Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston chegara masalasini muhokama qildi

143
0

Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston chegara masalasini muhokama qildi

 Xabar: Hukumat delegatsiyalari Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston davlat chegaralarining tutashgan joylarini belgilash masalalarini muhokama qildilar. Bu haqda bugun, 30 aprel kuni Qirg‘iziston vazirlar mahkamasi matbuot xizmati xabar berdi.

  Ta’kidlanishicha, uchrashuvlar 25-29 aprel kunlari Qirg‘iziston janubidagi Botken shahrida bo‘lib o‘tgan.

“Muzokaralar chog‘ida Qirg‘iziston respublikasi, Tojikiston respublikasi va O‘zbekiston respublikasi davlat chegaralarining tutashgan joylarini belgilash masalasi yuzasidan fikr almashildi. Uchrashuv do‘stlik va o‘zaro anglashuv muhitida o‘tdi”, – deyiladi xabarda.
Keyingi uchrashuv Tojikiston hududida bo‘lib o‘tadi.

 Tojikiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi umumiy chegara taxminan 987 km. Har ikki davlat chegara masalasini o‘ttiz yildan ortiq vaqtdan beri hal qila olmayapti. 300 km ga yaqin chegara hali aniqlanmagan.

Izoh: AQSHning Markaziy Osiyo bo‘yicha 2019-2025 yillarga mo‘ljallangan strategiyasida chegaralar xavfsizligini ta’minlash uchun 90 million dollardan ziyod mablag‘ ajratib, kadrlarni tayyorlash bo‘yicha 200 dan oshiq tadbirlarni o‘tkazish va 2600 dan oshiq chegarachilarni o‘quv mashg‘ulotlaridan o‘tkazish belgilangan.

 Ushbu strategiya doirasida, 2022-yil may oyida AQSHning O‘zbekistondagi elchisi Deniel Rozenblyum O‘zbekiston respublikasi davlat xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlariga 50 ta “Toyota Hilux” va “Fortuner” rusumli avtomashina topshirdi. Chegara qo‘shinlari nomidan avtomashinalarni qo‘mondon o‘rinbosari, polkovnik Baxtiyor Mansurov qabul qilib oldi. Qiymati 2,25 million dollarga teng avtomashinalar AQSHning xavfsizlik sohasida O‘zbekistonga ko‘rsatayotgan yordamining bir qismi hisoblanishi qayd etildi.

 Shuningdek, 2022-yilning may oyida AQSHning Tojikistondagi elchisi Jon Mark Pommershaym Tojikiston bilan diplomatik aloqalar o‘rnatilganining 30 yilligiga bag‘ishlanib Dushanbeda o‘tkazilgan matbuot anjumanida Vashington kelgusi ikki yil davomida Tojikiston xavfsizligi sohasiga 60 million dollar mablag‘ ajratishini ma’lum qildi. Bundan tashqari, AQSH Tojikistonga chegara nazoratini kuchaytirish uchun “Puma” rusumli dronlar yetkazib beradigan bo‘ldi. O‘tgan 26 yil ichida AQSH Tojikistonga 1,8 milliard dollarlik “yordam” ko‘rsatgan.

 O‘z navbatida, qirg‘iz-tojik chegarasida bo‘lib o‘tgan navbatdagi qurolli to‘qnashuvlardan keyin Sadir Japarovning 2021-yil iyun oyida Anqaraga safari doirasida Turkiya Qirg‘izistonga harbiy-texnik yordam ko‘rsatadigan bo‘ldi. Qirg‘iziston Turkiyadan “Bayrakdar” harbiy dronlarini sotib oldi. Qirg‘iz hukumati ham sotib olingan harbiy dronlardan chegaralarni nazorat qilish va kuchaytirish yo‘lida foydalanmoqda…

 Ma’lumki, “bo‘lib tashla va hukmronlik qil” g‘oyasi asosida siyosat yuritadigan mustamlakachi davlatlar bir Ummat vakillari bo‘lgan musulmonlar davlatini parchalab yo‘q qilishda “millatchilik” va “vatanparvarlik” fikrlaridan unumli foydalanishdi. Shu fikrlar yordamida ummatni parchalab, mayda davlatchalarga bo‘lib tashlaganlaridan so‘ng ular  o‘rtasiga sun’iy chegaralar tortib chiqishdi. Bu chegaralar tortilayotgan vaqtda ular “qo‘shni” xalqlar o‘rtasida doimiy keskinlikni saqlab turish uchun chegaralarda nizoli va bahsli hududlar qoldirishni ham hisobdan chiqarishmadi. Sobiq sovetlar davrida tortilgan, atayin noaniq qilib belgilangan chegara hududlarida shu kunga qadar yuzlab tinch aholi vakillari qurbon bo‘ldi va hozirga qadar bu muammoni oxiri ko‘rinmaydi.

 Rasmiy hukumatlar o‘zaro uchrashib, chegara masalalari bo‘yicha kelishib, hududlarini belgilab olishsa ham mustamlakachi davlatlar bu muammolar batamom yo‘q bo‘lib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi. Aksincha, mablag‘ ajratish va harbiy texnikalar berish orqali mahalliy hukumatlarni chegaralarni mustahkmlashga, o‘rtalariga tikonli sim va o‘tib bo‘lmas chuqurlar qazishga undab keladi.

 Aslida, chegar muammolari uni belgilash, o‘rtaga tikonli sim tortib, mustahkamlash bilan hal bo‘lib qolmaydi. Muammoning yagona yechimi – bir Ummat vakillari bo‘lgan musulmonlar o‘rtalaridagi sun’iy chegaralarni ko‘tarib tashlashlari va mustamlakachi kofirlar zehnlarimizga singdirib tashlagan millatchilik, vatanparvarlik tushunchalaridan xalos bo‘lishimiz va bir bayroq ostida birlashishdan iborat. Bu ish Xalifalik davlatini barpo qilish bilangina amalga oshadi. Shunday ekan, biz musulmonlar bizlarni ikki dunyo saodatiga eltuvchi Xalifalik davlatini barpo etish uchun harakat qilishimiz shart.

Abdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.