Imon keltirib, solih amallar qilgan zotlar uchun xushnudlik va go‘zal oqibat-jannat bordir

184
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

 الَّذِينَ آمَنُواْ وَعَمِلُواْ الصَّالِحَاتِ طُوبَى لَهُمْ وَحُسْنُ مَآبٍ 

«Imon keltirib, solih amallar qilgan zotlar uchun xushnudlik va go‘zal oqibat-jannat bordir»

Ummat dushmanlari musulmonlarni g‘arblashtirish va Ummat yoshlarini islomiy saqofatlaridan mahrum qilish yo‘lida turli uslub va vositalarni ishga solishdi… Ularning bitta maqsadlari qoldi. U ham bo‘lsa, uyg‘onishning har qanday turini yo‘q qilishdir. Ular musulmon yurtlarida his qilishayotgan ushbu uyg‘onishni nafaqat yo‘q qilish uchun, hatto haqiqiy uyg‘onishning alomatlari ham ko‘rinmasligi uchun jon-jahdlari bilan harakat qilishyapti. Chunki bu alomat o‘zlarining bugun bo‘lmasa, ertaga bo‘lajak muqarrar tugashlarining boshlanishi ekanini bilishadi.

Darhaqiqat, bu G‘arb saqofati hukmdorlarimiz yordami bilan musulmon Ummat yoshlaridagi kuch va energiyani zoyo ketkazdi. Shuningdek, ularning imkoniyatlarini bitirib, o‘zlarini aniq bir maqsadsiz adashib-tentirab yuradigan yoshlarga aylantirdi. Ummatlari masalalaridan g‘aflatda qolgan, o‘zlarining asl rollarini va dunyoga kelishlaridan ko‘zlangan g‘oyani bilmaydigan yoshlar bo‘lib yetishishdi… Vaholanki, dunyoga kelishlaridan ko‘zlangan g‘oya har bir ishlarida Alloh Taoloni rozi qilishdir hamda bu g‘oya qiyomat kunida savob olishdan umidvor har bir musulmon insonning ko‘zlagan baxt-saodatidir.

Shunday ekan, butun Islom Ummati, xususan yoshlarimiz shuni aniq bilishlari lozimki, inson baxtli bo‘lish uchun yurayotgan umumiy yo‘l insonni goh tashvishga solib, goho xursand qiladigan yo‘l bo‘lmasligi kerak, balki insonning xotirjamligi albatta to‘liq va samarali bo‘lishi lozim. Bu esa hargiz sog‘lom aqliy aqidasiz bo‘lmaydi. Chunki sog‘lom aqida eng katta tugunni to‘g‘ri shaklda yechadi hamda bu aqidadan yechimlar, ya’ni bir shodaga terilgan va Allohning rizosiga olib boradigan mutanosib shar’iy ahkomlar balqib chiqadi. Zotan, Alloh Taoloning ushbu kalomiga ko‘ra, baxt U zotning rizosidir:

الَّذِينَ آمَنُواْ وَعَمِلُواْ الصَّالِحَاتِ طُوبَى لَهُمْ وَحُسْنُ مَآبٍ

«Imon keltirib, solih amallar qilgan zotlar uchun xushnudlik va go‘zal oqibat-jannat bordir» [Ra’d 29]

Roya gazetasining 2023 yil 29 mart chorshanba kungi 436-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.