Navbatdagi qirg‘in hamda islomiy armiyalar ro‘yxatidagi navbatdagi qora dog‘!

104
0

Matbuot bayonoti

Navbatdagi qirg‘in hamda islomiy armiyalar ro‘yxatidagi navbatdagi qora dog‘!

Yahudiy vujudi G‘azo sektori janubida navbatdagi qirg‘inni sodir etdi. Bu safar qirg‘in Xon Yunus g‘arbidagi Mavosiy mintaqasida amalga oshirildi. Holbuki, bosqinchi kuchlar u yerni xavfsiz hududlar qatoriga kiritgan edi. Hujumda shahid va yarador bo‘lganlar soni 350dan oshdi. Bundan tashqari, yahudiylar Shoti lageridagi masjidda ham qirg‘in sodir etishdi. Unda 17 kishi shahid bo‘ldi. Yahudiy vujudi qochqinlar chodirlarini nishonga olgan olov chambaragi tufayli shahidlar jasadlari va yaradorlar ko‘chalarga sochilib ketdi. G‘azo sog‘liqni saqlash vazirligining 2024 yil 13 iyul tushdan keyin soat birdagi bayonotida Xon Yunus g‘arbidagi Mavosiy mintaqasidagi hujumda kamida 71 kishi shahid bo‘lgani, 289 nafari jarohatlangani, ahvoli og‘irlar borligi va shahidlar soni ortib borayotgani aytildi. Jasadlarni kasalxonalarga olib kelish davom etayotganiga qaraganda, shahidlar soni yuzga yetishi mumkin. Ayniqsa, hujumlardan birida vayronalar ostidagilarni qutqarish bilan shug‘ullanuvchi fuqarolik mudofaasi ekipaji ham qasddan nishonga olindi va ulardan bir nechtasi shahid bo‘ldi.

Yahudiy vujudi bosh vaziri Binyamin Netanyaxu matbuot anjumanida Mavosiy operatsiyasini Shabakka taqdim etgandan keyin ruxsat berganini, havo hujumlari sodir etiladigan yerda o‘g‘irlab ketilgan fuqarolarning yo‘q ekani to‘g‘risida xabardor bo‘lganini aytdi. Netanyaxu havo hujumlaridan maqsad Falastin yetakchilarini yo‘q qilish bo‘lganini da’vo qildi. Bu bilan uning o‘zi hamda yollanma axborot vositalari bu qirg‘inlarda halok bo‘lgan begunoh va himoyasiz tinch aholining qatli om qilinganidan o‘zini bilmaganga soldi. Nahotki, Misr va Iordaniya kabi yurtlarimizdagi zobitlarning bundan qonlari qaynamayotgan bo‘lsa?!

Qarshilik harakatini yo‘q qilish maqsadini amalga oshirish yahudiy vujudining qo‘lidan kelmayapti. Bu urushga kirdi-yu, ammo na undan chiqa olyapti, na mujohidlarni to‘xtata olyapti. Shu bois xalqaro qo‘llab-quvvatlovdan, qo‘shni davlatlar va boshqa davlatlardagi qo‘riqchi hukmdorlarning til biriktiruvidan bazo‘r nafas olyapti. Bu vujud hech kimni pisand qilmay, ushbu muborak zamindagi ahlimizni qatli om qilishda o‘ziga qonuniylik yasab oldi va G‘azo bilan G‘arbiy Sohilda bolalar, ayollar va qariyalar doxil musulmonlarni misli ko‘rilmagan darajada vahshiylik va hatto hayvonlar ham qilmaydigan yirtqichlik bilan istagancha qiryapti. Har bir tirik mavjudotni nishonga olib, yoshu qari, ayollar va bolalarni shafqatsizlarcha qirib tashlamoqda. Yig‘inlar, boshpanalar, kasalxonalar, fuqarolik mudofaa obyektlarini qasddan bombardimon qilmoqda. Hayotda qolishga yordam beradigan har qanday vositalarni yoki sabr va sabot bilan turishlariga yordam beradigan narsalarni yetib borishiga ataylab to‘sqinlik qilyapti.

Yahudiylar G‘azo sektori va uning ahlini sharmandali tarzda izolyatsiya qilmoqda. Zero, bu zaif, mo‘rt va qo‘rqoq bir armiya haqida Alloh Taolo bunday degan:

﴿لا يُقَاتِلُونَكُمْ جَمِيعاً إِلَّا فِي قُرًى مُحَصَّنَةٍ أَوْ مِنْ وَرَاءِ جُدُرٍ بَأْسُهُمْ بَيْنَهُمْ شَدِيدٌ تَحْسَبُهُمْ جَمِيعاً وَقُلُوبُهُمْ شَتَّى ذَلِكَ بِأَنَّهُمْ قَوْمٌ لَا يَعْقِلُونَ﴾

«Ular (munofiq va yahudiylar) birlashgan hollarida sizlarga qarshi faqat qal’a-qo‘rg‘onli qishloqlar ichida (berkinib) yoki devorlar ortidagina jang qila olurlar, (ya’ni hech qachon sizlarga qarshi ochiq jangga chiqa olmaslar). Ular (qarshingizda emas) o‘z o‘rtalarida kuchli-quvvatlidirlar, (lof urishlaridan) ularni bir deb hisoblaysiz, (ammo) dillari xilma-xildir. Bunga sabab, ularning aqlsiz qavm ekanliklaridir»                                                                                     [Hashr 14]

Yahudiylar yashashga juda o‘ch qavmdir. Tasavvur qiling, ey musulmonlar, eng past bir qavm qirg‘in ketidan qirg‘in qilib G‘azo ahlini qirib tashlashga va och qo‘yishga, tirik qolish mumkin bo‘lgan har bir narsadan mahrum etishga intilyapti. Bularning barchasi islomiy yurtlarning kichik bir qismida sodir bo‘lyapti! Siz esa, Rosululloh ﷺ bir tan, bir jon ekanliklari, qachon tanadan biri og‘risa, qolgan a’zolar ham isitma va bedorlik bilan unga reaksiya bildirishini aytgan Islom Ummatisiz, ammo bu past qavmga qarshi jang qilmayapsiz:

﴿وَمَا لَكُمْ لَا تُقَاتِلُونَ فِي سَبِيلِ اللهِ وَالْمُسْتَضْعَفِينَ مِنَ الرِّجَالِ وَالنِّسَاءِ وَالْوِلْدَانِ الَّذِينَ يَقُولُونَ رَبَّنَا أَخْرِجْنَا مِنْ هَذِهِ الْقَرْيَةِ الظَّالِمِ أَهْلُهَا وَاجْعَل لَّنَا مِن لَّدُنكَ وَلِيّاً وَاجْعَل لَّنَا مِن لَّدُنكَ نَصِيراً﴾

«(Ey mo‘minlar), sizlarga nima bo‘ldiki, Alloh yo‘lida va «Parvardigoro, bizni egalari zolim bo‘lgan bu shahardan ozod qil va bizga o‘z huzuringdan bir do‘st bergin, bizga o‘z huzuringdan bir yordamchi qilgin», deyayotgan erkaklar, ayollar hamda bolalardan iborat bo‘lgan bechoralar(ni ozod qilish) yo‘lida jang qilmayapsizlar?!»                                                                                   [Niso 75]

Ey Islom Ummati, bir tanu bir jon bo‘lishni ko‘rsatish uchun qani sizdagi reaksiya?! Qurol-yarog‘ingiz va askarlaringiz yo‘qmi?! Ulamolaringiz, qo‘mondonlaringiz va nufuzli kishilaringiz qani?! Nega chiqib, armiyalaringizni qardoshlaringizga nusrat berishga burib qo‘ymayapsiz?! Izz ibn Abdussalom siyratini o‘qimaganmisiz?! Ey musulmonlar qo‘shinlari, qachongacha sukut qilasiz, axir, G‘azo yo‘q qilinmoqda, yahudiylar muborak zaminda yahudiy davlatini orzu qilgan holda, zo‘ravonliklarini davom ettirishmoqda?! Nimani kutyapsiz?! Butun Falastin ahli yo‘q qilinishini va yahudiylar bayrog‘i Aqso uzra hilpirashini, hatto Falastin tashqarisigacha qo‘llari yetishini kutyapsizmi?!

﴿وَإِنْ تَتَوَلَّوْا يَسْتَبْدِلْ قَوْماً غَيْرَكُمْ ثُمَّ لَا يَكُونُوا أَمْثَالَكُمْ﴾

«Agar sizlar (Allohga itoat etishdan) yuz o‘girib ketsangizlar, U (o‘rningizga) sizlardan boshqa bir qavmni almashtirib qo‘yur, so‘ngra ular sizlarga o‘xshagan bo‘lmaslar, (balki Allohga toat qilurlar)!»                                                                                                        [Muhammad 38]

Hizb ut-Tahrirning markaziy matbuot

bo‘limi ayollar qanoti

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.