Ramazon Hayiti tabrigi

171
0

Ramazon Hayiti tabrigi

Allohga hamdlar, Rosululloh sollalohu alayhi va sallamga, oila a’zolariga, sahobalariga va u zotni do‘st tutganlarga salomlar bo‘lsin

Qadrli Qirg‘iziston musulmonlari, Ramazon oyining har kuni iftorida o‘zgacha shodlik tuyg‘ularini boshdan kechirdingiz. Mana endi o‘sha shodliklarning samarasi o‘laroq, eng ulug‘ shodlik kuni – Alloh taolo bayram qilib bergan Iydul fitr kirib keldi. Barchangizni Ramazon hayit bayrami bilan tabriklaymiz

Alloh taolo O‘z rizoligi yo‘lida tutgan ro‘zalaringizni qabul qilib, ajrlarini ziyoda qilsin. Iftorliklar uyushtirgan sahiylarning savobini bir necha barobar qilib bersin. Alloh sizlarni Qadr tuni yaxshiliklariga erishganlardan qilsin. Uzrlilardan fidyalarini qabul qilib, fitr sadaqa va boshqa ehson qiluvchilarning savoblarini oxiratga zaxira qilsin. Tutgan ro‘zalaring Qiyomat kunida shafoat qilib, do‘zahdan qalqon bo‘lsin. Alloh sizlarga Rayyon jannatini nasib etsin.

Ha, bu kun – xursandchilik kuni. Bu kunda musulmonlar bir-birini tabriklashadi, ziyorat qilishadi, bayram tantanalarini uyushtirishadi, butun jamiyatda bayramona kayfiyat hukm suradi. Biroq, bu yil ham – o‘tgan yillardagidek – bayramona kayfiyatga soya solgan holat saqlanib qoldi. Bu holat – mana shu muqaddas va muborak kunlarda ayrim xolis musulmon yigit-qizlarimizni zolimlar zulmidan azob chekishayotganidir. Ular faqat “Robbim Alloh” degani, ya’ni, Alloh buyuriganidek yashaylik degani uchungina – kofirlar malaylari va ularning yugirdaklari tomonidan – “ekstremizm” tuhmati bilan zulmlarga duchor bo‘lishmoqda.

Ayniqsa, hokimiyat vakillari ayol iffatining namunasi bo‘lgan pokiza muslimalarimizga zulm qilishdan ham uyalmay qo‘yishdi, aksincha hatto, hujumlarni kuchaytirishmoqda. Bilganingizdek, harom bo‘lgan yangi yil, “sevishganlar kuni”, yoki 8-mart kabi kunlarda organ xodimlari mast-alast ayollardan kaltak yeb, so‘kishlarini eshitsa ham ularga gul tutib, uylariga kuzatib qo‘yishmoqda. Mana shunday bir davrda ro‘za va hayit kunlari bo‘lishiga qaramay ayrim xolis muslimalar haq da’vati uchun qamoqda o‘tirgan bo‘lsa, ayrimlari so‘roqdan-so‘rog‘ga chaqirilib, bosim ostida qolishmoqda.

Biz hukumatning munofiqligini ko‘rib turibmiz. Bir tomondan namoz o‘qiyotganini ko‘rsatadi, boshqa tomondan haqiqiy da’vatga qarshi kurashadi. Bir tomonda masjid qurilishiga oq fotiha beradi, ikkinchi tomonda xolis musulmonlarni qamog‘ga tashlaydi va hokazo. Shu o‘rinda beihtiyor, qiziqchilarning “bir qarasang imom, bir qarasang ivan” degan so‘zi yodga tushadi. Aslida, hukumatning shunday harakat qilishi tabiiy. Zero, hukumat tepasidagilarning hokimiyati ummatdan olingan islomiy hokimiyat emas. Ular hokimiyatni mustamlakachilardan olishgan va ularning zimmasida kapitalizmni saqlash, himoya va tatbiq qilish majburiyati bor (qimorxonalar ochilishi, davlatni soliqxo‘r davlatga aylanib borishi va boshqalar shunga kiradi). Shuning uchun ham ular – kapitalizmni saqlab qolish uchun – mustamlakachi kofirlarning Islomga qarshi kurashida xizmat qilib berishadi. Sababi, kaptalizmni qulatib, o‘rniga keladigan va butun dunyoga adolatni yoyaa oladigan yagona tuzum Islomdir! Alloh taolo aytadi:

يُرِيدُونَ لِيُطْفِؤُوا نُورَ اللَّهِ بِأَفْوَاهِهِمْ وَاللَّهُ مُتِمُّ نُورِهِ وَلَوْ كَرِهَ الْكَافِرُونَ * هُوَ الَّذِي أَرْسَلَ رَسُولَهُ بِالْهُدَى وَدِينِ الْحَقِّ لِيُظْهِرَهُ عَلَى الدِّينِ كُلِّهِ وَلَوْ كَرِهَ الْمُشْرِكُونَ

“Ular Allohning nurini og‘izlari (ya’ni, behuda gaplari) bilan o‘chirmoqchi bo‘ladilar. Alloh esa, garchi (kofirlar) xohlamaslar-da, faqat O‘z nurini to‘la (ya’ni, har tarafga) yoyishni istaydi. U (Alloh) O‘z rosulini hidoyat va haq din bilan – garchi mushriklar xohlamasalar-da – barcha dinlarga g‘olib qilish uchun yuborgan zotdir” [9:32-33].

 Shu bois, muborak Hayit kunida hukumatga va xalqimizga murojaat qilib, aytadigan so‘zimiz bor!

Ey hokimiyat egalari! Sizlar ham musulmon farzandisizlar. Qachongacha kofirlar dunyosi uchun o‘z oxiratinglarni kuydirishda davom etasizlar. Mana butun dunyo bosh berk ko‘chaga kirib qoldi. Hatto, kofirlarning o‘zlari kapitalizmdan bezor bo‘ldi. Sizlarga Islom da’vatiga kelib qo‘shilish vaqti kelmadimi?

Ey musulmonlar! Qachongacha mustamlakachi kofirlar va ularning malaylari yolg‘onlariga aldanib yurasizlar? O‘tgan yili o‘tkazilgan qurultoy yodingizdami! Unda qancha muamolar ko‘tarilmadi, ammo bu muammolar hozirga qadar hal etilmadi va hal etilmaydi ham. Bu muamolar turli qishloqlardan kelgan odamlar tomonidan aytildi. Biroq, bu delegatlarning birortasi ham “diniy ekstremizm” haqida og‘iz ochmadi. Chunki, xalq ichida ekstremizm degan muammo yo‘q, balki kapitalizm degan muammo bor. Ekstremizm bu mustamlakachi kofirlar o‘ylab topgan va malaylari unga moldek ergashayotgan bir cho‘pchakdir! Shu sababli, haqiqiy da’vatni ko‘tarib chiqayotgan farzandlaringizning solih amallariga eshiklaringizni oching va ularni yomonlarning yomonligidan asrang!

So‘zimiz yakunida sizlarni yana bir bor muborak hayit bayrami bilan tabriklaymiz.

Allohim hayit namozingizni va unda qilgan yaxshi niyatdagi duolaringizni qabul qilsin. Keyingi yilgi Ramazonni munosib kutib olishni, munosib ado etishni nasib etsin va din yo‘lida muvaffaqiyatlarga erishtirsin.

Hizb ut-Tahrir – Qirg‘iziston

21. 04. 2023

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.