Hizb ut-Tahrir – Sudan viloyati narkotiklarga qarshi kurash kampaniyasini boshladi

127
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Hizb ut-Tahrir – Sudan viloyati narkotiklarga qarshi kurash kampaniyasini boshladi

Hizb ut-Tahrir markaziy matbuot bo‘limining Sudan viloyatidagi vakilining ma’lum qilishicha, Hizb ut-Tahrir – Sudan viloyati narkotiklarga qarshi kurash kampaniyasini boshlash uchun (hijriy 1444 yil 29 jumodussoniy, milodiy 2023 yil 23 yanvar yakshanba kuni) Suna axborot agentligida matbuot konferensiyasi o‘tkazdi.

«Hizb ut-Tahrir – Sudan viloyati narkotiklarga qarshi kampaniyasini boshladi» nomli matbuot anjumanida Hizb ut-Tahrirning Sudandagi rasmiy notig‘i ustoz Ibrohim Usmon Abu Xalil bilan Hizb ut-Tahrir a’zosi doktor Muhammad Abdurahmon ma’ruza qildilar.

Doktor Muhammad Abdurahmon o‘z ma’ruzasida narkotik moddalarning qanday qilib ishlab chiqarilib, tarqatilayotganligi, ularning jamiyat va shaxslarga naqadar xavfliligi, dastlab Sudanga 2013 yildan oldin kontrabanda qilinib kichik miqdorda olib kirilgani, keyin yurtning aeroportlari va portlari orqali tonnalab yirik miqdorda konteynerlar orqali olib kiriladigan bo‘lib qolganligi, bundan hukumatning ham xabari borligi haqida gapirdi. Shuningdek, siyosiy, xavfsizlik va iqtisodiy bo‘shliq oqibatida vaziyatning yomonlashishi narkotik moddalarning yoyilishiga hissa qo‘shgani, avvalgi rejim ortidan yangi hukumatlarning bu masalaga panja orasidan qaraganligi esa, uning keng tarqalishini osonlashtirib, bozori chaqqon tovarga aylantirgani haqida ham so‘z yuritdi.

Ustoz Abu Xalilga esa, quyidagilarni ta’kidladi:

«Aql inson uchun juda muhim. Alloh insonni aql bilan mukarram qilgan bo‘lib, Islomda aql saqlanishi va avaylanishi lozim bo‘lgan jamiyatning oliy maqsadlaridan biri hisoblanadi. Sudanni narkotik moddalarga g‘arq qilish zamonaviy siyosiy urushlardagi samarali qurollardan biri hisoblanib, bu narsa to‘rtinchi yoki beshinchi avlod urushlari doirasiga kiradi. Haqiqatda, bu urushda dushman dushmanni ichkaridan yiqitishni, uning davlatini o‘ziga bo‘ysundirishni va irodasini o‘g‘irlashni ko‘zlagan. Bunday xatarli urush harbiylarning o‘zini emas, balki butun jamiyatni nishonga olgan. Shu bilan birga, G‘arbning zahriqotil fikrlari ham qirg‘inbarot qurol jihatidan narkotik moddalardan qolishmaydi va u avvalo din va davlatga ega bo‘lgan buyuk Islomni hamda fuqarolarning fikr va saqofatlarini nishonga olgan. Folkerning Sudanga hukmdor bo‘lib olishi, G‘arb elchixonalari va xalqaro tashkilotlarning mamlakatni o‘z tomorqalariga aylantirib olishlari, mustamlakachi o‘rnatgan fuqarolik jamiyati tashkilotlarining faoliyat qilishlari, miyalarga demokratik, ilmoniylik va fuqarolik fikrlarining joylanishi, xotin-qizlarni g‘arblashtirish va yoshlarni buzishga urinish… bularning barchasi jamiyatning himoya devorini yiqitib, barcha narsani halol qilib olishga va vayron etishga olib kelmoqda».

Ustoz Abu Xalil narkotik moddalarni yo‘q qilish uchun Hizb yetakchilik qilayotgan ushbu yirik kampaniyani «Narkotik moddalar urushida biz Xalifalik bilan g‘olib kelamiz», deya nomladi va insha Alloh, bu kampaniyaning ulug‘ Rajab oyi mobaynida davom etishini ta’kidlab, bunday dedi:

«Ushbu kampaniyamiz yoshlarga qaratilgan bo‘lib, to‘planadigan joylarda, jamoat joylarida, yig‘ilish va forumlarda, mahalla va ko‘chalarda, seminarlarda, juma xutbalarida, ma’ruza va nutqlarda, shuningdek disklar, plakatlar va boshqa vositalarda asosan yoshlarga e’tibor qaratganmiz. Shubhasiz, Islom Ummati narkotik moddalar va boshqa dushman ustidan haqiqiy g‘alabaga faqat Islom davlati bilan erishadi. Yolg‘iz Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlatigina himoyachi va qalqondir. Zero, Rosululloh ﷺ bunday deganlar:

«الْإِمَامُ جُنَّةٌ يُقَاتَلُ مِنْ وَرَائِهِ وَيُتَّقَى بِهِ»

«Imom-xalifa qalqondir, uning ortida turib jang qilinadi va u bilan himoyalaniladi»».

Ustoz o‘zining so‘zini «Narkotik moddalar urushida biz Xalifalik bilan g‘olib kelamiz», degan shior bilan tamomladi.

Anjumanning o‘zaro muloqot bo‘limida ko‘plab ommaviy axborot vositalari xodimlari va jamoat ishlariga qiziquvchi kishilar ishtirok etib, o‘zlarining yaxshi munosabatlarini bildirdilar hamda odamlarning taqdiriy masalalariga nisbatan Hizbning doimiy va odatiy g‘amxo‘r munosabatini yuksak baholadilar.

Roya gazetasining 2022 yil 1 fevral chorshanba kungi 428-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.