Damashq ozodligi zo‘ravonlar makri bilan rostgo‘ylar harakati o‘rtasida

164
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Damashq ozodligi zo‘ravonlar makri bilan rostgo‘ylar harakati o‘rtasida

Ustoz Nosirshayx Abdulhay

Hizb ut-Tahrirning Suriya

viloyatidagi matbuot bo‘limi a’zosi

Ozod etilgan yerlar masalasini ajnabiy va mintaqaviy qo‘llab-quvvatlovga topshirib qo‘ygan hamda Ummat hokimiyatini tortib olib, farzandlarimiz ustidan hukmronlik qilayotgan kimsalar tomonidan vaqti-vaqti bilan bema’ni bayonotlar yangramoqda. Ozod etilgan yerlarda qayta qurish ishlarini olib borish va Damashqni ozod etish to‘g‘risidagi bu bayonotlarni eng kamida xalqni falajlaydigan bayonotlar, deyish mumkin. Chunki ularning gaplari amallariga teskari bo‘lib, xalqning ko‘pchiligi ularni rostgo‘y kishilarning jinoyatchi rejimni ag‘darish harakati oldidagi asosiy to‘siq, deb biladi.

Shu o‘rinda «ozod etilgan» hududlarning kishanlangan aholisi hayron bo‘lganidan quyidagicha savol berishi tabiiy: ajnabiylar buyrug‘i bilan yillar davomida frontlarni yopib turish orqali nahotki, Damashqni ozod etish jarayoni amalga oshsa?! Qo‘zg‘olonimizga qarshi til biriktirgan turk rejimini strategik ittifoqchi, deya baho berishlarining siri nimada? Axir Turk rejimi uyalmay-netmay, qo‘zg‘olon ahlini – hatto bir milliondan ortiq shahid berganidan keyin ham – tog‘ut Asad bilan yarashishga chaqirayotgan bo‘lsa?!

To‘g‘ridan-to‘g‘ri Amerika ko‘rsatmalari asosida boshqarilayotgan ilmoniy turk rejimidan bizning qo‘zg‘olonimizni holdan toydirgan siyosiy yetakchi sifatida butunlay voz kechish eng to‘g‘risi emasmi?! Axir u qarorimizni tortib olib, hur qo‘zg‘olonchilarimizga qarshi kurashishga kirishgan, o‘zi bilan aloqa qiluvchi yetakchilarni iflos siyosiy pullar bilan mast qilib, so‘ng ularning qurollarini jilovlab qo‘ygan, shuningdek, qonxo‘r Asad rejimiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita tahdid sola oladigan har bir tomonni ushlab turish va zararsizlantirish uchun yelib yugurayotgan bo‘lsa?!

Qatar, Saudiya va Turkiya kabi, munofiqlik bilan o‘zlarini Suriya xalqi do‘stlari qilib ko‘rsatayotgan, aslida qonxo‘r rejim bilan munosabatlarni normallashtirishga shoshayotgan «donor» davlatlar bilan butkul aloqani uzib tashlash eng to‘g‘risi emasmi?! Zero, bu davlatlarning xatari Shom va uning ahliga ochiq dushmanlik qilayotganlarning xataridan ham yomon-ku. Chunki bular «Suriya xalqining do‘stlari» niqobini kiyib olib, qo‘zg‘olonga ortdan pichoq urishdi, uni jilovlab qo‘yib, kuch-qudrat manbalaridan ayrishdi, uning kuchli asab va bo‘g‘inlarini falajlab, zahri qotil pullari bilan tinkasini quritishdi… Ularning yuzlaridagi niqoblarini yulib tashlab, asil basharalarini ochish vaqti keldi. Ana shunda, ularning makr va jinoyatlaridan ham yomon bo‘lgan Amerikaning Shom qonxo‘rini qo‘llab-quvvatlash va qo‘zg‘olonni bo‘g‘izlashdan iborat buyruqlarini ijro qilishdagi o‘yinlari fosh bo‘ladi!

Yuqoridagilarga qo‘shimcha, yana shu savolni ham o‘rtaga tashlamoqchimizki, ular da’vo qilayotgan Damashq ozodligi jinoyatkor rejim bilan yarashish sharmandaligini rad etib, frontlar ochilishini talab qilgan hur farzandlarimizni qamog‘ga tashlash bilan amalga oshadimi?! Qamog‘ga tashlanganlardan biri Harbanush shahrining hur qo‘zg‘olonchi o‘g‘loni Ali Dalv bo‘lib, u bir necha oydan buyon Tahriri Shom razvedkasi qamog‘ida qolmoqda. Shuningdek, Idlib universitetining tibbiyot fakulteti talabasi Muhammad Hamadon va muhandis Usoma Yusuf, Abu Abdulhamid Sarmin, Abu Vafo Arabsaid va boshqa ko‘plab yigitlarimiz ham o‘shalar qo‘lida hibsda yotishibdi.

Damashq ozodligi qonxo‘r rejimga taslim bo‘lish va u bilan sulh tuzishga norozi bo‘layotgan Idlib universiteti talabalarini tutgan siyosiy prinsipial pozitsiyalari uchun universitetdan haydashni talab qiladimi?!

Damashq ozodligi ozod etilgan hududlardagi odamlarga sistematik ravishda tazyiq o‘tkazish bilan hamda turli siyosiy nomlar ostidagi taslim bo‘lish yechimlariga bo‘ysunishlari uchun ularga soliqlar solish bilan amalga oshadimi?!

Darhaqiqat, o‘tgan yillar davomida bu qo‘zg‘olon odamlar, harakatlar va loyihalar orasidan ularning haqiqiy saralarini aniqlab berdi. Kimlar Ummat safida turib, uning ozodligini, taraqqiyotini, azizligini va Xalifalik davlatini xohlayotganini, kimlar dushman safida ekanini yaqqol ko‘rsatib qo‘ydi. Shuningdek, Islom dushmanlarini rozi qilib, ulardan kuch oladigan arzongarov ilmoniy loyihalarni – garchi ularga Islom to‘ni kiydirilgan bo‘lsa ham – fosh etdi. Bu yillar davomida Islomga nusrat berish va uni boshqaruvga olib chiqish niyatida emas, balki shubhali maqsadlarga umumiy va quruq shiorlar orqali yetishishda Islomdan foydalanganlar fosh bo‘ldi. Zero, bu shiorlar mamlakat borasida biror bir amaliy ijroiy tasavvurga ega bo‘lmagan shiorlar bo‘libgina qolmay, balki zaiflashib tebranib turgan zolim rejimlarning vayronalari uzra Islom boshqaruvini barpo etishning shar’iy tariqatiga ham ziddir. Shunday qilib, bugun kurash ikki loyiha o‘rtasida kechmoqda, uchinchi loyiha yo‘q. Ulardan biri dinni hayot, davlat va jamiyatdan ajratib, insonlarni baxtsiz qiladigan, insonlar Parvardigorini g‘azablantiradigan demokratik fuqarolik loyihasi bo‘lsa, ikkinchisi buyuk Islom va Islomiy davlat loyihasidir. Ya’ni u Payg‘ambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalik davlati loyihasi bo‘lib, uning bayrog‘ini Hizb ut-Tahrir ko‘tarib chiqmoqda. Hizb, shuningdek, maqsadga yetish uchun mufassal loyiha taqdim etmoqda hamda Ummatning rostgo‘y-xolis farzandlari himmatini qo‘zg‘amoqda. Bundan maqsad, saflarni birlashtirish, energiya va imkoniyatlarni jamlash, shu orqali ayni loyihani yurtda bitta davlat orqali amalda tatbiq qilishdir. Zero, faqat shu loyiha bilan najot va yutuqqa erishiladi. Allohning fazli ila, Ummatning ayni loyihaga nisbatan ongi sezilarli darajada o‘sib bormoqda. Chunki bu uning kuch-qudrati, hurmat-izzati va Islom hukmronligini ro‘yobga chiqaruvchi loyihadir. Bas, shu loyiha tomonga to‘liq o‘tib, unga va uning sohiblariga nusrat-yordam berish vaqti keldi.

So‘zimiz nihoyasida shuni ta’kidlamoqchimizki, qo‘zg‘olon o‘z mevasini berishi va uni rostgo‘y insonlar terib olishi uchun uning harakat yo‘nalishini to‘g‘rilash va bu ish yetakchiligini loyiq, mohir, qodir va mabdaiy kishilarga topshirish kerak. Buni amalga oshirishda tashlanadigan jiddiy amaliy ilk qadam esa, anavi zararkunanda rejimlar va ularning razvedka xizmatlari bilan butkul aloqani uzishdan boshlanadi. Qolaversa, Islomni, musulmonlarni va qo‘zg‘olonimizni qattiq yomon ko‘ruvchi xalqaro hamjamiyat va BMTdan yechim olmaslik kerak bo‘ladi. Chunki bularning barchasi dushmanlarimiz bo‘lib, Alloh bizga ularning hatto dillarida yashirgan niyatlarini ham ochib sharmandasini chiqarib bergan. O‘z masalamiz, taqdirimiz va qo‘zg‘olonimiz kelajagini o‘zimizdan boshqalarga, ya’ni mazkur tomonlardan birortasiga bog‘lash xatardir, hatto tom ma’noda siyosiy jihatdan o‘z joniga qasd qilishdir. Bunga Amerikaning siyosiy yechimini o‘lib-tirilib tiqishtirayotganlardan ko‘ra yaqqolroq dalil yo‘q… Holbuki, bu yechim kofir va tog‘ut rejimni ilmoniy konstitutsiyasi, muassasalari, xususan mustabid xavfsizlik va harbiy muassasalari bilan birga saqlab qolishdan iborat bo‘lib, odamlarni qaytadan qullik oloviga otadi, ularni xavf va dahshat saltanatiga qaytarib, Amerika tarbiyalagan malay rejimga qarshi chiqqanlari uchun jazolaydi.

Jiddiy, maqsadli va tartibli jamoiy faoliyat orqali saltanat va qo‘zg‘olon qarorini bosqinchilardan qaytarib olish Damashqni ozod etish uchun eng birinchi haqli amaliy qadamdir. Shu bilan birga bu narsa saflarni tekislab, sa’y-harakatlarni ongli siyosiy yetakchilikka bog‘laydi. Ushbu ongli xolis yetakchilik Ummatning aqidasidan balqib chiqqan mufassal xaloskorlik loyihasiga ega bo‘lib, qo‘zg‘olonchilarga qonxo‘r rejimni o‘z hovlisi ichkarisida ag‘darib tashlash va uning xarobalari uzra Payg‘ambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalik davlati soyasida Islom boshqaruvini barpo etish yo‘lini ko‘rsatib beradigan belgilari aniq yo‘l xaritasini chizib beradi. Xalifalik Islom va uning ahlini azizlikka olib chiqib, Shom ahli qurbonliklarini to‘xtatadi. Bu bilan Alloh ularning va musulmonlarning qalbiga shifo beradi. Alloh Taolodan ushbu Kunni yaqin qilishini so‘raymiz.

Roya gazetasining 2023 yil 26 aprel chorshanba kungi 440-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.