Arab  Valyuta Fondi sudxo‘rlik kreditlar bilan Yaman iqtisodiyotini vayron qilmoqda

165
0

Arab  Valyuta Fondi sudxo‘rlik kreditlar bilan Yaman iqtisodiyotini vayron qilmoqda

Yaman axborot agentligi xabariga ko‘ra, 2022 yil 27 noyabr yakshanba kuni Yaman bosh vaziri Main Abdulmalik hukumati iqtisodiy, moliyaviy va keng qamrovli pul-kredit islohoti dasturini qo‘llab-quvvatlash uchun Arab  Valyuta Fondi bilan bir milliard dollar miqdorida shartnoma imzoladi. Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklari tomonidan qo‘llab-quvvatlangan ushbu dastur 2022 yildan 2025 yilgacha bo‘lgan davrni qamrab oladi. O‘tgan hafta mobaynida Adan misli ko‘rilmagan xalqaro yordam markaziga aylandi. Masalan, Xalqaro Valyuta Fondi hukumatga ayni fondning maxsus qarz olish huquqidan 300 million dollar ajratgan bo‘lsa, uning ortidan Oli Zoyid bir milliard ikki yuz million dirham (710.332 million dollar) ajratdi. Arab  valyuta Fondi ham ma’lum shartnoma doirasida Yaman hukumatiga 200 million dollar kredit ajratganini e’lon qildi. Shartnomaga ko‘ra, ayni fond tomonidan Adan hukumatiga bir milliard dollarlik kredit ajratiladi. Umuman olganda, hukumat bor-yo‘g‘i o‘n kun ichida 833 million dollarga teng yirik miqdorda kredit oqimini qo‘lga kiritdi. Halokat qurboni bo‘lgan davlatlardan birortasi ham bunday qisqa vaqt ichida bunchalik kreditni qo‘lga kirita olgan emas.

Arab Valyuta Fondining Yamanga kredit berishi yangilik emas. 2013 yilda Yaman bilan ayni fond o‘rtasida 57 million dollarlik kredit imzolangan va uning ikkinchi va oxirgi qismini Yamanga topshirish bo‘yicha kelishuvga erishilgan. Keyin 2014 yil 168 million dollar miqdorda kredit shartnomasi tuzildi. Xo‘sh, Arab Valyuta Fondi, Xalqaro Valyuta Fondi va Jahon Banki o‘rtasida qanday farq bor?!

Jahon Banki 1995 yildan boshlab shu kungacha «moliyaviy va ma’muriy islohot» nomi ostida Yaman iqtisodiyotini vayron qilish dasturini olib bormoqda. Bu vaqt mobaynida Yaman aholisi orasida qashshoqlik va muhtojlik hayotini bir necha barobarga oshirish uchun neft mahsulotlari va bug‘doydan davlat subsidiyasi olib tashlandi. Shuningdek, yuzlab g‘azna veksellarining muomalaga chiqarilishi davlat g‘aznachiligiga yirik qarzlar yukladi. Ma’lum bo‘lishicha, bu veksellar g‘aznachilikni naqd pul likvidligi bilan ta’minlash bo‘yicha o‘z maqsadlarini amalga oshira olmagan. Bugungi kunda g‘aznachilik ancha katta qarz ostida qolgan. Riyolning dollarga nisbatan qadrsizlanishi to‘xtamay, muttasil davom etyapti. Inflyatsiya pasayish o‘rniga qayta-qayta o‘sishni odat qildi. Xalqaro Valyuta Fondi bilan Jahon Banki amalga oshirgan shuncha vayronagarchiliklar yetmagandek, endi yurtni butunlay xonavayron qilishi va aholini qul qilishi uchun Arab Valyuta Fondiga yuz burishlari bu siyosatchilar uchun sharmandalikdir!

Yaman va boshqa musulmon yurtlaridagi iqtisodiy muammolar Allohga qarshi urush e’lon qilish bilan hamda U zot qattiq man qilgan narsalarini amalga oshirish bilan hal bo‘lmaydi. Chunki Alloh Subhanahu va Taolo aytadi:

﴿يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا اتَّقُوا اللهَ وَذَرُوا مَا بَقِيَ مِنَ الرِّبَا إِنْ كُنْتُمْ مُؤْمِنِينَ  فَإِنْ لَمْ تَفْعَلُوا فَأْذَنُوا بِحَرْبٍ مِنَ اللهِ وَرَسُولِهِ﴾

«Ey mo‘minlar, Allohdan qo‘rqing va agar chindan mo‘min bo‘lsangiz, sudxo‘rlik sarqitlarini tark qiling. Endi agar (tark) qilmasangiz, u holda Alloh va Rosuli tomonidan bo‘lgan urushni bilib qo‘ying!»            [Baqara 278]

Aksincha, bu muammolar Islom shariatini, jumladan, Islomdagi iqtisod nizomini tatbiq qilish bilan yechiladi. Ushbu nizomga ko‘ra, tijorat, mol, rikoz zakoti, xiroj va ushr kabi Baytulmolning kirimlari hamda neft, gaz va boshqa omma boyliklari va o‘ljalar Alloh belgilab bergan jihatlarga sarflanadi. Bundan tashqari, siyosat, ijtimo, davlat siyosati va maorif kabi boshqa hayotiy muammolar ham Xalifalik davlati soyasida hal qilinadi. Ushbu Xalifalikda bizning va butun olamning muammolari uchun real to‘g‘ri yechimlar mavjud.

Hizb ut-Tahrirning Yaman

viloyatidagi matbuot bo‘limi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.