Prezident Erdog‘an: Biz LGBTga qarshimiz!
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an saylov oldi kompaniyasida so‘zlagan nutqida davlatlarni kuchli davlatga aylantiradigan omillardan biri oila ekanligini qayd etar ekan, raqiblarini LGBTga moyillikda aybladi. Erdog‘anning ta’kidlashicha, u millatning xohshi va ko‘rsatayotgan yo‘nalishiga qarab ish tutadi. Raqiblari esa, noinsoniy oqimlarni qo‘llab-quvvatlab, o‘lkaning yutuqlariga ko‘r-ko‘rona hujum qiladi.
“Biz har bir masalada kim nima deganiga emas, millatimiz nimani xohlayotganiga va millatimiz bizga qanday yo‘nalish ko‘rsatayotganiga qaraymiz. Ular esa, LGBT tarafdorlaridir, shunday emasmi? Biz LGBTga qarshimiz. Chunki biz oilaning muqaddasligiga ishonamiz. Ular LGBT bo‘lishda davom etsinlar. Biz oilamizni buzmaymiz. Chunki davlatlarni kuchli davlatga aylantiradigan narsa oiladir va bu kuchli oilalar ichida LGBTga o‘rin yo‘q. Shuning uchun 14-may LGBT tarafdorlariga dars berib qo‘yish kuni bo‘ladi”, dedi Erdog‘an.
Izoh: Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Turkiyada LGBT (lezbiyan, gey, biseksual, transgender)larning eng kuchaygan davri hozirgi amaldagi prezident Rajab Toyyib Erdog‘anning boshqaruv davriga to‘g‘ri keladi. Masalan, 2003 yil iyun oyida birinchi marta Lambdaistanbul (LGBT birdamlik uyushmasi) tomonidan Istanbulning Istiqlol ko‘chasida LGBT “g‘urur yurishi” o‘tkazildi. Bir hafta davom etgan “iftixor haftaligi”ning so‘nggi kunida “Istanbul faxri” deb nomlangan LGBT yurishi tashkil qilindi. Shundan buyon har yili an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinadigan ushbu sharmandali yurishda LGBT vakillaridan tashqari, san’atkorlar va siyosatchilar ham ishtirok etadi. “Sharaf yurishi”, deya nomlab olishgan buzuqlikni targ‘ib qiluvchi yurishlari chog‘ida “Bizga ko‘nikishga majbursiz” deya jar solishadi. Shuningdek, Turkiyada LGBT hamjamiyati uchun gey-barlar va geylarga doir biznesklublar hamda turk LGBTlar orasida keng qo‘llaniladigan o‘zlariga xos ijtimoiy tarmoqlar ham mavjud.
2007 yilda Istanbul universitetida “LGBT talabalar”ning birinchi rasmiy hamjamiyati tashkil etildi. Bursada “Go‘kkushag‘i” LGBTT uyushmasining asoschisi O‘yku Evren O‘zen 2007 yilda mustaqil deputatlikka o‘z nomzodini qo‘ydi. Keyinchalik, eng ko‘p ovoz bilan Bursa-Osmangazi tumani va viloyat delegatsiyasiga saylandi. Bursa “Go‘kkushag‘i” LGBTT assotsiatsiyasi Turkiyaning transgender huquqlari bo‘yicha birinchi rasmiy uyushmasidir. 2011-yil iyun oyida Diyorbakirda tashkil etilgan birinchi kurd LGBT guruhining “Hevjin” matbuot bo‘limi “Kurd gomoseksuallari va transseksuallari ham bor” shiori ostida namoyish etildi. 2015 yil 7 iyundagi parlament saylovlarida LGBT huquqlari faoli Barish Sulu Xalq demokratik partiyasi tomonidan parlamentga nomzod qilib ko‘rsatildi. Bularning bari iqtidor janob Erdog‘anning qo‘lidaligi paytida yuz bergan hodisadardir. Biroq Erdog‘an hukumati bu ishlarga qarshi hech qanday chora ko‘rmadi. Faqat 2015-yilning 28-iyun kuni tashkil qilingan o‘n uchinchi “Istanbul g‘urur yurishi” Ramazon oyiga to‘g‘ri kelgani bois, xavfsizlik nuqtai nazaridan Istanbul hokimligi tarafidan to‘xtatib qo‘yildi. Yurishda qatnashgan deputat Mahmut Tanal va deputat Filiz Kerestechiog‘lu o‘z bayonotlari bilan tinch namoyishlarning oldi olinishiga qarshi norozilik bildirdi.
Prezident Erdog‘anning Turkiyada LGBT guruhini ta’qiqlashi u yoqda tursin, uning zinoga qo‘yilgan jazoni bekor qilishi kutilmagan holat bo‘ldi. So‘ngra u buni G‘arbning talabi bilan qilganligini ochiq tan oldi. Qolaversa, Erdo‘g‘on 2002-yilda LGBT fuqarolari uchun mutlaqo teng qonunlar yaratish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlashini ta’kidlagan va o‘zi ishtirok etgan teledasturda “Gomoseksuallar ham o‘z huquq va erkinliklari doirasida qonuniy ta’minlanishi kerak. Vaqti-vaqti bilan ba’zi televideniye ekranlarida ularga qarshi ko‘rsatiladigan muomalani insonparvarlik deb bilmaymiz”, degan edi.
Bulardan tashqari ushbu jirkanch guruhga turli imkoniyatlar yaratib beradigan va ularning jirkanch ishlariga qonuniy tus beradigan “Istambul shartnomasi” ham 2011-yil 11-mayda aynan Erdog‘an hukumati tarafidan imzolandi. G‘arb qadriyatlari asosida tuzilgan mazkur shartnoma imzolanishi ortidan gomoseksual buzuqlarga axloqsiz xatti-harakatlari va buzuqliklarini yoyish uchun keng maydon yuzaga keldi. “Istambul shartnomasi” o‘z ichiga olgan 6284-sonli qonunga ko‘ra, LGBT vakillari, shuningdek unashtirilgan yoshlar, bir-biri bilan do‘stlashganlar va talabalarning nikohsiz juft-juft bo‘lib bir uyda yashashlari himoya ositiga olinadi. Ushbu shartnomaning 3-moddasi “b” bandiga ayolning ayol bilan, erkakning erkak bilan nikohini qonuniylashtirish kabi oila tuzilishiga mutlaqo zid bo‘lgan ba’zi tushunchalar kiritilgan. Shartnomaning 4/3 bandida jinsiy oriyentatsiya, jinsiy tanlovlar va har qanday buzuqlik qonun bilan himoyalangan. Shartnomada oila tushunchasi mavjud emas. Unda “er – xotin” kabi jinsni ajratuvchi iboralar o‘rniga “xonadosh”, “juftlik”, “birgalikda yashovchi shaxslar”, “sheriklar”, “hayot sherigi” kabi iboralar kiritilgan. Gender tushunchasi “Istambul shartnomasi”ning markazida turadi. Eng achinarlisi, bu shartnomada din va or-nomus zo‘ravonlik manbai sifatida ko‘rsatilgan. Oiladagi erkak o‘z ayoli yoki qizining kiyimiga aralashsa, bu zo‘ravonlik deb atalib, uning jazoga tortilishiga kifoya qiladi. Hatto jamiyatdagi qadriyatlarni himoya qilish va LGBT harakatini qoralash ham nafrat jinoyati sanaladi va hokazo… Ushbu shartnomadan ko‘zlangan asosiy maqsad axloqsiz LGBT guruhini qonuniylashtirish o‘z-o‘zidan ma’lum bo‘lganligi uchun juda ko‘p insonlar, jumladan ziyolilarning tanqidiga uchradi. Natijada hukumat 6284-sonli qonunni nomigagina bekor qildi, amaldagi ijrosi esa hali ham davom etmoqda.
Ammo bu faktlar LGBT masalasida Erdog‘anning raqiblarini oqlash ma’nosini anglatmaydi. Chunki ular ham LGBTga yon bosishda Erdog‘andan o‘tsa, o‘tadiki, ortda qolmaydi. Bunday axloqsizliklarga barham beradigan boshqaruv tuzumi faqatgina Xalifalik davlatida mavjuddir. Shuning uchun musulmonlar 14-may saylovlari bilan chalg‘imasliklari yoki “ikki zararni yengilini tanlash” qoidasini o‘rinsiz ishlatishdan uzoq turishlari, aksincha, bularning barchasini chetga surib, Xalifalik davlatini tiklash uchun bor kuchlari bilan harakat olib borishlari lozim.
Zohid Zargar