O‘zbekistondagi Mirziyoyev rejimi Hizb ut-Tahrir yigitlarini ta’qib etish hamda Islomga dushmanlik qilishda halok bo‘lgan Karimovning “an’analari”ni qayta tiriltirmoqda
O‘zbekiston xavfsizlik xizmati Hizb ut-Tahrirning 23 nafar a’zosini yana qaytadan hibsga oldi. Joriy yilning 9 mayida bo‘lib o‘tgan sud jarayoni halok bo‘lgan Karimov davridagi u tufayli sudlanib, 1999-2000 yildan buyon qarib 20 yil umrini qamoq-qiynoqda o‘tkazgan aynan o‘sha oldingi ayblovlar buyicha kechdi. Holbuki Mirziyoyev bundan bir necha yil oldin o‘zini hibsga olinganlarga nisbatan qiynoq-zo‘ravonliklarga qarshi ekanini, fikr-e’tiqod erkinligini mustahkamlash, o‘zboshimchalik bilan qamoqqa olishlarga qarshi kurashish yo‘lidan borayotganini da’vo qilgandi. Biroq, uning rahbarligi ostidagi O‘zbekiston rejimining so‘nggi xatti-harakatlari Islomga hamda unga chorlovchi har qanday kimsaga qarshi dushmanlik qilishda uning halok bo‘lgan Karimovning izidan oyoq bosayotganini ko‘rsatmoqda. Jumladan Hizb ut-Tahrir yigitlarini ta’qib qilishda ham o‘zidan oldingi jinoyatkor o‘tmishdoshi Karimov qo‘llagan shafqatsiz zulm-zo‘ravonlik uslublaridan foydalanmoqda.
Ushbu yigitlar o‘zboshimchalik bilan vahshiy va shafqatsiz tarzda hibsga olindi. Ularga nisbatan qattiq qiynoqlar qo‘llanilib, ular o‘zlariga yopishtirilgan to‘hmatlarni bo‘yniga olishga majburlandi. Ularning boshlariga qop kiygizilib, ularga qattiq bosim o‘tkazildi. Ushbu yigitlar oldindan tayyorlangan iqrornomani imzolashga turli tahdidlar bilan majburlandi. Yigitlardan biriga uning turmush o‘rtog‘ini ichki ishlar bo‘limiga olib kelib, uni zo‘rlash bilan tahdid qilishdi. Boshqa bir yigitga chet elda tahsil oladigan o‘g‘lini elchixona orqali O‘zbekistonga qaytarib olib kelish bilan tahdid qilishdi. Yana boshqasi yigitga esa uning o‘g‘lini iqrornomaga imzo chekishga majburlash uchun ichki ishlar bo‘limiga olib kelish bilan tahdid qilishdi. Boshqa bir yigit esa elektr toki bilan qiynoqqa solindi. Shuningdek, Toshkent, Andijon, Qo‘qon, Qarshi va Samarqand viloyatlarida boshqa 16ta yigit zo‘ravonlik va terrorizmda ayblanib qaytadan hibsga olinib, Toshkentga olib ketildi hamda ular ustidan tergov boshlandi!
Darhaqiqat, Hizb ut-Tahrir yigitlariga nisbatan terrorizm va zo‘ravonlik aybi qo‘yilishining to‘hmat va yolg‘on ekani hammaga kundek ravshan. Zero Hizb ut-Tahrir va uning yigitlari hargiz zo‘ravonlik va terrorizmga qo‘l urmaydi. Hizb bundan oldin 1953 yilda ta’sis topganidan buyon ham bu ishga hargiz qo‘l urmagan. Biroq, hizb rejimlardan qo‘rqqani yoki zolim-repressiv rejimlarga yoqish uchun bunday yo‘l tutmaydi, balki islomiy hayotni qaytadan boshlash uchun o‘z tariqati bilan Allohga ibodat qilgani tufayligina ushbu yo‘lni tutadi. Bu aynan o‘sha Rasululloh ﷺ tutgan fikriy-siyosiy yo‘l-tariqatdir. Shuning uchun, musulmonlar o‘lkalaridagi, hatto g‘arbdagi barcha zolim-zo‘ravon rejimlar qayta-qayta urinishlariga qaramasdan Hizb ut-Tahrir va uning yigitlariga nisbatan terrorizm yo zo‘ravonlik to‘hmatini isbotlay olishmadi. Biroq, ҷinoyatkor hukmdorlarning qalblaridan to‘lib-toshib chiqayotgan nafrat hamda Islomning bo‘lajak loyihasi bo‘lmish payg‘ambarlik minhoji ostidagi Ikkinchi Roshid Xalifalik loyihasini ko‘tarib chiquvchilardan o‘ch olish istagi ularni o‘z ko‘z-quloqlarini inkor etishga undamoqda. Musulmonlar hukmdorlari esa ish Hizb ut-Tahrir yigitlaridan bo‘lgan da’vatchilarga kelib taqalganda mustamlikachilik yetakchilari bo‘lmish Amerika, Britaniya, Rossiya, Fransiya va Germaniyadagi xo‘jayinlari rahbarligida Islom loyihasiga qarshi kurashib, hatto o‘zlari maqtab, dunyo bozoriga olib chiqadigan erkinliklar, demokratiya, inson huquqlari kabi qonun-mabda’larini ham oyoq osti qilmoqda.
Mirziyoyevning halok bo‘lgan Karimovning izidan zulm, qamoq va qiynoqlar bilan yondashuvga qaytishi Rossiya va Amerikadagi mustamlikachilik yetakchilari istaklari va siyosatlarini yo‘lga qo‘yayotganini ko‘rsatadi. Bizdagi hukmdorlar o‘z odatlari buyicha biror qaror qilishga qodir bo‘lmay, mustamlikachining malaylaridan boshqa narsa emas.
Biz – Hizb ut-Tahrir a’zolari, Mirziyoyev rejimini Karimov rejimi Islomga va uning da’vatchilariga qarshi qo‘llagan zulm-vahshiylik siyosatiga qaytishdan ogohlantiramiz. Zero bu jinoyatkor kimsalar yo‘li bo‘lib, hargiz unga biror foyda keltirmaydi, balki ummatning unga bo‘lgan g‘azabini oshirib, uning zavolga yuz tutishini tezlashtiradi, xolos. Islom ummati mustamlikachilikdan ozod bo‘lib, o‘z Robbisining shariatiga qonun, dustur va hayot sifatida qaytadigan kunni umid va intiqlik bilan kutmoqda. Ummat bugun o‘z g‘oya va umidini ro‘yobga chiqarishga har vaqtdagidan ko‘ra yaqinroqdir. Mirziyoyev yigitlarimizni zudlik bilan hech bir kechiktiruvsiz ozod qilishi zarur bo‘lib, da’vatni ko‘tarib chiquvchilarni ta’qib qilishdan va Islom loyihasiga dushmanlik-qarshilik ko‘rsatishdan tiyilishi hamda o‘zidan oldingidan ibrat olishi lozimdir. Oqibat taqvodor kishilarnikidir. Barcha kufr millati yig‘ilib birlashgan taqdirda ham, baribir Alloh O‘z dinini g‘olib qilguvchidir, garchi biroz so‘ng bo‘lsa-da. Alloh taolo shunday deydi:
﴿كَتَبَ اللهُ لَأَغْلِبَنَّ أَنَا۠ وَرُسُلِي إِنَّ اللهَ قَوِيٌّ عَزِيزٌ﴾
“Alloh: “Men va Mening Rasullarim g‘alaba qilamiz”, deb hukm qilgan. Albatta, Alloh quvvatli va g‘olibdir” [Mujodala, 21]
Hizb ut-Tahrirning markaziy
matbuot bo‘limi