Turkmanistonda dindorlarning uylarida tintuv oʼtkazilmoqda

254
0

Turkmanistonda dindorlarning uylarida tintuv oʼtkazilmoqda

Turkmanistondagi Turkmanboshi shahri va tumanida rasmiylar oʼzlari “islomiy anʼanalarga haddan ziyod rioya qiluvchi” deb bilgan fuqarolar uyida tintuvlar oʼtkazishib, Qurʼoni karimdan boshqa har qanaqa diniy adabiyotni musodara etmoqda. Ozodlikning turkman xizmati xabariga koʼra, 18-19 avgust kunlari gʼarbiy mintaqada dindorlarga qarshi tadbirlar oʼtkazilib, mazkur tadbirlar chogʼida rasmiylar diniy kitoblarni musodara qilganlar.
Uyida tintuv oʼtkazilgan bir necha kishi Ozodlik muxbiriga diniy mazmundagi har qanday adabiyot, shu jumladan hadis kitoblari va shariatga rioya qilishni targʼib etuvchi boshqa manbalarni saqlash taqiqlangani haqida ogohlantirilganini aytib bergan. Аholi vakillaridan birining soʼzlariga koʼra, oddiy kiyimdagi bir kishining hamrohligida ikki politsiyachi va mahalliy din ishlari boʼlimi xodimi ertalab soat 6:00 da uning uyiga kelgan va kitob javonlarini koʼzdan kechirib, barcha diniy kitoblarni olib ketgan.

Izoh: Markaziy Osiyo respubilkalarida Islomga qarshi kurash va musulmonlarni taʼqib qilish mavjud iqtidorlarning sobiq kommunistik tuzumdan meros qilib olgan odatidir. Chunki bu iqtidorlar xalqning Islomiy jihatdan kuchayishini oʼzlari uchun real tahdid deb biladi.
Bugungi kunda Turkmaniston hukumati Islom va musulmonlarga qarshi kurashda Oʼzbekiston va Tojikiston hukumatlaridan qolishmayapti. Аyniqsa siyosiy Islomga nisbatan keskin qarshiliklar ortib bormoqda. Biroq Turkmaniston tashqariga yopiq respublika boʼlganligi uchun hamda mamlakatda roʼy berayotgan hodisalar hukumat tarafidan qattiq sir tutilgani uchun u yerdagi diniy mahbuslar soni, ularning ahvoli va qancha mahbus qay tarzda shahid qilingani haqida yetarli maʼlumotlar mavjud emas. (Hizb ut-Tahrir aʼzosi, Boshqirdiston universitetini bitirgan Аnnaev Bekench Xidirovichning shahid qilingani xabari kabi, gohida baʼzi maʼlumotlarning sizib chiqishi bundan mustasno. Bu haqida «Tsentral Аziya» axborot agentligi xabar tarqatgan edi). Shunday boʼlsa-da Turkmaniston qamoqxonalarida islomiy mahbuslarning soni koʼpligi aytiladi. Huquq faollari bergan maʼlumotlarga koʼra, faqat “Ovadon Tepa” qattiq rejimli turmasida yuzlagan dindor mahkumlar mavjud. Ularga yaqinlari bilan uchrashish, tashqaridan biror narsa kiritish taʼqiqlangan.
Davlat kuch organlari tarafidan soqol qoʼygan va 50 yoshga toʼlmagan musulmonlarning soqollarini majburan olib tashlash, soʼng ortidan aroq ichib, choʼchqa goʼshti yeyishga majburlash va kuch organlarining talablariga boʼysunmagan eʼtiqodli musulmonlarni qattiq kaltaklab, hech qanday sud va tergovsiz 7-8 yilga ozodlikdan mahrum qilishlar ham Turkmaniston hukumatining Islomga qarshi hamlalaridan sanaladi. Davlat xizmatchilari va harbiy xizmatchilar uchun namoz oʼqish kabi ibodatlar taʼqiqlangan. Bunga itoat qilmaganlar darhol xizmatdan boʼshatiladi va turli moddiy va jismoniy tazyiqlar ostida qoladi.
Bugungi kunda yer yuzi keng boʼlishiga qaramay, dunyoning har yeri musulmonlar uchun tor boʼlib qoldi. Chunki musulmonlar bundan 100 yil muqaddam oʼz qalqonlaridan ajralib qoldi. Shuning uchun musulmonlar diniy qadriyatlari va Islomiy urf-odatlariga amal qilish masalasida tusiqdarga duch kelmoqda. Diniga toʼliligʼicha amal qilishni xohlagan musulmonga “terrorist”, “ekstrimist”, “separatist” tamgʼasi bosiladigan boʼlib qoldi. Shunday ekan, musulmonlar oʼzlarining himoyachisi boʼlgan qalqonlari – Xalifalik davlatini qayta barpo etmas ekanlar, bu gumroh rahbarlarning zulmidan aslo qutila olmaydi.

Аbdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.