Qo‘zg‘olon sohibi Allohni ulug‘lashni bilmaydigan sotqin yetakchilar emas, balki Islom Ummatidir

137
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Qo‘zg‘olon sohibi Allohni ulug‘lashni bilmaydigan sotqin yetakchilar emas, balki Islom Ummatidir

Hizb ut-Tahrirning Suriya viloyati matbuot bo‘limi a’zosi ustoz Nosirshayx Abdulhay ayni bo‘lim veb-saytidagi o‘z bayonotida quyidagi haqiqat-eslatmalarni ta’kidladi:

«Qo‘zg‘olonni qo‘llab-quvvatlovchi xalq qo‘zg‘olonni to‘g‘ri yo‘liga solish va rejimni ag‘daruvchi frontlarni ochish uchun qonxo‘r rejim bilan normallashishga qarshi ommaviy namoyish va konferensiyalar uyushtirishi maqtovga sazovor yaxshi ishlardan hisoblanadi.

Ammo jangchi guruhlar yetakchilarining bu ishlar bilan shug‘ullanib, shu bilan kifoyalanishi ochiq adashtirish va odamlar aqli bilan o‘ynashishdir. Bu xuddi ilgari Falastindagi qarshilik harakatlari yetakchilarida bo‘lgani kabi, ularning kelajakdagi niyatlari yomon ekanini ko‘rsatmoqda. Chunki qurol-yarog‘ arsenallariga ega bo‘la turib, urush va tinchlik qarorini monopoliya qilayotganlar ham, frontlarni yopib, hamon bizni tog‘ut Asad rejimi bilan yarashishga chaqirayotgan turk rejimining buyruqlari asosida qadam tashlayotganlar ham mana shu jangchi guruh rahbarlaridir.

Qo‘zg‘olon ahli uchun tortib olingan o‘z hokimiyatlari va qarorlarini qaytarib olish vaqti keldi. Aks holda, vaqt kech bo‘lib, pushaymonlar foyda bermay qoladi. Zero, qo‘zg‘olon sohibi Allohni ulug‘lash nimaligini bilmaydigan va qo‘zg‘olon bilan savdo qilayotgan, hatto uni halokat jarligiga yetaklayotgan jangchi yetakchilari emas, balki birdan-bir alam-og‘riqlarni his qilayotgan Islom Ummatidir. Mudom Shom musulmonlari tomirida qo‘zg‘olon qoni oqar ekan, insha Alloh, qo‘zg‘olonni aslo halok qilisha olmaydi».

Roya gazetasining 2023 yil 10 may chorshanba kungi 442-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.