Hayitinglar bir, davlatinglar ham bitta bo‘lishi kerak

213
0

Hayitinglar bir, davlatinglar ham bitta bo‘lishi kerak

Muborak Ramazon oyi ham nihoyasiga yetib, Allohdan umidvor ro‘za tutgan musulmonlar muborak Hayit bayramini kutishmoqda. Oyni ko‘rib ro‘za tutishni boshlagan bu musulmonlar endi oyni ko‘rib ramazon bayramini nishonlashmoqchi.

 Ammo, afsuski, musulmon yurtlarining kofirga malay hukumatlari – “Oyni ko‘rish” hukmiga qarshi – bu safar ham Hayit kunini oldindan belgilashga jur’at qildilar. Masalan, Qirg‘izistonda Hayit kuni 21-aprel qilib belgilandi. Shu munosabat bilan biz Hayitni oldindan belgilash amalini shar’iy va siyosiy jihatlariga oydinlik kiritmoqchimiz.

 Dastlab ushbu amalga taalluqli shar’iy jihatga e’tibor qaratamiz:

Shar’iy hukmga muvofiq, Ro‘za Ramazon oyi hilolini ko‘rish bilan boshlansa, uning yakunlanishi shavvol oyining hilolini ko‘rish bilan bo‘ladi. Ushbu ko‘rish guvohligi qabul qilinadigan ikki musulmon kishining o‘z ko‘zi bilan ko‘rishi orqali bo‘ladi. Demak, oyni kuzatmasdan va uni ko‘ringani yoki ko‘rinmagani shar’iy tasdig‘ini topmasdan turib Hayit kunini oldindan belgilab qo‘yish joiz emas. Shu sababli agar bu yil 20-aprelda oyni ko‘ringani shar’iy tasdig‘ini topsa, unda 21-aprel Ramazon hayiti kuni bo‘ladi. Agar oy ko‘rinmasa, unda 21-aprel Ramazonning 30-kuni hisoblanadi va bu kun og‘iz yopiq bo‘ladi. Bu biz sahih ijtihod deb suyangan Islomiy raydir. (Bunga Hizb ut-Tahrir amiri, ulug‘ olim Ato Abu Roshtaning rayini ilova qilamiz). Agar bundan boshqa sahih ijtihod bo‘lsa, u holda unga ergashgan odamlar uchun bu shar’iy hukm bo‘ladi va unga amal qilishdan mas’uldirlar. E’tiborga loyiq jihat, sahih Islomiy rayga asoslanmasdan turib astronomik hisoblarga tayangan yoki sahih ijtihodga asoslangmagan fatvolarga ergashgan odamlardan bu javobgarlik soqit bo‘lmaydi. Endi ixtilofli Islomiy raylarga keladigan bo‘lsak, ular musulmonlar o‘rtasida qarama-qarshilik paydo qilmasligi kerak. Va bu borada musulmonlar o‘rtasida hikmatli va chiroyli bahs olib borilishi kerak. Zero shariatning talabi shunday. Kutilayotgan Xalifalik davlati – musulmonlar birligi borasida – bunday ixtiloflarga chek qo‘yadi, in sha Alloh.

Demak, bu yil 21-aprelda og‘zilarini ochmoqchi bo‘layotganlar o‘z amallarini sahih ijtihoddan olishlari kerak. Ya’ni, qaysi mazhabdagi qanday ijtihodga yoki qaysi mujtahidning ijtihodiga suyanayotganlarini bilishlari kerak. Agar bunday bo‘lmasa shar’iy hukm bajarilmagan hisoblanadi. Biz tayangan sahih ijtihod bo‘yicha oyni ko‘ringani shar’iy tasdig‘ini topmasa, u holda oldindan belgilab qo‘yilgan vaqt bo‘yicha og‘izni ochib olish joiz emas. Shunday qilgan odamlar shu kunning qazosini tutib berishlari vojib bo‘ladi.

Agar oy ko‘rilgani shar’iy tasdig‘ini topmasa, sahih ijtihodga tayanmagan holda oldindan belgilangan vaqt bo‘yicha Hayit namozini o‘qish joiz emas, chunki, bu kun ro‘zador bo‘lishi kerak bo‘ladi. Besh vaqt namozning har birini ado etishni o‘z vaqti bo‘lgani kabi Hayit namozini ham ado etiladigan o‘z vaqti bor, bu vaqt Hayit kunidir. Masalan, siz vaqti kirmay turib peshin namozini o‘qib olmaysiz-ku.

Qirg‘iziston hukumati ibodatlarda Hanafiylik mazhabini ushlashini da’vo qiladi va darhaqiqat, Qirg‘iziston aholisining ko‘pchiligi ushbu mazhabga ergashuvchilar hisoblanadi. Hanafiy mazhabi bo‘yicha Hayit namozi kabi jamoat namozlarini ado etishda izni omm, ya’ni hukumatning umumiy ruxsati shart. Shu sababli, agar 21-aprel hayit kuni bo‘lmay qolsa hukumat darhol keyingi kuni hayit namozini ado etishga buyurishi vojib. Aks holda hukumat gunohkor bo‘ladi. Chunki, davlat qaysi sahih ijtihodga tayanganini e’lon qilgani yo‘q. (Boshqa mazhabdagilar hayit namozini o‘z mazhablari hukmiga muvofiq ado etishadi).

Agar davlat Hayit namozini vaqti kirmasdan, bir kun oldin o‘qishda qaysarlik qilib turib olsa, bu kuni namoz o‘qishga borilmaydi, chunki bu kun ro‘za kuni hisoblanadi. Shuningdek, davlat keyingi kun uchun umumiy ruxsat bermasa, unda odamlar zimmasidan Hayit namozini ado etish soqit bo‘ladi. Biroq, zimmamizdan soqit bo‘lar ekan deb yotib olish joiz emas, har bir odam o‘z imkoniyatidan kelib chiqqan holda davlatdan Hayit namozini o‘z vaqtida ado etilishini talab qilishi vojib.

 Endi Hayitni oldindan belgilashning siyosiy jihatlariga to‘xtalamiz:

 Yodingizda bo‘lsa, 2014-yili ham Ramazon hayiti davlat va muftiyot tomonidan oldindan belgilab qo‘yilgan edi. Allohning hikmati bilan o‘sha vaqtda ularning bu boradagi ayblari ochilib qolgandi. Shunda ular “bu siyosiy hayit bo‘ldi” deb, zimdan o‘z ayblariga iqror bo‘lishdi va bu voqea xalq xotirasida “siyosiy hayit” sifatida saqlanib qoldi. Aslida, nafaqat bu, balki har yilgi har bir hayit hech qachon “siyosat”dan holi bo‘lmagan. Guvohi bo‘lib turganizdek, musulmon o‘lkalarining har biri turli kunlarni belgilab oladi yoki har biri turli uslublar bilan aniqlaydi yoki bir nechtasi birlashib boshqalariga xilof tarzda belgilashadi… va hakazo.

 Agar chuqurroq nazar tashlasak, bu “siyosiy hayit”larning olamiy siyosatda, shuningdek, xalqaro siyosatda o‘ziga xos o‘rinlari borligini ko‘ramiz.

 Olamiy siyosat jihatidan qaralganda, dunyo bir necha asrlardan beri mustamlakachi kapitalizm zulmi ostida ezilib kelmoqda. Bu mustamlakachilar – faqat Islomgina mustamlakachi kapitalizmni qulatib, dunyoni uning zulmidan qutqarishini – juda yaxshi bilishadi. Shuning uchun olamiy siyosatni Islomga qarshi yo‘naltirishadi. Hayitlarni turli kunlarga belgilanishi kofirlarni Islomga qarshi kurashiga xizmat qiladi. Zero, musulmonlarning hayitni bir kunda nishonlashi ularni bu boradagi fikr va tuyg‘ularini birlashtiradi. Bu o‘z navbatida, musulmonlarning boshqa masalalarda hamjihatligiga hissa qo‘shadi va barcha musulmonlarning bir davlatda birlashishini yanada yaqinlashtiradi. Shu sababli, kofirlar hayitni turli kunlarda yoki turli uslublar bilan belgilanishidan manfaatdor.

 Hayitni oldindan belgilashni xalqaro siyosatga taalluqli jihatiga kelsak, bu musulmon hukmdorlarni qaysi xo‘jayinga, qay darajada qullik qilishiga bog‘liq. Masalan, Qirg‘izistonda Rossiyaning ta’siri kuchli bo‘lgan vaqtlarda unga ergashib belgilab keldi. Keyinchalik, Amerikaning turtkisi bilan Qozog‘iston va O‘zbekiston – Rossiya ta’sirini kamaytirishga xizmat qilgani uchun – hayitni Markaziy Osiyo davlatlari o‘zaro kelishib belgilaydigan bo‘lishdi va shunday qilishdi ham. Rossiyaning Ukrainadagi muvaffaqiyatsizliklari ortgan sari Markaziy Osiyo davlatlarining Rossiyadan bo‘yintovlashlari ham ortib bordi. Bunda ular ko‘proq Turkiyaning qo‘llob-quvvatlashiga tayanishayotgan edi (Turkiya orqasida ham Amerika turganiga ahamiyat bermadilar). Biroq, Turkiyada sodir bo‘lgan zilzila Markaziy Osiyo hukmdorlariga og‘ir zarba bo‘ldi. Ulardan ba’zilari ayrim masalalarda yana qayta Rossiyaga bosh urishga majbur bo‘lib qolishdi. Shu sababli ham bu yil Qozog‘iston va Qirg‘iziston hayitni belgilashda Rossiyaga ergashishga shoshildi. O‘zbekiston esa ulardan farqli pozitsiyani ushladi. O‘zbekiston “ulamolari”ning aytishicha, ular oyni kuzatish uchun butun dunyoga vakillarini jo‘natishibdi va muftiyot 20-aprelda hayitni e’lon qilishi xabar qilindi (qayd etib o‘tsak, ular ham oyni o‘z ko‘zlari bilan kuzatish borasida hech narsa aytgani yo‘q, shunday bo‘lsa-da yaxshi gumonda yaxshi xabardan umid qilib kutib qolamiz).

 Bulardan ko‘rinib turganidek, bizning hukumat tepasidagilarning hayitni belgilash manbasi – Shariat emas – balki kofir xo‘jayinlarining kayfiyati. Hozir xalqaro siyosatda yakkalanib borayotgan Rossiya musulmon davlatlarining e’tiborini jalb qilish uchun – Islomga yaxshi e’tibor berishini ta’kidlab – Ramazon 29 kundan yangilanishiga urg‘u berib qo‘ygandi, ayrim malaylar uning “topqirligiga” darrov yopishib olishdi. Ba’zilari esa shoshilmadi. Masalan, O‘zbekiston hukumati o‘zini darrov ergashib ketgandek ko‘rsatmay, salobatini saqlab turibdi. Birinchidan, u Rossiya mustamlakachiligidan birinchilardan bo‘lib ko‘proq bo‘yintovlagan va boshqa xo‘jayinlaridan najot izlagan hukumat hisoblanadi. Ikkinchidan, bu orqali xalqning ham ko‘nglini oladi. Masalan, konstitutsiyaviy islohot bo‘yicha referendum arafasida mamlakatda Islom diniga katta e’tibor qaratayotgandek ko‘rinadi.

 “Davlat dinga aralashmaydi” deb atalgan chalg‘ituvchi tushunchani tiqishtirayotgan mustamlakachilar va ularning malaylari dinga – hatto hayitni belgilashga qadar – mana shunday aralashishadi. Biroq, ko‘pincha ular parda ortida qolib, qo‘llaridagi “muftiyot” qurolini ishga solishadi. Bunga bugungi kunda ham guvoh bo‘lmoqdamiz.

 Bayonot berayotgan muftiyotlarning so‘zlariga e’tibor bersangiz, ularning barchasi astronomik hisoblarga tayanishayotganini ko‘rasiz. Bu o‘zi aslida mustamlakachi kofirlar tiqishtirgan narsa, buni esa bizning hokimlar xushomad qilib qabul qilib olishgan va buni xalqqa singdirishni muftiyotlarga tayinlashgan. Agar yaxshilab tekshirib ko‘rsangiz, ularning hech biri Islom uchun jon kuydirmayotganini ko‘rasiz. Hatto, muftiyotlar keltirayotgan shar’iy matnlar mana shu malaylikka parda tortishdan boshqa narsa emasligini, bu xo‘jayinlariga “shariatdan yo‘l topib berish” ekanligini ko‘rasiz. Masalan, bundan avvalgi yillarda Ramazon 29 kunda tugaganida Qirg‘iziston muftiyot xodimlari odamlarni 30 kun ro‘za tutdirish bilan band bo‘lishgan edi, u paytlarda ular hech qachon Ramazon 29 kunda yangilanishiga dalillar izlashgan emas, hatto, bunga qarshi sohta dalillarni keltirishgan. Bu yil esa ro‘zani 29 kun bo‘lishi borasida sohta dalillar keltirish bilan ovoralar.

 Yuqorida aytib o‘tilganlardan kelib chiqqan holda Qirg‘iziston musulmonlariga murojaat qilamiz:

 Ey hokimiyat egalari va muftiyot xodimlari, hayitni noto‘g‘ri belgilashning yuqorida keltirib o‘tilgan sabablarini ko‘rib turib ham barcha aholining mas’uliyatini zimmangizga oldinlar, Allohdan qo‘rqinglar! Mustamlakachi kofirlarning dunyosi uchun oxiratinglarni qurbon qilmanglar, buning evaziga siz istagan dunyo matolari esa eng arzimas narsalardir.

 Ey musulmonlar, Hayitni belgilash kabi hukmlarga zid ish tutishda – adashtiruvchilar gunohlaringizni siz bilan birga ko‘taramiz desalar ham – bu narsa sizlarni Allohning oldidagi javobgarlikdan soqit qilmaydi. Shu sababli sizlar bunday munkarlarni qaytarib, to‘g‘risiga ya’ni, shariatga ergashishingiz vojib. Buning uchun o‘z Islomingizni o‘rganib, to‘g‘ri amal qilishga harakat qilinglar. Shuningdek, kofirlar va ularning malaylari makr-hiylalarini yo‘q qilib, musulmonlar o‘rtasidagi ihtilofli masalalarga chek qo‘yib, barcha musulmonlar uchun Hayitni bir kun qilib belgilab beradigan Islom Davlatini barpo etish yo‘lidagi fikriy-siyosiy kurashga qo‘shilinglar!

 Ey musulmonlar, sizlarning Kitobingiz bir, Payg‘ambaringiz bir, qiblangiz bir, Alloh qabul qiladigan amallaringiz asosi ham bir, hatto, Haytingiz bir, demak boradigan yerimiz ham bir – jannat bo‘lishi uchun – davlatingiz ham bir bo‘lishi kerak.

 Qirg‘izistondagi Hizb ut-Tahrirning matbuot bo‘limi

04. 2023

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.