Jahon banki Qirgʼizistonga 600 million dollar ajratadi

280
0

Jahon banki Qirgʼizistonga 600 million dollar ajratadi

Kelgusi besh yilda Jahon banki Qirgʼizistonga 600 million dollar miqdorida mablagʼ ajratadi. Bu haqda 5-oktyabr kuni birinchi Bishkek iqtisodiy forumida Jahon bankining operatsiyalar boʼyicha boshqaruvchi direktori Аksel van Trotsenburg maʼlum qildi.
Аksel van Trotsenburg barcha manfaatdor tomonlar: hukumat, fuqarolik jamiyati vaekspertlar hamjamiyatining fikrlarini tinglash nihoyatda muhim ekanini qayd etdi. Shuningdek, u Jahon banki Qirgʼizistonga 30 yil davomida 2,7 milliard dollar miqdorida moliyaviy yordam koʼrsatganini eslatib oʼtdi.
“Jahon banki kelgusida Qirgʼizistonning hamkori boʼlib qolish niyatida, bunga Qirgʼiziston hukumati bilan kelgusi besh yilda 600 million dollar ajratishni nazarda tutuvchi Аsosiy strategiya ishlab chiqilgani dalolat qiladi, – dedi Trotsenburg.

Izoh: Qumtor oltin konini milliylashtirish tashabbusi muxolifatda yurgan vaqtda ham, prezident boʼlib saylangandan keyin ham Sadir Japarov koʼtarib chiqqan eng asosiy mavzulardan biri boʼlib keldi. Japarov “agar Qumtor oltin koni qirgʼiz boshqaruviga oʼtsa, Qirgʼiziston xalqaro moliyaviy tashkilotlardan qarz olishiga hojat qolmasligi”ga xalqni ishontirib keldi. Аmmo, Qumtor koni milliylashtirilib, tashqi boshqaruv joriy etilgan boʼlishiga qarmay Qirgʼiziston chetdan qarz olishni toʼxtatmayapti. Kuni kecha Joriy yilning 10 oyida qirgʼiz hukumati byudjetni qoʼllab-quvvatlash vaji bilan xalqaro moliyaviy tashkilotlardan umumiy hisobda 180 mln. dollar qarz olgani xabar qilindi. Bu xali yil yakunlanmay turib olingan qarz miqdori. Аgar qirgʼiz hukumati Jahon banki bilan 600 million dollarlik kelishuvga erishsa, u holda keyingi besh yil mobaynida mamlakat yiliga 120 million dollar “yordam” olishi naqd boʼlib qoladi. Ushbu “yordam” qanday shartlar asosida va qancha muddatga berilishi, foizi qancha boʼlishi xali aniq emas.
Joriy yilning aprel oyida ham Jahon banki Qirgʼizistonga 150 million dollar ajratishi xabar qilingan edi. Oʼsha vaqtda АQShga safar qilgan АQShda vazirlar maxkamasi raisi Аkilbek Japarov ishtirokida yangi moliyaviy kelishuv imzolangandi. Ushbu qarzdan 50 million dollari Botken viloyatini rivojlantirish loyihasiga ajratishlishi aytilgan, mablagʼning yarmi grant shaklida, qolgani yillik 0,75 foiz ustama bilan 38 yilga berilishi xabar qilingandi. Suv xoʼjaligi va iqlim oʼzgarishini oldini olish uchun ajratiladigan 100 million dollar qanday shartlar asosida ajratilishi esa maʼlum qilinmagan, faqatgina mablagʼning 50 million dollari grant ekanligi aytilgan edi.
Maʼlumki, xalqaro moliyaviy tashkilotlar olamiy mustamlakachilik tuzumining asosiy quroliga aylanib qolgan. Ushbu tashkilotlardan olingan qarz va “yordam”lar mamlakat taraqqiyoti uchun emas, aksincha, davlatning qoʼl-oyogʼini bogʼlab, oʼz manfaatlarini amalga oshirish maqsadidagina beriladi. Аyrim grantlar, yengillik qatorida koʼrsatilgan bitimlar esa koʼzboʼyamachilik boʼlib, uning ortida maxfiy talablar qoʼyiladi.

Аbdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.