بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Xalqaro kurash va urushlar
(G‘arbning vahshiyligi hamda Islomning rahmati)
Ustoz Xolid Said
Hizb ut-Tahrirning muborak Falastin
zaminidagi matbuot bo‘limi a’zosi
Dunyo davlatlari o‘rtasidagi munosabat manfaat ustiga qurilgan. Shuning uchun davlatlar o‘zaro o‘rtalaridagi mushtarak manfaatga qarab bir-birlariga yaqin bo‘ladilar yoki raqib bo‘ladilar. Garchi ba’zan davlatlar bir-birlari bilan ittifoqchi, yaqin va do‘st bo‘lib ko‘rinsa-da, aslida, ular o‘rtasidagi tabiiy aloqa kurash ustiga qurilgan bo‘ladi. Xalqaro kurash bir necha qirra va ko‘rinishlarga, turli maydon va sahnalarga ega. Ko‘pincha bu kurash maxfiy, ko‘rinmas bo‘ladi, uni faqat diqqat bilan kuzatgan kishigina ko‘radi. Ammo kurash urushdan farq qiladi, garchi urush davlatlar o‘rtasidagi kurashni ifodalasa ham. Zero, urushda zo‘ravonlik va shafqatsizlik ochiq ko‘rinib turadi.
Bugungi kunda dunyoda to‘liq kapitalizm hukmron. Hatto Xitoy va Rossiya kabi sotsializmga aloqador davlatlarda ham hozirda sotsializmning nomi qolgan, xolos. Chunki bu davlatda sotsializmning ta’siri yo‘q. Ularning siyosiy va iqtisodiy tizimlari va xalqaro munosabatlari ham kapitalistik sistemaga moslashib qolgan. Voqea-hodisalarni kuzatadigan bo‘lsak, dunyo bo‘ylab turli davlatlar o‘rtasida turli sohada kurashlarni guvohi bo‘lamiz. Masalan, xalqaro savdo, texnologiya, energetika, shartnoma va ittifoqlar hamda har turdi siyosiy faoliyatlar sohasida. Bulardan biri AQSH-Xitoy kurashi bo‘lib, siyosiy maqsadlarga xizmat qilish uchun bu kurash iqtisodiy, texnik va harbiy xarakterga ega. Amerika bu kurashda Xitoyni o‘z devorlari ortidan bu yoqqa chiqarmay ushlab turishga urinyapti. U Xitoyning mintaqaviy kuch bo‘lish bilangina kifoyalanishini xohlayapti. Ya’ni Xitoyning xalqaro maydonga chiqib, AQSHga o‘z ta’sirini o‘tkazishiga va dunyo taxti uchun u bilan raqobatlashishiga yo‘l qo‘ymaslikka harakat qilyapti. Chunki Qo‘shma Shtatlar o‘zini dunyoning birinchi davlati deb biladi, hech bir kuchning undan bu o‘rinni tortib olishini istamaydi.
Xalqaro kurash, kapitalistik G‘arbning o‘zida ham kuzatilmoqda. Bu kurashda Amerika Ikkinchi jahon urushidan beri Yevropa ustidan gegemonlik qilishda hamda Yevropaning – xoh birlashgan holda bo‘lsin, xoh tarqoq holda – qayta dunyoga yirik kuch sifatida qaytishini oldini olishda qat’iy turibdi. Darvoqe, Amerika Yevropa Ittifoqi g‘oyasini barbod qilishga harakat qilib, uning mazmun-mohiyatini faqat iqtisodiy va tijoriy ko‘rinishga cheklab qo‘ydi. Yevropa esa, o‘zi uchun mustaqil harbiy kuch paydo qilishni hamda AQSHning NATO misolidagi changalidan qutulishni haligacha uddasidan chiqolmayapti. Zero, bu NATOning roli o‘tgan asrning oltmishinchi yillaridagi sovuq urush paytida faollashdi. Lekin Sovet Ittifoqi parchalanishi bilan bu rol o‘zining mavjudligiga biror bir oqlov topa olmay qoldi. 1992-1995 yilga kelib esa, Bosniya va Gersegovina bo‘hronida hamda 1998-1999 yildagi Kosovo urushi paytida bu rolga qayta jon kirdi… Mana, bugun esa, biz Amerikaning Rossiya bilan bo‘lgan kurashini qanday idora qilayotganini, Ukraina uning vakili sifatida urushga sho‘mg‘iganini yaqqol ko‘rib turibmiz. Amerikaning maqsadi Rossiyaning xalqaro maydonga qaytish va unga ta’sirini o‘tkazish hamda Sovet Ittifoqi davrida bo‘lgani kabi birinchi davlat maqomi uchun raqobat qilish orzusini chilparchin qilishdir. Ukrainada yuz bergan bu urushning shiddatliligi hamda 2022 yil fevralda urush boshlangandan beri Amerika Rossiyani botqoqqa botirish uchun qo‘llab kelayotgan siyosatidan shu narsa ko‘rinyaptiki, aftidan, Amerika Rossiyani hatto mintaqaviy kuch sifatida ham sindirmoqchi bo‘lyapti. Masalan, Ukraina krizisining o‘zida Amerika bir o‘q bilan ikki qushni urmoqchi: Ham Rossiyani sindirib, xalqaro maydondan chiqarib tashlash, ham Yevropani o‘zining gegemonligiga tiz cho‘ktirib, o‘z hukmronligini mustahkamlash. Buni tarixdagi Rossiya-Yevropa kurashidan foydalanib, Rossiyaning g‘azabi va vahshiyligidan Yevropada qo‘rquv paydo qilish orqali amalga oshirmoqchi.
Olam boshdan kechirayotgan voqea-hodisalar turli davlatlar o‘rtasidagi bu kurashning naqadar vahshiy va qonxo‘rligini ko‘rsatayotgan ekan, bu voqea-hodisalarga to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsak, quyidagilarga guvoh bo‘lamiz: davlatlar o‘z manfaatlari yo‘lida eng yomon uslublarni qo‘llamoqda hamda eng shiddatli qurollardan foydalanmoqda. Ular insoniyat tugul hatto dov-daraxtning hayotiga ham parvo qilmay, azbaroyi o‘zining maqsad va manfaatlarini ro‘yobga chiqarish yo‘lida butun xalqlarni qatli om qilishga ham, shahar va qishloqlarni Yer xaritasidan o‘chirib tashlashga ham tayyordirlar. Bunga ikki marta bo‘lgan Jahon urushlari guvoh. Birinchi jahon urushida harbiylar va fuqarolar doxil qurbon bo‘lganlar soni 21 millionga yetgan bo‘lsa, Ikkinchi jahon urushida qurbon bo‘lganlar soni 60 millionga yetdi. Yevropaning ikki Amerikaga qilgan bosqinchiligidagi qurbonlar 140 millionga yetgan. Amerikaning Afg‘onistonga urushi ikki milliondan ziyod insonni, Iroqqa qilgan urushi bir milliondan ziyod insonni halok qildi. Bu kabi hodisalar va bu darajadagi qurbonlar soni dunyo davlatlarining terrorchi davlat ekanliklarini, ular qabul qilgan mabda-sistema va fikrlarning botilligini, dunyo yetakchiligini ularga aslo topshirib qo‘yib bo‘lmasligini, dunyoni tinchlik, omonlik va barqarorlik qirg‘og‘iga olib chiqishga ularning hargiz loyiq emasliklarini fosh etmoqda. Bu yetakchilar mabodo mag‘lubiyatga uchraydigan bo‘lishsa, yadro quroli yordamida dunyoni yer bilan yakson etishlari bilan tahdid qilishayotganini eshita turib, dunyo qanday qilib o‘z kelajagidan xotirjam bo‘lishi mumkin?! Ana Putin va ko‘plab rossiyalik rahbarlar «Rossiya yo‘q bo‘lsa, dunyo ham yo‘q bo‘ladi», deb aytmadimi?! Ularning muqobili o‘laroq, Amerika ham ayni jinoyatni sodir etishga tayyor va buning ajablanarli yeri yo‘q. Chunki atom bombasini Yaponiyaning Xirosima va Nagasaki shaharlariga tashlagan shu Amerika bo‘ladi!
Bugun olam dahshat va qo‘rquv ostida yashamoqda. Insoniyat bu davlatlarning ochko‘zligi qurboniga aylandi. Davlatlar har narsani o‘zlarini halol qilib olib, har qanday muqaddas dargohni poymol qilishyapti. Ular na qadriyat, na axloq, na prinsip va na o‘lchovni bilishyapti. Bilgan narsalari faqat o‘zlarining razil manfaatlari va yovuz maqsadlarini amalga oshirish, xolos. Bugungi kunda insoniyatning boshi garang, yo‘lini yo‘qotgan, qanday taqdir kutayotganini bilmaydi! Ammo Islom esa, yolg‘iz ugina insoniyatni zalolat va fanodan qutqarishga, uning qo‘lidan tutib, tinch, xotirjam va barqaror hayotga olib chiqishga qodir. U o‘z ahkomlarini o‘zining fuqarolariga, ularning dini, irqi, jinsi va rangidan qat’iy nazar, barchalariga teng tatbiq qilishni davlatga buyurgan. Shuningdek, Islomni butun olamga hidoyat, rahmat va nur sifatida olib chiqishni ham amr etgan.
Islomda siyosat bilan shar’iy ahkomlar, degan e’tiborda davlat, shaxs va hizblar shug‘ullanadi. Siyosatga G‘arbdagi Makiavellicha «mumkinotlar fani» deb ham, yoki «maqsad vositani oqlaydi» qoidasi asosida ham qaralmaydi. Islom davlati o‘zi tuzgan ittifoq va shartnomalarga – agar raqibi vafo qilsa – sodiq qolib, vafo qiladi. Armiyasini harakatga keltirganda ham, Alloh yo‘lidagi jihod uchun harakatga keltiradi hamda Allohning da’vatini bitta yagona maqsadni ko‘zlagan holda yetkazadi. Ushbu maqsad Robe’ ibn Omir roziyallohu anhuning Fors qo‘mondoni Rustamga «Alloh bizni o‘zi xohlagan bandalarini bandalarga ibodat qilishdan Alloh Taologa ibodat qilishga, dunyo torligidan oxirat kengligiga, dinlar zulmidan Islom adolatiga chiqarish uchun yubordi», deb aytgan gapida gavdalanadi. Ya’ni Islom davlati mustamlakachi emas, fath etuvchi davlatdir. Shuning uchun biz ushbu davlatimizni Iroq, Shom, Misr yerlarining unumdorligi bilan Shimoliy Afrikaning sahro va dashtligi o‘rtasini farqlamaganiga guvoh bo‘lganmiz. Tarix mo‘minlar amirining hatto hayvonlarga ham g‘amxo‘rlik qilib, «Agar bitta xachir Iroq yerida qoqilib yiqilsa, bunga ham Allohning oldida javobgar bo‘lishdan qo‘rqaman», degan so‘zlariga guvohlik bermoqda. Yana bir amirimizning bulutlarga qarab, «Istagan yeringga yomg‘ir yog‘dir, xirojing menga keladi», degan so‘zlariga ham, boshqa bir amirimizning qushlar musulmon yurtlari ustidan uchib o‘tayotib, och qoldim, demasin uchun tog‘larga donlar septirganiga ham tarix guvohdir!
Jihod ahkomlariga kelsak, bu yerda urushlarimizdagi axloqni birma-bir keltirishimizning o‘rni emas. Balki shar’an jihod moddiy to‘siqni olib tashlash uchun qilingan jihod ekanini bilsak, kifoya. Bu moddiy to‘siqlar Islomni insonlarga xiralashtirish va obro‘sizlantirishdan xoli sof toza holda, aniq-tiniq yetkazilishi oldidagi to‘siqlar bo‘lib, kofir davlatlardagi mavjud rejimlar tomonidan qo‘yiladi. Shu sababdan shar’an biz insonlar oldiga uchta variantni qo‘yamiz: Birinchi, Islomni qabul qilish. Agar uni qabul qilsalar bizning og‘a-inilarimizga aylanib, huquq va vazifalarda biz bilan barobar bo‘ladilar. Ikkinchi, o‘z dinlarida qolish. Agar o‘z dinlarida qolishni tanlasalar, Islom davlati boshqaruviga bo‘ysunadilar va himoya, mudofaa evaziga jizya to‘laydilar. Ammo o‘rtada urushni tanlasalar, g‘alaba g‘olibniki bo‘ladi. Biz urushga kirsak, ulug‘vorlik va mardlik pozitsiyasida turamiz. Qarilarni, ayollarni va bolalarni o‘ldirmaymiz, dov-daraxtlarni yoqmaymiz, faqat qarshimizga qurol bilan chiqqanlarni o‘ldiramiz. Urushga biz Rosululloh ﷺning
«فَوَاللَّهِ لِأنْ يَهْدِيَ اللَّهُ بِكَ رَجُلاً وَاحِدًا خَيْرٌ لَكَ مِنْ حُمْرِ النَّعَمِ»
«Allohga qasamki, U zot sen sababli bir kishini hidoyat qilishi, sen uchun qizil tuyani qo‘lga kiritishingdan ham yaxshiroqdir», degan so‘zlariga itoat qilgan holda kiramiz. Hatto dushman askarlari ham – xuddi ba’zi mo‘g‘il askarlari kabi – dinimizni qabul qilib, Islom askariga aylangan hollari ham bo‘lgan. Ba’zi xalq va ummatlar boshqa boshqaruvga rozi bo‘lmay, adolat va rahmdil deya Islom boshqaruvini talab qilgan.
Tarix Islom hamda uning davlati fazilatlarining barchasini qayd etib berishdan ojiz. Biz bu haqiqatlarni o‘zimizning kuch-qudrat va ulug‘vorlikka burkangan zamonlarimizdan xotirlab bilamiz. Bugun yuraklarimiz g‘amdan ezilayotgan va har yilning rajab oyida Xalifalik davlatimizning ag‘darilganini alam ila xotirlayotgan ekanmiz, butun dunyo kapitalizm va uning zulmidan shikoyat qilmoqda. Bas, shunday ekan, keling Payg‘ambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalik davlatini barpo etish uchun Hizb ut-Tahrir bilan birga harakat qilishga shoshilaylik va shu orqali ham o‘zimizni, ham butun bashariyatni bunday vahshiy urushlardan qutqarib, olam boshdan kechirayotgan tang-baxtsizlikka yakun yasaylik!
Roya gazetasining 2023 yil 8 fevral chorshanba kungi 429-sonidan