Tunis hukumati Hizb ut-Tahrir aʼzolaridan birini armiyalarni harakatga keltirib Gʼazo ahliga yordam koʼrsatishni talab qilgani uchun hibsga oldi

214
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Tunis hukumati Hizb ut-Tahrir aʼzolaridan birini armiyalarni harakatga keltirib Gʼazo ahliga yordam koʼrsatishni talab qilgani uchun hibsga oldi

2024 yil 5 yanvar jumʼa kuni Tunis xavfsizlik xizmati Hizb ut-Tahrir aʼzolaridan biri Muhammad Аminni hibsga oldi. Bu Hizb yetakchiligida Fath jome masjididan Tunis markazidagi teatr binosi oldiga qadar oʼtgazilgan «Biz bir xalq boshqa bir xalqqa hamdardlik bildiradigan xalq emasmiz, balki bir butun Ummatmiz» nomli yurish tadbiri ortidan sodir boʼldi.

Bunday adolatsiz qamoqqa olishga nisbatan Hizb ut-Tahrir Tunis viloyati matbuot boʼlimi quyidagicha izoh berdi:

«Ushbu hibsga olish hodisasi avvalgi qator hibsga olishlar ortidan sodir boʼldi. Zero, ularning barchasi avvalgi hukmdorlarning yigitlarga tazyiq oʼtkazish va tuhmat qilish siyosatining hamda yahudiylarga qarshi jang qilish va butun dunyo koʼz oʼngida qirgʼin qilinayotgan musulmonlarga yordam berish borasida shariat yuklagan vojib ishga chaqiruvchi daʼvat ovozini oʼchirishga harakat qilish siyosatining ayni oʼzi davom etayotganiga bir misoldir. Qoʼrqoq musulmon hukmdorlar siyosati davom etayotgani haqida aytmasa ham boʼladi. Endi bu siyosat rejimdan kuch egalariga Islom xitobi bilan murojaat qilgan Hizb ut-Tahrir aʼzolarini qamoqqa olishni talab qiladigan boʼlib qoldimi?! Tunis hukumati Gʼazo ahli bilan birga ekanini daʼvo qilmoqda. Аmmo haqni baralla aytgan, yaʼni Falastinda qon toʼkilishini toʼxtatish uchun armiyalarni harakatga keltirishga chaqirgan Hizb ut-Tahrir aʼzolarini qamoqqa olishni toʼxtatmadi».

Bayonotda bunday qoʼshimcha qilindi: «Tunis rejimi biladiki, bu daʼvat Falastinga yordam koʼrsatishning haqiqiy sharʼiy yechimi sari Ummatning harakatga kelishiga olib keladi. Shuning bois, Hizb ut-Tahrir aʼzolarini qayta-qayta qamoqqa olishi bilan armiyalardan nusrat soʼrash daʼvatini oʼchirishga va kuch egalari orqali mazlumlarga yordam berish gʼoyasiga toʼsqinlik qilishga harakat qilmoqda».

Bayonot quyidagi soʼzlar bilan yakunlanadi: «Ushbu nohaq qamoqqa olishlar Hizb ut-Tahrir aʼzolarini haqni ochiq aytishdan toʼsolmaydi va daʼvatni yetkazuvchilarni zaiflashtirolmaydi. Аksincha, ularning qatʼiyatini va haq yoʼldagi sabotini, shuningdek, Аllohning moʼmin bandalariga maʼlum vaqt oʼtganidan keyin boʼlsa ham nusrat berishiga boʼlgan ishonchlarini kuchaytiradi».

﴿أَلَا إِنَّ نَصْرَ اللهِ قَرِيبٌ﴾

«Ogoh boʼlingkim, Аllohning nusrati yaqindir»                                                   [Baqara 214]

Roya gazetasining 2024 yil 10 yanvar chorshanba kungi 477-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.