaligidan ajratib, mustamlaka qilish uchun “mustaqillik” shiorlarini ko‘tardilar. So‘ngra Birinchi jahon urushi boshlanib, xalifalik davlati qulatildi. Mustamlakachi davlatlar o‘zlari bosib olgan yerlardan qanoatlanmagach, ikkinchi jahon urushini boshladilar. Bu urush natijasida jahon yetakchiligiga intilgan Amerika “mustaqillik” tashabbusini ilgari surdi. “Atlantika Xartiyasi” mustaqillikka erishish yo‘lida tashlangan birinchi qadam hisoblanadi.

Atlantika xartiyasi Gitlerga qarshi koalitsiyaning asosiy dasturiy hujjatlaridan biridir. Xartiya Atlantika konferensiyasida Britaniya bosh vaziri va AQSH prezidenti tomonidan qabul qilinib, 1941 yil 14 avgustda e’lon qilindi. 24 sentyabrda SSSR unga qo‘shildi. Ushbu xartiya, Ittifoqchilar ikkinchi jahon urushida g‘alaba qozonganidan keyin dunyo tartibini belgilash uchun chaqirilgan. Shundan so‘ng “Birlashgan Millatlar” (United Nations) atamasi Gitlerga qarshi koalitsiyaning sinonimi sifatida qo‘llanila boshladi va keyinchalik “Birlashgan Millatlar Tashkiloti”ga aylandi.

Ushbu konferensiyada AQSH ittifoqchilar tarafida turib urushga kirish evaziga boshqa davlatlarning mustamlakalariga kirish yo‘lini ochib qo‘yishni talab qildi. Bu rasmiy ravishda xartiya hujjatining bandlariga kiritilgan. Masalan, xartiyada “Suveren huquqlari hamda o‘zini o‘zi boshqarish huquqi zo‘rlik bilan tortib olingan xalqlarning huquqlarini qayta tiklash” degan band bor. Bu band AQSHning mustamlaka ostidagi mamlakatlarni “mustaqillik” shiori ostida mustamlakachi davlatga qarshi gijgijlab, so‘ng uni o‘zi mustamlaka qilib olishi uchun joriy qilingan edi.

Shu tariqa, dekolonizatsiya Hindistondan boshlandi. U 1947 yilda “mustaqillik”ka erishdi. Haqiqatda esa, AQSH bu davlatlarni “mustaqillik”ka gijgijlab boshlaganida, Angliya o‘z musutamlakasi bo‘lgan Hindiston va Pokistonga soxta mustaqillik berib, ularni o‘z changalida ushlab qolgan edi. Bunday holat keyingi ajralib chiqqan davlatlarda ham takrorlandi. Hindistondagi AQSH-Britaniya kurashi bugungi kungacha davom etib kelmoqda. U yerdagi hukmron partiyalar ichida “Hindiston milliy kongressi” Britaniyaga, “Hindiston xalq partiyasi” esa Amerikaga xizmat qiladi. Pokistonni esa AQSH butunlay Angliyadan tortib oldi.

1960 yillarga qadar dekolonizatsiya jarayoni asosan Osiyo mamlakatlarida davom etdi. 1960 yilda “dekolonizatsiya” BMT tomonidan kuchli tarzda qo‘llab-quvvatlandi. O‘sha yili BMT “mustamlaka ostidagi mamlakatlar va xalqlarga mustaqillik berish to‘g‘risida deklaratsiya” qabul qildi. 1961 yilda AQSH prezidenti Kennedi va SSSR rahbari Xrushchev Venada uchrashib, koloniyalarni bo‘lib olishga kelishib oldilar. Shundan so‘ng, xususan Afrikada “mustaqillik” harakatlari kuchayib ketdi.

Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, AQSH va SSSR “mustaqillik” kurashlari orqali Angliya va Fransiyaning (shuningdek, Italiya, Ispaniya kabi kichikroq mustamlakachi davlatlarning) mustamlakalariga kirib borish uchun o‘zlariga yo‘l ochib olishdi. O‘z navbatida bular ham, o‘zlarining mustamlakalarini saqlab qolish uchun darhol mintaqaviy tashkilotlarni tuzishga shoshildilar. Masalan, Angliya o‘z mustamlakalarini “Xalqlar Hamdo‘stligi” (Commonwealth of Nations) tashkiloti orqali saqlab qolishga harakat qildi. Fransiya ham o‘z mustamlakalarini “Fransuz hamjamiyati” (Communauté française) tashkiloti orqali saqlab qolishga harakat qildi. Shunday qilib, bu mustamlakachilarning mustamlakachilik nizolari siyosiy, iqtisodiy, harbiy va madaniy kelishuvlar orqali davom etadigan bo‘lib qoldi.

Shundan so‘ng AQSH va uning raqibi bo‘lmish SSSR o‘rtasida “sovuq urush” boshlandi. Bu urushda SSSR mag‘lubiyatga uchrab, quladi. SSSR tarkibidagi ittifoq respublikalari sun’iy mustaqillikka erishdilar. Rossiya o‘z mustamlakalarini saqlab qolish uchun Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligini (MDH) tuzdi. Biroq, bu bilan u mustamlakalarini to‘liq ushlab qola olmadi. Avvaliga Boltiqbo‘yi mamlakatlari Yevropaga og‘ib u yerda Rossiyaning ta’siri qisqarib bordi. Shundan so‘ng Rossiya harbiy jihatdan KXSHT va iqtisodiy jihatdan YEOII tashkilotlarini tuzdi. Rossiya mustamlakasi ostida bo‘lgan davlatlarning boshqa xalqaro tashkilotlarga a’zo bo‘lishi va ularga boshqa mustamlakachilarning kirib kelishiga yo‘llarning ochilishi sababli uning ta’siri yanada kamayib bormoqda.

Shu o‘rinda Qirg‘izistonning mustaqilligini siyosiy, harbiy va iqtisodiy nuqtayi nazardan tahlil qilib o‘tsak. Boshqa ittifoq respublikalari qatorida Qirg‘iziston ham “mustaqillik”ka erishdi. Siyosiy jihatdan dastlab so‘zsiz ruslarga xizmat qilgan Akayev hokimiyatni egalladi. 2005 yilgi davlat to‘ntarishida Rossiya G‘arb kadrlarining hokimiyatga kelishiga to‘sqinlik qildi va o‘ziga yaxshi malaylik qilgan Akayevni Moskvaga olib ketib, uning o‘rniga Bakiyevni qo‘ydi. So‘ngra Bakiyev AQSH va Xitoy bilan hamkorlik qilib, “ko‘p vektorli” siyosatga moyil bo‘lganligi tufayli uni isyon yo‘li bilan ag‘darib tashladi hamda g‘arbparast kadrlarni chetlatib, muvaqqat hukumatga “ijozat” berdi. Undan keyin kelgan Atambayev ham Putinga qarshi qilgan harakatlari uchun hibsga olindi. Jeyenbekov o‘z ishini eplay olmagach, hokimiyatga Rossiyaning ruxsati bilan Sadir Japarov boshchiligidagi hukumat keldi…

Iqtisodiy jihatdan Qirg‘iziston qarz botqog‘iga botib qolgani hech kimga sir emas. Shuningdek, u Rossiyaning mushtimzo‘rligi bilan YEOIIga kirdi va hozirda uning zo‘ravonligidan aziyat chekib kelmoqda. Masalan, avtomobillarni import qilish va mahalliy tovarlarni YEOII mamlakatlariga eksport qilishda qator to‘siqlarga duch kelmoqda.

Boshqa bir tomondan, Xitoyning iqtisodiy ekspansiyasi Qirg‘izistonni qarzga botirib, so‘ng “investitsiya” bahonasida konlari va yerlarini tortib olmoqda. Hatto hozirgi hukumat iqtisodiy jihatdan Xitoyga moyil bo‘lgani uchun yirik loyihalar bo‘yicha shartnomalarning aksariyati Xitoy bilan tuzilmoqda. Prezident Japarov konlarning ruda holida tashib ketilishini taqiqlovchi farmonni Xitoy manfaati uchun allaqachon bekor qilgan. Shuningdek G‘arbdan olingan kredit va grantlar ham Qirg‘izistonni bo‘g‘zidan olmoqda.

Harbiy tomondan esa Rossiya Qirg‘izistonni o‘z ta’siri ostida ushlab turibdi. U “ekstremizm va terrorizm” ertaklari bilan qo‘rqitib Qirg‘izistonda harbiy baza qurib olgan. Aslida, bundan AQSH va Xitoyning harbiy aralashuvini oldini olish ko‘zlangan. Mazkur harbiy baza bo‘yicha kelishuvlar yangilanib, uning hududi kengaytirilmoqda.

Mana shunday tarzda siyosiy, iqtisodiy va harbiy qaramlik mustamlakachilarning global va mahalliy tashkilotlari orqali amalga oshirilib kelmoqda. Agar davlat mustaqillikning asosiy belgisi bo‘lgan siyosiy, iqtisodiy va harbiy suverenitetga ega bo‘lmasa, bunday davlatning gerbi – shunchaki bir surat; madhiyasi – shunchaki bir qo‘shiq; bayrog‘i shunchaki bir latta kabi bo‘lib qoladi!

Shunday ekan, ey musulmon birodarlar, “mustaqillik” kabi yolg‘onlarga aldanmaylik, demokratiya zulmati va mustamlakachilar zulmidan qutulishning yagona yo‘li bo‘lgan Islomiy Xalifalik davlatini tiklash uchun harakat qilaylik! Zero, bizning o‘lkamiz azaldan Islomiy yurt bo‘lib, ota-bobolarimiz o‘z Islomini mahkam tutib kelishgan. Qolaversa, Islom yurtlaridagi boyliklarimizning kofir mustamlakachilar tomonidan tashib ketilishini to‘xtatish uchun musulmonlar bir Xalifa atrofida birlashishlari lozim! Zero, musulmonlarning bunday zulm va xorlik ostida hayot kechirishi joiz emas. Alloh taolo aytadi:

وَلَن يَجۡعَلَ ٱللَّهُ لِلۡكَٰفِرِينَ عَلَى ٱلۡمُؤۡمِنِينَ سَبِيلًا

“Alloh hargiz kofirlar uchun mo‘minlar ustiga yo‘l bermagay”. (Niso: 141).

Mumtoz Mavarounnahriy

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.