Paygʼambarlik minhoji asosidagi Xalifalikni qayta barpo etsakkina ishimizga oʼzimiz ega chiqib, dunyoning hukmronlariga aylanamiz

209
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Paygʼambarlik minhoji asosidagi Xalifalikni qayta barpo etsakkina ishimizga oʼzimiz ega chiqib, dunyoning hukmronlariga aylanamiz

Ummat intilayotgan haqiqiy oʼzgarish kasallikning ildizi va barcha balolarning boshi boʼlmish Аsad rejimini tag-tugi bilan yoʼq qilib, Ummat aqidasidan balqib chiqqan buyuk Islom tuzumini barpo etishdan iborat. Zero, Islom tuzumi shunday tuzumki, unda hokim ham, mahkum ham sharʼiy hukm oldida barobar boʼladi, hatto hokim Ummatni orqasini qamchilab, molini yeydigan zoʼravon emas, balki uning xizmatkori boʼladi! Bu tuzumda siyosatchilar va hukmdorlar Ummatning oziq-ovqat, kiyim-kechak, taʼlim, sogʼliqni saqlash va xavfsizlik kabi asosiy ehtiyojlarini taʼminlash uchun kunlarni tunlarga ulab xizmat qilishda bir-birlari bilan musobaqa qiladilar. Bu Rosululloh ﷺning
«إنَّهَا أَمَانَةُ، وإنَّهَا يَومَ القِيَامَةِ خِزْيٌ وَنَدَامَةٌ، إلَّا مَن أَخَذَهَا بحَقِّهَا، وَأَدَّى الذي عليه فِيهَا»
«Bu omonatdir, qiyomat kunida sharmandalik va nadomatdir. Faqat bu omonatni shariatda koʼrsatilganidek olib, bu boradagi oʼzining vazifasini ado etgan kishilargina bundan mustasno», degan soʼzlarining tasdiqidir. (Musnadi imom Аhmad).
Bu, shuningdek, binosini Rosululloh ﷺ qurib bergan, keyin ul zotning yoʼlidan sahobai kiromlar va buyuk xalifalar yurgan, shu tariqa zulmga toʼla dunyoni adolatga burkagan Islom tuzumidir. Mana, oʼsha zulm bugungi kunda kapitalizm koʼrinishida qaytib keldi. Shuning uchun, keling, roshid Xalifalikdek Xalifalikni qayta tiklaylik. Shundagina dunyoda farovon hayot kechirib baxtli boʼlamiz, butun dunyo boʼylab adolatni yoyamiz va shu orqali Robbul olamin bizdan rozi boʼladi.

Roya gazetasining 2023 yil 12 iyul chorshanba kungi 451-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.