Falastin ahli Ummatdan ajratilganliklari badalini qonlari bilan to‘lamoqdalar!

132
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Falastin ahli Ummatdan ajratilganliklari badalini qonlari bilan to‘lamoqdalar!

Doktor Mus’ab Abu Arqub

Axbor gazetasi xabariga ko‘ra, 2023 yil 18 may payshanba kuni yahudiylarning bir nechta vazirlari Aqso masjidiga bostirib kirish uchun ruxsat berishni talab qilgan. Bu bosqinchi hukumatning bayroq marshini o‘tkazishga qat’iy qaror qilishi barobarida yuzaga keldi.

Yahudiy vujudi mana shunday bostirib kirish va har yilgi bayroq marshlari orqali musulmonlarning his-tuyg‘ularini qo‘zg‘ashda qat’iy turibdi. Chunki u musulmonlarning hamda o‘ldirish, bombalash va suiqasdlar bilan muomala qilib kelayotgan Falastin ahlining his-tuyg‘ularini aslo hisobga olmaydi. Muborak zaminni o‘rab turgan rejimlarning soxta reaksiyalari uning parvosiga ham kelgani yo‘q. Bayroqlar marshi yahudiy vujudidagi hukmron elitaning saylovdagi yutug‘ini oshiradigan va siyosiy mavqeini mustahkamlashga hissa qo‘shadigan bir kartadir. Shu bois, islomiy yurtlardagi rejimlar bilan Falastin ma’muriyati tomonidan bildirilgan quruq qoralashlarga – bu narsalarni o‘z tajribalarida ko‘p o‘tkazishgani uchun – aslo parvo qilishmaydi.

Yahudiylar bunday bostirib kirish va bayroq marshlarida asosan dunyo tartibiga va Amerikaning islomiy yurtlardagi malay hukmdorlariga tayanishmoqda. Chunki bu hukmdorlar Amerikaning istagan paytda bosadigan knopka-tugmasidan boshqa narsa emaslar. Bildiradigan reaksiyalari ham Amerikaning siyosatlariga xizmat qiladigan doira va mazmundan tashqariga chiqmaydi. Shu tariqa yahudiylar Masjidul Aqso va muborak zaminning qiymati va vazniga monand bo‘lgan hamda Falastin masalasining Islom Ummati nazdidagi vazni va hajmiga munosib bo‘lgan haqiqiy reaksiyadan va har qanday xavf-xatardan o‘zlarini xavfsiz his qilishyapti. Zero, yahudiy vujudi ayni shu rejimlar tomonidan qo‘riqlanayotganini, ular munosabatlarni normallashtirishayotganini, Falastin ma’muriyati ham ayni shu yo‘nalish bo‘ylab ketayotganini, uning qilishi mumkin bo‘lgan bor-yo‘q ishi BMTga bosh urib, yahudiy vujudidan shikoyat qilish va xalqaro himoya talab qilishdan nariga o‘tmasligini tushunib turgani uchun ham o‘zini shunchalik xotirjam va xavfsiz his qilyapti.

Yuqorida aytilgan ishlar sababli, muborak zamin masalasi bir keskinlikdan ikkinchisiga o‘tishda davom etar ekan, «bu girdobga o‘z hukmini o‘tkazadigan siyosiy istiqbol qanday bo‘lishi kerak?» degan savol saqlanib qolaveradi.

Hamma shu savolga to‘qnash kelgan. Yahudiy vujudi bo‘ladimi yoki boshqasimi, qayoqqa ketyapmiz, degan haqiqatga duch kelmoqda. Bir keskinlikdan ikkinchisiga, bir qirg‘inbarotdan ikkinchi qirg‘inbarotga, bir portlashdan ikkinchi portlashga qarab ketyapmiz-u, ammo yechim va istiqbol qanday bo‘ladi? – degan savol hammani o‘ylantiryapti.

Hokimiyatda o‘tirgan yahudiy siyosatchilarining ufqi shundayki, ular Falastin ahlini muborak zamindan quvib chiqarishni va bu yer faqat ular uchun bo‘lishini o‘ylaydilar. Ularning orzulari Falastin ahlini ko‘chirish hamda iqtisodiy va xavfsizlik jihatdan tazyiq o‘tkazib, ulardan qutulishdir. Ammo aslida buning imkonsiz ekanini, o‘zlari faqat muammo chiqara olishlarini, bu masalaga yechim bera olmasliklarini yaxshi tushunishadi.

Amerikaga kelsak, bosqinchilik oqibatida yuzaga kelgan gumanitar muammolarni mintaqaning sovishini kafolatlaydigan tarzda hal etish orqali Falastin masalasi yechimiga erishish mumkin, deb o‘ylayapti. Chunki bu mustamlakachi davlat uchun musulmon yurtlaridagi o‘zining malay rejimlarida manfaatlari bor. Chunki bu rejimlar Islomiy Ummatning boyliklari, resurslari va tuproqlarini unga qo‘sh-qo‘llab topshirishmoqda. Shuning uchun ham nufuz mintaqalari va strategik o‘rinlarga harbiy bazalar o‘rnatadigan va ayni mintaqani nazorat qilish bilan butun dunyoga hukmronlik qiladigan bo‘ldi. Zero, Amerika o‘zining manfaatlariga xavf tug‘dirmaydigan yechimni xohlaydi. Bir vaqtning o‘zida, Islom Ummatiga qarshi olib borayotgan urushida hamda Ummatning bitta davlatda birlashishini oldini olishga urinishida yahudiy vujudini doimiy baza sifatida mustahkamlab, yechimni ikki davlat yechimidan iborat, deb bilyapti.

Biroq, yahudiylar Falastinda joriy qilgan vaziyat va voqelik sababli, ikki davlat yechimining imkonsiz ekanini hamma biladi. Darhaqiqat, yahudiy vujudi muborak zaminda uy-joy qurilishlarini keng ko‘lamda olib bordi. Qurilishlar har tomonga kengayib, kichik bir davlat uchun birorta ham joy qolmadi. Shu bois, ikki davlat yechimining hech qanday istiqboli yo‘q. Boshqa tomondan esa, Falastin ma’muriyati Amerika qo‘lidagi qo‘g‘irchoq bo‘lishda davom etib, ikki davlat yechimini talab qilgani qilgan. Vaholanki, uni tatbiq qilib bo‘lmas bir sarob va xayol ekanini o‘zi juda yaxshi biladi. Lekin o‘zining va rahbarlarining imtiyozlarini saqlab qolishga intilib, atigi shu narsa uchun Amerikaga tinimsiz yon berishlar taqdim etib, qurbonliklar berib kelyapti.

Ushbu girdobga o‘z hukmini o‘tkazayotgan yolg‘on, soxta siyosiy istiqbollar mana shu. Ammo girdobdan chiqish uchun kerakli haqiqiy va amaliy istiqbol esa, u chetlab o‘tilib, Falastin ahli va Ummat undan uzoqlashtirilmoqda. Masalaning haqiqiy istiqboli tub yechimdan iborat bo‘lib, bu narsa yahudiy vujudini ildizi bilan birato‘la abadiy qo‘porib tashlashni o‘z ichiga oladi. Qamog‘ga olishlar, bostirib kirishlar, suiqasdlar va bombalashlardan iborat ushbu girdobdan qutulish uchun ana shu tub yechimni faollashtirish va masala qayta Ummat masalasiga qaytishi uchun Falastin ahlini o‘z Ummatiga bog‘lash lozim.

Bu yechimni ko‘rsatmaslik, faollashtirmaslik, jamoatchilik fikridan uzoqlashtirish Islom Ummati va xossatan Falastin ahlini doimiy shaklda o‘z qonlari bilan badal to‘lashga olib keldi. Bas, shunday bo‘lgach, nima uchun Falastinni ozod etib, yahudiy vujudini qo‘porib tashlashni kechiktiryapmiz?!

Islom Ummati muborak zaminni ozod etishga qodir. Shuning uchun Ummat va qo‘shinlardan nusrat talab qilib, yechimni faollashtirmoq darkor. Xo‘sh, muborak zaminni Islom Ummatisiz ham ozod etishga qodir tomon bor bo‘lsa, u holda, nega ozod qilmayapti? Agar Falastinni ozod etishga – masalan, Eron rejimi da’vo qilganidek – qodir bo‘la turib, bu ishni amalga oshirmayotgan bo‘lsa, bu xiyonat bo‘ladi. Xo‘sh, u Falastin ahlining bosqin ostida qolishini hamda Rosululloh ﷺning Isro maskanlari yahudiylar tomonidan toptalishi va oyoq-osti qilinishini istayaptimi?! Yoki u Falastin ahlining bombardimonlar, qirg‘inlar va suiqasdlar ostida qolishini xohlayaptimi?!

Oldimizda ochiq haqiqat turibdi va bu muborak zamin masalasining tub yechimi uni ozod etishdir, degan haqiqatdir. Ozodlik ayni masalani Islom Ummatiga bog‘lash bilan amalga oshadi. Ozod etishga qodir tomon Islom Ummati qo‘shinlaridir. Shuning uchun ushbu qo‘shinlarimizdan nusrat talab qilish hamda yahudiy vujudini qo‘riqlayotgan, shartnomalar, sulhlar, iqtisodiy hamkorliklar va normallashuvlar orqali uni tiriklik arteriyasi bilan ta’minlab kelayotgan tizimni qo‘porib tashlash darkor.

Bunday tizimni qo‘porib tashlab, Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalikni barpo etish lozim. Shunda Xalifalik qo‘shinlarni safarbar qilib, Falastinni ozod etadi. Aks holda, musulmonlar qoni bilan badal to‘lashda davom etaveramiz.

Biz Islom Ummati orasidagi qo‘shinlar, askarlar va zobitlarni ushbu yechimni amalga oshirishga, Falastinni ozod etish uchun harakatga kelib, o‘zlarining shar’iy burchlarini ado etishga da’vat etamiz. Agar Falastin ozod etilsa, bosqinlar, suiqasdlar, qon to‘kishlar, bombardimonlar va muborak Aqso masjidini oyoq-osti qilishdan asar ham qolmaydi.

Roya gazetasining 2023 yil 24 may chorshanba kungi 444-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.