Zilzila qurbonlarining soni 72 mingdan ortishi taxmin qilinmoqda
Turkiyada yuz bergan zilzila masalasida Turkiya vazirlar mahkamasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Turkiya prezidenti Rajab Tayyib Erdo‘g‘an yig‘ilishdan so‘ng bergan bayonotida zilzila oqibatida qurbonlar soni 35418 nafarga, jarohatlanganlar soni esa 105505 nafarga yetganini jamoatchilikka ma’lum qildi. Turkiya korxonalar va tadbirkorlik konfederatsiyasi (TÜRKONFED) hisobotiga ko‘ra, qurbonlar soni 72 mingdan ortishi taxmin qilinmoqda.
Izoh: Darhaqiqat Turkiyada yuzaga kelgan zilzila o‘ta ulkan talofatlarga sabab bo‘ldi. Ushbu zilzilada vafot etgan mo‘min-musulmonlarni Alloh rahmatiga olsin, jarohat olganlarga tez kunlarda komil shifo ato etsin.
Ammo vaziyatga boshqa jihatdan nazar tashlaydigan bo‘lsak, ushbu holat nafaqat Turkiyadagi musulmonlar, balki butun dunyo musulmonlarining bir tanu-bir jon ekanligini va har qanday holatda birlashib ketishi mumkinligini yana bir bor isbotladi. Ya’ni, zilzila bo‘lgan hududdagi xalqlarga Turkiyaning o‘zidan va ko‘plab Islom davlatlaridan yordam jo‘natish hamda vayronalar ostida qolgan insonlarni qutkarish uchun moddiy va ma’naviy kuchlarini sarflagan musulmonlar buyuk birdamlik namunasini ko‘rsatishdi. Bunga go‘zal misollar shunchalik ko‘pki, ularni sanab adog‘iga yetib bo‘lmaydi. Qo‘lida hech narsa bo‘lmagani uchun yolg‘iz sigirini sotib yordam jo‘natgan onaxonlar, zilziladan jabrlanganlar sovuqda qolmasligi uchun cho‘ntagiga qo‘lqop solib, to‘nlarini berib yuborgan otaxonlar, millionlagan dollarlarini berib, izsiz g‘oyib bo‘lgan xolis musulmonlar, do‘konlariga qulf osib, uyidagi tok ishlab chiqaruvchi generator va belkuraklarini moshinasiga yuklab yo‘lga otlangan savdogarlar, vayronalar ostida qolgan musulmonlarni qutqarish uchun o‘ta xavfli bo‘lishiga qaramay, o‘z jonini xatarga qo‘ygan ko‘ngilli qutqaruvchilar… va hokazo ta’riflashga til ojiz bo‘lgan ko‘plab misollar keltirish mumkin. E’tbor qaratmagan hech bir Islomiy o‘lka qolmadi. Hatto yashashga qiynalib turgan Afg‘oniston va Arakandagi musulmonlar ham bor yo‘g‘ini to‘plab yuborishga kirishdi.
Xullas, bu hamjihatlik Alloh Taoloning إِنَّمَا الْمُؤْمِنُونَ إِخْوَةٌ “Mo‘minlar hech shak-shubhasiz og‘a-inilardir”, oyati va Rosululloh ﷺning:
«تَرَى الْمُؤْمِنِينَ فِي تَرَاحُمِهِمْ وَتَوَادِّهِمْ وَتَعَاطُفِهِمْ كَمَثَلِ الْجَسَدِ، إِذَا اشْتَكَى عُضْو تَدَاعَى لَهُ سَائِرُ جَسَدِهِ بِالسَّهَرِ وَالْحُمَّى»
“Siz mo‘minlarni bir-birlariga rahm shafqat, mehr muhabbat va do‘stlik ko‘rsatishlarida xuddi bir jasadga o‘xshaydiki agar uning bir a’zosi shikoyat qilsa qolgan a’zolar isitma va bedorlik bilan bir-birlarini unga chaqirayotganini ko‘rasiz”, degan hadisi sharifi Islom Ummatining qon-qoniga naqadar singib ketganligini qat’iy tarzda isbotladi. Ularning qalbida birdamlik uchquni hali ham so‘nmaganligini butun dunyoga namoyon qildi.
Boshqa hazoratlarda aslo topilmaydigan ushbu birdamlik va o‘zaro hamjihatlik Xalifalik davlati qulatilgan va uning o‘rnini mustamlakachi kofirlarga tobe davlatchalar egallagan hamda musulmonlar uzoq yillar davomida Islomdan uzoqlashtirilib, Islom ahkomlari o‘rniga ilmoniylik, demokratiya hukmlari tatbiq qilinayotgan bir paytda sodir bo‘lmoqda. Biroq shuni unutmaslik kerakki, agar musulmonlar bitta Halifalik davlatida birlashmasa, yuqoridagi birdamlik – ko‘zlarni qanchalar quvontirmasin – uzoq davom etmaydi. Musulmonlar birdamligining birdan-bir kafolati ularni yagona bayroq ostiga birlashtiradigan Halifalik davlatidir. Shunday ekan, musulmonlar butun Islom Ummatini birlashtiradigan Xalifalik davlatini tiklashlari va buning uchun har bir fursatni g‘animat bilishlari lozim.
Zohid Zargar