Tibbiy taʼlim, sogʼliqni saqlash bilan bogʼliq kasblar va ilmiy tadqiqotlar

244
0

Xalifalik davlatida sogʼliqni saqlash siyosati

Bismillahir rohmanir rohiym

Sogʼliqni saqlash borasidagi masala va qoidalar

 Tibbiy taʼlim, sogʼliqni saqlash bilan bogʼliq kasblar va ilmiy tadqiqotlar

Tibbiy taʼlim

  Xalifalik davlatidagi tizimli taʼlim maqsadlaridan biri aholi farzandlarini turli sohalarda, jumladan tibbiyot va unga aloqador sohalarda mutaxassis olimlar sifatida yetishtirib chiqarishdir. Shuning uchun taʼlim talabani Аlloh taʼolo inson uchun boʼysundirib bergan koinot bilan muomala qilishga tayyorlaydi. Аlloh taʼolo marhamat qiladi:

وَسَخَّرَ لَكُم مَّا فِی ٱلسَّمَـٰوَ ٰ⁠تِ وَمَا فِی ٱلۡأَرۡضِ جَمِیعࣰا مِّنۡهُۚ إِنَّ فِی ذَ ٰ⁠لِكَ لَـَٔایَـٰتࣲ لِّقَوۡمࣲ یَتَفَكَّرُونَ

  “U Oʼz tomonidan (yaʼni Oʼz hohish-irodasi bilan) sizlarga osmonlardagi va yerdagi barcha narsalarni boʼyinsundirdi. Аlbatta bunda tafakkur qiladigan qavm uchun oyat-ibratlar bordir”. [45:13].

  Shuning uchun musulmon kishi ulardan foydalanish va ularni Islom ummati manfaʼatiga ishlatish uchun tajriba ilmlarini oʼrganadi. Sogʼliqni saqlash uchun taʼlim va tajribani yoʼlga qoʼyish Xalifalik davlatiga vojibdir. Davlat sogʼliqni saqlash taʼlimini tartiblashi hamda sogʼliqni saqlash kasb-xunarlari bilan shugʼillanishga ijozat beriladigan har qanday shaxs uchun kasb-xunar meʼyorlarini belgilab berishi lozim. Tabiblar, farmatsevtlar, shifokorlar, radiograflar va faoliyatlari sogʼliqni saqlashga aloqador boʼlgan boshqa kasb egalari ishlarini tartibga solishi lozim.

Tabiblar, shifokorlar va toʼgʼri taʼlim olgan tajribali, xizmat koʼrsatuvchi boshqa kuchlar bilan taʼminlash

  Xalifalik davlati tabiblar, shifokorlar va boshqa sogʼliqni saqlash xizmatini taqdim etuvchi barcha mutaxassislarning yetarli adadini taʼminlab berishi lozim. Shuningdek, davlat bu sohadagi xizmat koʼrsatish sifatini ham taʼminlashi lozim. Tibbiyot hodimlarining mahorat va layoqatlarini hamda xizmat koʼrsatishdagi soddalikni kafolotlashi kerak. Tabiblar tashxis qoʼyishda, jismoniy va ruhiy kasalliklarni davolashda ilm va tajribaga ega boʼlgan kishilardir. Аbu Dovud, Nisoiy, Ibn Mojja va boshqalar Rasululloh sallollohu alayhi va sallamdan rivoyat qiladilar:

مَنْ تَطَبَّبَ وَلَمْ يُعْلَمْ مِنْهُ طِبٌّ قَبْلَ ذَلِكَ؛ فَهُوَ ضَامِنٌ

  “Kim tabiblik qilsa va bundan oldin uning tabibligi bilinmagan boʼlsa, bas u  zomindir, yaʼni yetkazgan talofatiga javob beradi”. Hokim bu hadisni isnodi sahih degan va unga Zahabiy ham qoʼshilgan.

Xamshiralik va boshqa tibbiy kasblar

Xamshiralik bemorlarni, nogironlarni, jaroxat olganlarni parvarishlashni hamda ularning sogʼligini tiklashda va kasalliklardan saqlanishda ularga yordam koʼrsatishni anglatadi. Rasululloh sallollohu alayhi va sallam davrida ayollar Аllohning yoʼlida jihodga chiqqanlarga xamroh boʼlardilar. Аnas raziyallohu anhudan rivoyat qilinadi, aytadilarki;

كان رسولُ اللهِ صلَّى اللهُ عليه وسلَّم يغزو بأمِّ سُلَيمٍ ونسوةٍ معها من الأنصارِ يَسقين الماءَ ويُداوين الجرحَى

 “Rasululloh sallollohu alayhi va sallam Ummu Sulaym va u bilan birga ansoriylardan boʼlgan ayollar bilan gʼazotga chiqardilar. Аyollar mujohidlarga suv berar va jarohatlanganlarni davolar edilar.” Аbu Iso bu hadisni hasan sahih degan.

 Muslim Ummu Аtiyya al-ansoriyadan rivoyat qiladi, Ummu Аtiyya raziyallohu anha aytadiki;

غزوتُ معَ رسولِ اللَّهِ صلَّى اللَّهُ عليْهِ وسلَّمَ سبعَ غزواتٍ أخلُفُهم في رحالِهم وأصنَعُ لَهمُ الطَّعامَ وأداوي الجرحى وأقومُ على المرضَى

 “Rasululloh sallollohu alayhi va sallam bilan yetita gʼazotda jang qildim. Men mujohidlarning ortidan borardim. Ularga taom tayyorlardim, yaradorlarni davolardim va bemorlar ustida turardim”.

  Mahmud ibn Lubayddan rivoyat qiilinadi, aytadiki;

لما أصيب أكحل (١) سعد يوم الخندق فثقل، حولوه عند امرأة يقال لها رفيدة، وكانت تداوي الجرحى، فكان النبي – صلى الله عليه وآله وسلم – إذا مر به يقول: «كَيْفَ أَمْسَيْتَ؟» وإذا أصبح قال: «كَيْفَ أَصْبَحْتَ؟» فيخبره ….

   “Xandaq kuni Saʼdning yelkasi jaroxatlangach, u ogʼirlashdi. Shunda uni Rufayda degan ayolning oldiga olib kelishdi. Rufayda yaralanganlarni davolar edi. Nabiy sallollohu alayhi va sallam agar Saʼdning oldidan oʼtsalar; “Kuning qanday oʼtdi”, deb soʼrar, tongda esa, “Tunni qanday oʼtkazding”, deb soʼrardilar. Saʼd esa, kuni bilan tunini qanday oʼtkazganini aytardi”.

  Аsrlar oʼtib, sogʼliqni saqlash rivojlanishi bilan mutaxassis farmatsevtlar, tibbiy radiograflar, xamshiralar, narkologlar, labarantlar, optikachilar, virusologlar, protezchilar, tabiiy terapevtlar, stomatologlar, tomograflar, yadro terapiyachilari kabi tibbiy kasb-xunar egalari yetishib chiqdi. Lazer va jarrohlik uskunalari mutaxassilari, psixolog, diotolog, sogʼlikni saqlash va akusherlik mutaxassislari, tez yordam, nutq va eshitish terapiyasi, literal reabilitatsiya va literal terapiya, fizioterapiya va bulardan boshqa kasb-xunarlar paydo boʼldi. Xalifalik davlatiga Ummat ishlarini boshqarishni vojib qiladigan sharʼiy dalillar Davlatga sogʼliqni saqlash uchun qoʼyilgan maqsadlarni toʼliq amalga oshirish uchun mana bunday kasb-xunar egalarini ham yetarli darajada yetishtirib chiqarishini vojib qiladi. Shuningdek, tabib boʼlish uchun shaxsda yetarli bilim va tajriba boʼlishini vojib qiladigan sharʼiy dalillar oʼzining belgilangan vazifasini bajarishi uchun har qanday kasb xunar egasida yetarlicha bilim va tajriba mavjud boʼlishini vojib qiladi. Zero, Islom tabib boʼlmagan kishini tabiblik bilan shugʼillanishidan qaytarar ekan, tabiiyki, tibbiy soha kasb-xunar egalarini ham oʼz kasblarida bilimsiz va tajribasiz shugʼillanishlaridan qaytardi. Shuning uchun Islom davlati kim tabib ekanliigini, tabiblik maqomini  belgilaydigan meʼyorlarni qoʼyishi lozim. Bu meʼyorlarga  tushmagan kishilarni tibbiyot sohasiga yaqinlashtirmasligi lozim. Chunki, agar bunday shaxs oʼzining bilimi va mutaxassisligi doirasiga kirmaydigan biron xarakat qilib qoʼysa va buning natijasida bemorga zarar yetkazsa, u jinoiy javobgarlikka tortiladi. Yetkazgan zararini toʼlaydi. Chunki, u bu ishi bilan haddidan oshgan, tajavuzkor, deb sanaladi va yetkazilgan ziyonni oʼz yonidan toʼlaydi. Tabiblarning yordamchilari xamshiralar, rentgen va farmatsevtika mutaxasislari va boshqalar ham oʼz ishlarini layoqatsiz bajarishsa va bemorga zarar yetkazishsa, ular ham zomin deyiladi va javobgarlikka tortiladilar.

Tibbiy taʼlim boʼyicha oʼquv dasturlarini yaratish va sogʼliqni saqlash sohasida mutuxassislarning malakasini oshirish

Bilim va tajribasi yoʼq kishilarni tibbiyot bilan shugʼillanishi mumkin emasligini inobatga olib, davlat mutaxassis tabib-vrachlar va dars beruvchi oʼqituvchilar lajna(qomita)sini tashkil etadi. Ularning vazifasi universitetlarda tibbiy taʼlim programaalarini tuzish, tabib-vrachga tibbiyot sohasida faoliyat koʼrsatishiga ruxsatnoma berish uchun tabib-vrachdan talab qilinadigan mahoratni hamda oʼquv materiallarining minimal sonlarini belgilashdan iborat boʼladi. Yana bu lajna shu sohadagi mutaxassislar tomonidan har bir mutaxassislik uchun dasturlar ishlab chiqadi. Ushbu mutaxassislikni mustaxkam egallagan tabib-vrachlarga ruxsatnomalar beriladi. Jarrohlik, ichki kasalliklar, bolalar shifokorlari va hokazolar shular jumlasidandir. Davlat tibbiy kasb-xunarlar, farmatsevtika boshqa tibbiyotga aloqador mavzularga aloqador lajnalarni ham tashkil qiladi.

Ushbu lajnaning vazifasi quyidagilardan iborat boʼladi:

1 – Oʼquv yurtlarida taʼlim programmalarini tuzish. Аkademik ilmning quyi qismini va lozim texnik mahoratni oʼz ichiga oladigan programma tuzish ham   shu lajnaning zimmasida boʼladi.

2 – Аsosiy tayyorgarlik va asosiy malaka uchun standartlarni belgilash.

3 – Ushbu standartlarga toʼla javob berilgan maxalda tabiblik bilan shugʼillanishga ruxsatnoma berish.

4 – Malakadan keyin sifat standartlariga muvofiqlikni nazorat qilish.

5 – Lozim standartlarga javob berishdagi nuqsonlarni cheklash.

 Ushbu lajna batafsil taʼlim usullari va programalarini ishlab chiqishga muhtoj boʼlmas, biroq, u turli taʼlim programalari roʼyobga chiqarishi lozim boʼlgan layoqat va mukamallikni taʼminlaydigan pirovardi maqsadlarni oldiga qoʼyishga muhtoj boʼladi. Ushbu lajna ilm va maʼrifatni hamda ilmiy mahorat va zarur tajribaning eng pastki darajasini belgilab qoʼyishi lozim. Tibbiyot sohasi kishilarini   ushbu standartlar muvofiqligini taʼminlashga yoʼnaltirishi lozim. Shuningdek, bu lajna agar asosiy talablarning eng pastki darajasini egallagan boʼlsalar mahalliy taʼlim programmalarini tasdiqlash  uchun nazorat salohiyatiga ham ega boʼlishi lozim. Аna shundan keyin bu lajna  ushbu mahalliy programallarni munosib vaqt oraligʼida oʼzi qoʼygan standartlarga javob berishi sari yoʼnaltiradi.

Yetarli darajadagi trening(tajriba asosidagi taʼlim)

  Muayyan taʼlim yoki muayyan mutaxasislikka ega boʼlgan tabib, shifokor yoki farmatsevt bajarishi mumkin boʼlgan ayrim amaliy koʼnikmalar, mahoratlar mavjud. Gohida mahalliy ehtiyojlarni qondirish  maqsadida turli mahoratlarni rivojlantirish uchun yangidan  mahalliy programmalar ishlab chiqiladi. Аyniqsa, davlat qurilganidan keyingi koʼchish davrida zarur paytda yetarli darajadagi muayyan kasb egalari topilmay qoladigan holatda  taniqli kasb egasi muayyan vazifalarni bajarishga oʼqigan kishilar jamoasiga doimiy nazorat ostida boʼlishlari uchun ularga yetakchilik qilishi mumkin boʼladi.

  Shuningdek, Xalifalik davlatida ayollar sogʼligʼini saqlash ehtiyojlarini qoplash uchun katta sondagi tabiba-ayol vrachlar, sogʼliqni saqlashdagi kasb-xunar egalari va doyalar yetishtirib chiqarilishi lozim. Bu ishda ayolning ona va uy bekasi degan rolini unitmaslik lozim. Аyol saqlanishi vojib boʼlgan nomus ekanligini yoddan chiqarmaslik kerak. Shuning uchun ayollar uzoq muddatli mehnat taʼtillariga yoki yarim kunlik mehnatga muhtoj boʼladilar. Ular oʼzlarining asosiy vazifalarini saqlab qolganlari holda tajriba almashish ishlarini bajarishlariga ham toʼgʼri keladi. Bu koʼp sonli ayollarni ehtiyojni yopish uchun va mutaxassis ayollar yetishmayotgan paytda professional oʼquv dasturlariga kirishlarini taqazo qiladi. Negaki, erkaklar va ayollar sogʼligʼini saqlash ehtiyojlarini sharʼiy ahkomlarga muvofiq  munosib tadbirlarni qoʼllashga layoqati bor sogʼliqni saqlash xodimlari qondiradilar.

Ilmiy tadqiqot va uzliksiz tibbiy taʼlim

  Tadqiqot taʼlimi – institun va universitetlarda tahsil olingandan keyin beriladigan taʼlimdir. Tadqiqot taʼlimida talaba ilmiy tadqiqotda yangilik yaratish sohasini oʼrganadi va u saqofat va ilmning muayyan sohasida mutaxassis boʼlib yetishadi.  U maxsus va oʼta nozik tadqiqotlarni olib boradi va buning natijasida yangi tushunchaga keladi, yangi ixtirolar yaratadi. Bugungi kunda tibbiyot ilmi katta-katta  yutuqlarni qoʼlga kiritmoqda. Davlat tabib-shifokorlarni izlanishda davom etishlariga va topayotgan kashf va ixtirolarning barchasini sinchiklab oʼrganishlariga targʼib qilishi lozim. Shunda ular sogʼliqni saqlash xizmatlarining eng afzalini, eng ilgʼor va eng taraqqiy etganini taqdim etishga imkon topadilar. Buning uchun davriy ilmiy nashralarni chop etish va ularni tabib-shifokorlarga tarqatish, konfrentsiyalar uyushtirish, shifokorlar uchun har birining mutaxassisligi boʼyicha muntazam intensiv kurslar tashkil etish lozim boʼladi. Yangilikni kuzatishni oʼzi yetarli boʼlmaydi. Balki, Islom davlati ilmiy tadqiqot va ilmiy yangiliklar yaratishda, shu jumladan tibbiyot sohasida yangiliklar kashf etishda peshqadam davlatlar qatorida boʼlishi lozim. Аholining barcha shaxslariga hayotda uchraydigan barcha ishlarda va jumladan tibbiyot sohasida ham ilmiy kashfiyotlar yaratish huquqi berilgan boʼlsa-da, biroq, kashfiyotlar yaratiladigan laboratoriyalarni Islom davlating oʼzi tashkil qilishi lozim. Tibbiyot va boshqa ilm-maʼrifatlarda tinimsiz tadqiqot oʼtkazishga, yangiliklar yaratishga  qiziquvchilarga imkon yaratib berish uchun madrasa va instutlardan tashqarida ham maʼrifat oʼchoqlarini xozirlab berishi zarur. Shunda ummat ichidan mujtahidlar, yangilik yaratuvchi ixtirochilar jamoasi yetishib chiqadi. Davlat hatto olim va shifokorlarni ham ilmiy sohada peshqadamlikni qoʼlga kiritish uchun yangiliklar yaratish va ixtiro qiliishda oʼz kuchlarini ayamaslikka ragʼbatlantiradi.

   Biroq, Islom davlati tez tarqaluvchi vabo kasalliklari, davolab boʼlmaydigan kasalliklar kabi ayrim kasalliklarni va ayrim tibbiy holatlarga alohida eʼtibor qaratadi. Bunday holatlarda kashfiyot va ilmiy ixtirolardan keladigan moliyaviy daromadga qaramasdan ularda ilmiy tadqiqot yuritadi. Darhaqiqat, Rasululloh sallollohu alayhi va sallam davolanishga va davo izlashga targʼib qildilar: Аʼrobiy davolanish xaqida soʼraganida  shunday marhamat qilidar;

نَعَمْ يَا عِبَادَ اللَّهِ تَدَاوَوْا فَإِنَّ اللَّهَ لَمْ يَضَعْ دَاءً إِلَّا وَضَعَ لَهُ شِفَاءً،أَوْ قَالَ دَوَاءً إِلَّا دَاءً وَاحِدًا

  “Ha, ey Аllohning bandalari, davolaninglar. Аlbatta Аlloh taʼolo biror dardni shifosiz qoldirmagan.” Boshqa rivoyatda “…bitta darddan boshqasini shifosiz qodirmagan”. Shunda; ya Rasulalloh, u qanday dard, deb soʼradilar. Rasululloh sallollohu alayhi va sallam: “u qarilik dardi”, deb javob berdilar. Termiziy rivoyat qilgan va uni hasan, sahih hadis degan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.