Qimorxonalarga chegirma beriladi

51
0

Qimorxonalarga chegirma beriladi

Qirgʼiziston parlamentining 20 iyun kungi majlisida “Soliq va ijtimoiy sugʼurta sohasidagi ayrim qonun hujjatlariga oʼzgartishlar kiritish toʼgʼrisida”gi qonun loyihasi koʼrib chiqildi. Loyiha ikkinchi va uchinchi oʼqishda qabul qilindi.

Deputat Nurjigit Qodirbekovning taʼkidlashicha, oʼzgarishlarda koʼngilochar bizneslarga soliq imtiyozlari beriladi. Qimorxonaga ruxsat bergan vaqtda “yiliga 2-3 milliard soʼm daromad keltiradi”, deyilgan edi. Biroq yiliga 100 million soʼm ham daromad keltirmadi.

Eslatib oʼtamiz, 2012 yilning 1 yanvaridan boshlab qimorxona faoliyatiga qoʼyilgan taqiq 2022 yilda bekor qilingan edi. Prezident Sadir Japarov xalqning keskin qarshiligiga qaramay, 30 iyun kuni qimorxona ochishga ruxsat beruvchi qonunni imzoladi.

Izoh:

Butun dunyoda hukmronlik qilayotgan kapitalistik tuzum qirgʼiz jamiyatini ham zulmatdan zulmatga sudrab, boyliklarining bir hovuch shaxslar qoʼlida toʼplanishiga, zarar yukini esa, xalq yelkasiga yuklanishiga sharoit yaratib bermoqda. Bu tuzum axloqiy, ruhiy va insoniy qiymatlarga eʼtiborsiz qarabgina qolmay, moddiy qiymatlarning ham, faqat kapitalistlar qoʼlida aylanishini taʼminlaydi. Odob-axloq eʼtibordan chetda qoldirilgani uchun qimorbozlik, fohishalik, zinokorlik, ichkilikbozlik kabi illatlar keng tarqalmoqda. Rasmiylar Islomiy qadriyatlarga qarshi qonunlar chiqarib, cheklovlar joriy etish bilan ruhiy qiymatni oyoq osti qilayotganiga guvoh boʼlib turibmiz. Shuningdek, insoniy qiymatlardan farqli oʼlaroq, odamlarda xudbinlik va shaxsiy manfaatlar izidan quvish koʼchayib bormoqda. Chunki kapitalistik tuzumning tabiati shuni talab qiladi. U faqat foydaga eʼtibor qaratadi. Bu foyda ham kapitalistlar uchungina boʼlib, faqat ularga imtiyoz va imkoniyatlar beriladi. Davlatning harajatlari esa, soliq va toʼlovlar sifatida oddiy xalqning yelkasiga yuklanadi. Masalan, Qirgʼiziston hukumati soʼnggi bir yil ichida elektr energiyasi narxini 11 foizga, isitish va issiq suv narxini uch barobarga oshirdi. Savdogarlarga nazorat kassa apparatini oʼrnatish orqali byudjetning deyarli yarmini tashkil etuvchi QQS soligʼini oshirishni koʼzda tutmoqda. Bu soliqlar xalq tomonidan sotib olinayotgan asosiy tovarlar narxining oshishiga sabab boʼladi. Shundoq ham, yillik inflyatsiya 11 foizdan oshib, ayrim oziq-ovqat mahsulotlari iki barobarga qimmatlashmoqda. Oqibatda oddiy xalqning yuki tobora ogʼirlashgan sari, bir hovuch kapitalistlarning boyligi ham ortib bormoqda. Masalan, 2022 yilda Qirgʼizistondagi sudxoʼr banklarning daromadi 5 barobarga oshib, 23,7 milliard somni tashkil qilgan boʼlsa, oʼtgan yili esa, bank tarmogʼining daromadi 24,1 milliard somga yetdi.

Koʼrinib turibdiki, hozirgi hukumat sudxoʼr banklar va fasod tarqatadigan qimorxonalarga imkon berish bilan kapitalistlarning daromadlarini oshirish uchun sharoit yaratmoqda. Biroq oddiy odamlarning kunlik daromadigacha hisoblab, soliqlarni koʼpaytirish bilan xalqning belini bukib qoʼydi. Chunki kapitalizm mana shunday zulmga asoslangan. Islomga zid boʼlgan kapitalizm kambagʼallardan olib, boylarga beradi. Buni turli xil aldamchi usullar bilan amalga oshiradi. Shunday ekan, bu iflos tuzumdan qutulib, jamiyatga adolat va farovon hayot olib keladigan Islomga intilish vaqti keldi! Аlloh Taolo aytadi:

اَفَحُكْمَ الْجَاهِلِيَّةِ يَبْغُونَؕ وَمَنْ اَحْسَنُ مِنَ اللّٰهِ حُكْماً لِقَوْمٍ يُوقِنُونَࣖ

“Dinsizlik hukmron boʼlishini istaydilarmi?! Iymonlari komil boʼlgan qavm uchun Аllohdan ham goʼzalroq hukm qilguvchi kim bor?!” (5:50).

Mumtoz Mavarounnahriy

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.