Tadqiqot: Qirgʼizistondagi oʼsmirlar toʼgʼri yoʼl koʼrsatuvchiga muhtoj

251
0

Tadqiqot: Qirgʼizistondagi oʼsmirlar toʼgʼri yoʼl koʼrsatuvchiga muhtoj

Qirgʼizistonda Xalqaro taraqqiyot fondi (USAID) va Ogʼa Xon fondi koʼmagida oʼsmirlarning oʼtish davri muammolarini aniqlash boʼyicha kichik tadqiqot oʼtkazildi. Bu haqida “azattyk.org” agentligi xabar tarqatdi. Tadqiqotda voyaga yetayotgan bolalar uchun eng muhim masalalar sifatida ularning aqliy va fiziologik yetukligi, shaxs sifatida shakllanish davridagi xavf-xatarlarni aniqlay olmasligi, ishonchli manbalardan kerakli maʼlumotlar va toʼgʼri yoʼl koʼrsatmaning yetarsiz ekanligi aniqlangan. Shuningdek, oʼsmirlarga toʼgʼri yoʼl koʼrsatuvchi muassasalarning yoʼqligi, ota-onalarining mehnat muhojirligida ekani, oiladagi va oʼz muhitidagi tushunmovchilik, jamiyatdan uzoqlashish kabi tahdidlar qayd etilgan.
Loyiha doirasida Oʼsh shahridagi Oloy tumanining Jani-Аlay, Gulcha va Sari-Mogol qishloqlarida oʼsmirlar muammosining oldini olishga qaratilgan tadbirlar oʼtkazildi. Shuningdek “Oʼsmirlik taraqqiyot yoʼli” deb nomlangan dastur ham ishlab chiqilgan. Mazkur bir yillik loyiha oʼtgan yilning iyun oyida boshlangan edi. Shundan kelib chiqib, ota-onalar uchun “Oʼsmirlarning oiladagi oʼrni”, oʼsmirlar uchun “Sogʼlom turmush tarzi” deb nomlangan oʼquv dasturlari tayyorlanib, resurs markazlari ochilgan va maxsus treninglar tashkil etilgan.
Joriy yilning mart oyida YuNICEF tomonidan oʼtkazilgan yangi tadqiqotda Qirgʼizistondagi oʼsmirlarning ruhiy salomatligi Markaziy Osiyo davlatlari orasida eng yomoni ekanligini aniqlangan.

Izoh: АQSh Gʼarb saqofatini tarqatish va Islomga zarba berish uchun oʼzining siyosatiga xizmat qiluvchi loyihalarni xalqaro fondlar orqali Islom olamiga olib kirishga harakat qiladi. Xalqaro taraqqiyot fondi (USAID) bu masalada АQShning asosiy qurollaridan biri hisoblanadi.
Bu kabi fondlar islohotlar oʼtkazish va yoshlarga erkin hayotni oʼrgatish bahonasida balogʼat yoshidagi oʼgʼil-qizlar uchun ekskursiyalar uyushtirish va vaqtichogʼlik qilish boʼyicha dasturlar tayyorlash orqali ilm dargohi boʼlgan maktablarni fahsh oʼrgatish maskanlariga aylantirmoqda. Maqsad, yoshlarning miyalarini yuvish va ularni Islomdan uzoqlashtirib, Gʼarb saqofati bilan tarbiyalashdir. Toki, nomigagina musulmon, ammo Islomga ismidan boshqa hech qanday aloqasi boʼlmagan avlod vujudga kelsin.
Bugungi kunda Gʼarb olami Qirgʼizistonda ham “yoshlar toʼgʼri yoʼl koʼrsatuvchi muassasalarga muhtoj” degan bahona bilan bir tomondan oʼzining buzuq demokratik qadriyatlarini tiqishtirmoqchi boʼlayotgan boʼlsa, ikkinchi tomondan ulgʼayib kelayotgan yosh avlodni Islom dinidan uzoqlashtirish uchun jiddiy harakat olib bormoqda. Yuqorida aytib oʼtilgan “Oʼsmirlik taraqqiyot yoʼli”, “Oʼsmirlarning oiladagi oʼrni”, “Oʼsmirlar uchun sogʼlom turmush tarzi” deb nomlangan loyihalar ham, kelajakda Gʼarb saqofati bilan sugʼorilgan kadrlarni yetishtirib chiqarishda zamin tayyorlash uchun olib borayotgan harakatlar jumlasidandir.
Demak, biz musulmonlar bunday harakatlar qarshisida aldanib qolmasligimiz uchun, avvalambor hayotimizdagi har bir bosayotgan qadamimizning Sharʼiy hukmlarini puxta oʼzlashtirishimiz va ularga amal qilishga shoshilishimiz lozim. Bundan tashqari kuchimiz yetganicha umumiy va xususiy vositalar bilan ularning kirdikorlarini fosh qilishimiz, xalqimizni, xususan yoshlarni ularning yomonliklaridan ogohlantirishimiz hamda darslar va nasihatlar orqali xalqimizga Islomning sof saqofatni yetkazishimiz lozim. Toki kufr ahli islohotlarni roʼkach qilib, maktablardagi oʼquv dasturlarini oʼzlarining dasturlariga muvofiq qilib oʼzgartirish va Gʼarb saqofatini ekish orqali bizlarga taʼsir oʼtkazishga imkon topa olmasin.

Аbdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.