Iordaniya, Misr va Falastin maʼmuriyati hukmdorlari yahudiy vujudiga tajovuzini toʼxtatish uchun bosim oʼtkazishni rad etishmoqda

363
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Iordaniya, Misr va Falastin maʼmuriyati hukmdorlari yahudiy vujudiga tajovuzini toʼxtatish uchun bosim oʼtkazishni rad etishmoqda

Iordaniya qiroli Аbdulloh ikkinchi, Misr prezidenti Sisiy va Falastin maʼmuriyati rahbari Mahmud Аbbos 2024 yil 10 yanvar kuni Аqabada uchrashdi. Bu uchrashuv АQSh davlat kotibi ularning har biri bilan alohida uchrashganidan keyin boʼldi. Ular «(Isroil)ning Gʼazoga tajovuzini toʼxtatish, himoyasiz tinch aholini himoya qilish hamda Gʼazo sektoriga insonparvarlik yordamlarini yetarli darajada yetkazib berish uchun bosimni davom ettirish zarurligini» taʼkidlashdi. «Gʼazo sektorining ayrim qismlarini qayta bosib olish yoki u yerda xavfsiz zonalarni yaratish urinishlaridan» ogohlantirishdi. Ular, shuningdek, Gʼazo aholisiga oʼz uylariga qaytish imkonini berish zarurligini taʼkidlab, falastinliklarni Gʼarbiy Sohil va Gʼazo sektoridan koʼchirish rejalarini rad etishdi. Ular yana arab davlatlari va faol mamlakatlarni «ikki xalq, ikki davlat» yechimiga asoslangan adolatli va keng qamrovli tinchlikka erishish uchun Falastin masalasi uchun siyosiy ufq topishga ham chaqirishdi.

Roya: Ular oʼzlari qaror qabul qiluvchi boʼlmaganlari holda, oʼzlarini qaror qabul qiluvchi ekanliklarini koʼrsatib qoʼyish uchun ushbu uchrashuvni oʼtkazishdi. Qolaversa, Аmerikaning yahudiy bosh kotibi ularga buyurgan narsani takrorlashni xohlashdi va undan yahudiy vujudiga bosim oʼtkazishni soʼrashdi. Ular bu jinoyatchi vujudga bosim oʼtkazish uchun hech qanday chora koʼrishmadi. Yahudiy vujudi bilan munosabatlarni normallashtirish kelishuvlarini toʼxtatish, diplomatik va savdo aloqalarini uzish hamda u bilan xavfsizlik ishlarini muvofiqlashtirishni bekor qilish kabi eng kichik ishlarni ham qilishmadi. Shuningdek, ular Kemp-Devid, Oslo va Vodiy Аraba kelishuvini bekor qilishmadi hamda Аmerikaning yahudiy vujudini mustahkamlaydigan «ikki xalq va ikki davlat» yechimini qabul qilishdan voz kechishmadi.

Roya gazetasining 2024 yil 17 yanvar chorshanba kungi 478-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.