Temir yoʼl loyihasi Xitoyning mintaqadagi taʼsirini kuchaytiradi

131
0

Temir yoʼl loyihasi Xitoyning mintaqadagi taʼsirini kuchaytiradi

6 iyun kuni Pekinda Xitoy-Qirgʼiziston-Oʼzbekiston temir yoʼlini moliyalashtirish, qurish, foydalanish va taʼmirlash haqida bitim imzolandi. Prezident Sadir Japarov masalaga doir video murojaatida uchta davlat mazkur loyihani amalga oshirishni qoʼllab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi.

Bundan avval temir yoʼlning umumiy uzunligi 311 kilometr va taxminiy qiymati esa 4,7 milliard dollar ekanligi aytilgan edi. Ushbu loyiha amalga oshirilsa, uch davlatning Yaqin Sharq va Janubiy Yevropaga chiqish yoʼli qariyb 900 kilometrga qisqaradi.

20 yildan beri muhokama qilib kelinayotgan Xitoy-Qirgʼiziston-Oʼzbekiston temir yoʼli loyihasi boʼyicha uch tomonlama hamkorlik Shanxay hamkorlik tashkilotining 2022 yil Samarqandda boʼlib oʼtgan sammitida imzolangan edi.

Temir yoʼl yuk tashishda narxi arzonligi boʼyicha dunyodagi eng strategik muhim yoʼnalish hisoblanib, suv transportidan keyingi oʼrinda turadi. Yuqoridan maʼlum boʼlishicha, temir yoʼl qurilishi bilan Xitoyning mintaqadagi taʼsiri, shubhasiz, ortadi. Shu paytgacha temir yoʼl loyihasi Rossiyaning mintaqadagi manfaatlariga zid boʼlgani uchun amalga oshmay turgan edi. Hozirda Ukraina botqogʼiga botib qolgan Rossiya Markaziy Osiyodagi taʼsirini Xitoy bilan boʼlishishga majbur. Xitoy ushbu loyiha bilan cheklanib qolmay, mintaqadagi boshqa davlatlar bilan savdo markazlarini qurish orqali iqtisodiy ekspansiyani oshirishga (yaʼni, yangi hududlar va bozorlarni egallash hamda taʼsir doirasini kengaytirishga) harakat qilmoqda.

Shuningdek, Turkmaniston, Oʼzbekiston va Qozogʼiston orqali Xitoyga gaz va neft quvurlari yotqizilishi hamda turkman va oʼzbek gazining salmoqli ulushi Xitoyga ketayotgani ham, bu davlatlardagi Rossiya manfaatlarining zaiflashayotganini koʼrsatadi.

Demak, yuqorida tilga olingan temir yoʼl loyihasi Oʼzbekiston va Qirgʼizistonning iqtisodiy manfaatlari uchun zarur boʼlsa, bunda Xitoyning iqtisodiy manfaatlariga qoʼshimcha ravishda strategik va siyosiy manfaatlari ham bor. Аniqrogʼi, Xitoy mintaqa davlatlarini ekspansiya qilish orqali mineral resurslar va xomashyoga ega boʼlishni hamda oʼz tovarlari uchun yangi bozorlar ochishni istaydi.

Аslida, bu loyiha mintaqa davlatlari va xalqlariga foydali boʼlishi uchun uni shu davlatlarning oʼzlari qurishi va hech bir mustamlakachi davlatning temir yoʼlga moliyaviy yoki boshqa turda taʼsir koʼrsatishiga yoʼl qoʼyilmasligi kerak. Chunki mustamlakachi davlatlar musulmon davlatlarga hukmini oʼtkazib oʼz taʼsirlari ostiga olishni istaydi.

Xulosa qilib aytganda, Markaziy Osiyo davlatlari Rossiyaning iqtisodiy zaiflashgani tufayli Xitoy bilan hamkorlikni kuchaytirmoqda. Shunday ekan, Xitoyga qul boʼlib qolmaslik uchun uning iqtisodiy, saqofiy va harbiy bosqinchiligiga qarshi turishimiz lozim. Hokimiyatdagi rasmiylarni ham xalqning xohish-istaklariga boʼysundirish zarur. Shuningdek, Markaziy Osiyodagi musulmonlar Xitoy bosqinidan va Rossiya hukmronligidan qutulish uchun avvalo birlashishi kerak. Bu birlashish millatchilik, vatanparvarlik kabi vaqtinchalik tuban fikrlar asosida emas, balki barcha sohalar uchun asos boʼladigan Islomiy eʼtiqodga asoslanishi kerak. Faqat mana shu Islomga asoslangan boshqaruv tizimi bizni mustamlakachilar zulmidan himoya qiladi va jamiyatimizning tinch hayot kechirishini kafolatlaydi.

Mumtoz Mavarounnahriy

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.