Siyosiy faoliyat shar’iy farz va hayotiy zaruratdir

171
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Siyosiy faoliyat shar’iy farz va hayotiy zaruratdir

Bugungi kunda siyosiy maydonni korrupsionerlarga berib qo‘yilsa bo‘laveradi, aqliraso insonlar siyosatdan nari yursalar, hayot tinch davom etadi, degan xayol katta aldovdan boshqa narsa emasligi hech kimga hammaga sir emas. Axir, bu xayolning to‘lovi bizga juda qimmatga tushmoqda! Chunki qachon (uy-joy, oziq-ovqat, ta’lim, transport, sog‘liqni saqlash… kabi) turmushning oddiy asosiy ehtiyojlari ham monopoliyaga aylanib, unga yetishayotgan insonlar jamiyatning atigi o‘n foizini tashkil qilayotganini bilsak, naqadar bizni aldashayotganini anglab yetamiz. O‘z farzandlarining aql va axloqlarini saqlab qolish oilalarimizga naqadar og‘ir bo‘layotgan bir paytda, vaziyat g‘oyat murakkab ekanini tushunib turibmiz.

Qashshoqlik hammaga bostirib kelib, buzish hammani nishonga olganligi va krizislar tog‘i hammaning yelkasini ezib tashlab, barchamizni chor-atrofdan siqishtirayotganligi har birimizni atrofimizdagi ishlar to‘g‘risida jiddiy fikrlashga undamoqda. Masalan, atrofimizdagi mavjud iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy tuzumlar, birlamchi vazifalar, ichki va tashqi munosabatlarga asos bo‘lishi kerak bo‘lgan omillar, adliya, jazo qo‘llash, ta’lim, axborot, siyosatchilarni saylash… bularning har biri haqida astoydil fikrlash kerak bo‘lyapti.

Har bir odamdan mufakkir va tadqiqotchi bo‘lish talab qilinmaydi, biroq, har bir inson mavjud vaziyatga norozi bo‘lishi va vaziyatni shu ahvolga keltirgan jinoyatkor korrupsionerlarga qarshi darhol qo‘zg‘alishi shart. Har bir kishi ularni bir og‘iz so‘z bilan bo‘lsa ham qo‘llab-quvvatlamasin, balki foydali yechim berishga qodir, deya qidirayotgan xolis insonlarni topib, o‘shalar atrofiga birlashsin. Rosululloh ﷺ bunday marhamat qilganlar:

«إِذَا عُمِلَتْ الْخَطِيئَةُ فِي الْأَرْضِ، كَانَ مَنْ شَهِدَهَا فَكَرِهَهَا كَمَنْ غَابَ عَنْهَا، وَمَنْ غَابَ عَنْهَا فَرَضِيَهَا كَانَ كَمَنْ شَهِدَهَا»

«Agar yer yuzida munkar ishlarga amal qilinayotgan bo‘lsayu, bir kishi o‘sha munkarda hozir bo‘lib, uni yomon ko‘rgan (inkor etgan) bo‘lsa, xuddi o‘sha munkarda mavjud bo‘lmagan kishidek bo‘ladi. Ammo kimda kim o‘sha munkarda mavjud bo‘lmasa-yu, ammo o‘sha munkar ishlarga rozi bo‘lsa, bas, u o‘sha munkarda hozir bo‘lgan kishilar kabi bo‘ladi». (Abu Dovud rivoyati).

Ha, Islom bizga siyosat insonlar ishlariga g‘amxo‘rlik qilish, ularga xizmat qilib, ishlarini bedorlik bilan boshqarish ekanini o‘rgatdi. Hech shubha yo‘qki, siyosat yuksak sharafli ish, ilmoniylar uni buzuq iflos ish, deb ko‘rsatib, shunga o‘rgatishgan. Agar shunday bo‘lsaydi, anbiyolar siyosat bilan shug‘ullanmagan bo‘lur edilar. Rosul ﷺ aytganlar:

«كَانَتْ بَنُو إِسْرَائِيلَ تَسُوسُهُمُ الْأَنْبِيَاءُ، كُلَّمَا هَلَكَ نَبِيٌّ خَلَفَهُ نَبِيٌّ، وَإِنَّهُ لَا نَبِيَّ بَعْدِي، وَسَيَكُونُ خُلَفَاءُ فَيَكْثُرُونَ، قَالُوا: فَمَا تَأْمُرُنَا؟ قَالَ: فُوا بِبَيْعَةِ الْأَوَّلِ فَالْأَوَّلِ، وَأَعْطُوهُمْ حَقَّهُمْ الَّذِي جَعَلَ اللَّهُ لَهُمْ فَإِنَّ اللَّهَ سَائِلُهُمْ عَمَّا اسْتَرْعَاهُمْ»

«Banu Isroilga payg‘ambarlar siyosat yurgizardi. Qachon bir payg‘ambar halok bo‘lsa, ortidan boshqa bir payg‘ambar kelardi. Mendan keyin esa payg‘ambar yo‘q. Xalifalar bo‘ladi va ular ko‘payib ketadi. Shunda: bizga nimani buyurasiz? – deyishgan edi, aytdilarki: birinchisining, faqatgina birinchisining bay’atiga vafo qilinglar va ularning haqlarini beringlar, zero Alloh ulardan fuqaroni qanday boshqarganlari haqida so‘raydi». (Sahihi Muslim).

Biz siyosiy ish bilan shug‘ullanish shar’iy farz va hayotiy zarurat, deganimizda mavjud rejimlar voqelikni oqlab ko‘rsatish uchun tuzgan va homiylik qilishayotgan siyosiy partiyalarga qo‘shilishni nazarda tutmayapmiz, albatta. Shuningdek, saylovlar o‘yinida qatnashishni ham qasd qilmayapmiz. Zero, bu saylovlar muvaffaqiyatsiz rejimga oldindan qonuniylik tusini berishdan boshqa narsa emas. Mutlaqo bunday emas. Balki biz davlat, uning apparati va faoliyat tariqati haqida shariatdan balqib chiqqan to‘liq tasavvurga ega mabdaiy hizblarga qo‘shilishni nazarda tutyapmiz. Chunki bundan boshqa faoliyat hech bir natija bermaydi. Aksincha, qilingan sa’y-harakatlarni behuda ketkazib, vaqtni zoye qiladi, ulardan mashaqqat va baxtsizlikdan boshqa narsa kelmaydi.

Darhaqiqat, Hizb ut-Tahrir o‘nlab yillar davomida davlatga oid faqat shariat ahkomlaridan balqib chiqqan aniq va keng qamrovli konsepsiyani hozirlab keldi. Bu konsepsiyada dasturdan boshlab, davlatning turli jihoz va tizimlarigacha bor. Hizb ta’sis etilgan kundan beri musulmonlarni birgalikda faoliyat qilishga da’vat etib keldi. Ularni islomiy hayotni qayta boshlashga va o‘zining tinimsiz olib borayotgan faoliyatiga yordam berishga chaqirib keldi. Zotan, Hizb musulmonlarni o‘n asr mobaynida haqli ravishda shug‘ullanib kelishgan yetakchilik o‘rinlarini qayta egallashlari uchun faoliyat qilmoqda. Ushbu faoliyatida – Allohning fazlu marhamati ila – katta qadamlarni tashladi. Bugungi kunda musulmonlar uchun bitta Xalifalik davlati bo‘lishi shart, degan ong Rabotdan to Kuala Lumpurgacha ko‘chalarni zabt etdi.

Shunday ekan, bu dunyo azizligi va oxirat ne’matiga shoshilinglar. Sizlarga pokiza farovon hayot beradigan, sizni va or-nomusingizni zo‘ravonlarning manipulyatsiyasidan himoya qiladigan narsaga shoshilinglar.

Roya gazetasining 2022 yil 16 noyabr chorshanba kungi 417-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.