Tunis rejimi masjid imomini «inqilob lafzini oʼz ichiga olgan oyatlarni tilovat qildi» degan daʼvo bilan imomlikdan boʼshatdi

312
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Tunis rejimi masjid imomini «inqilob lafzini oʼz ichiga olgan oyatlarni tilovat qildi» degan daʼvo bilan imomlikdan boʼshatdi

Tunis rejimi viloyatlarning biridagi masjid imomini yangi hijriy yil munosabati bilan oʼtkazilgan tantanali yigʼilishda namoz oʼqilayotganda inqilob lafzini oʼz ichiga olgan oyatlarni tilovat qilgani uchun imomlikdan boʼshatdi. Yurt sharqidagi Nabil shahri «Аssalom» masjidi imomi boʼlgan Zayniddinning aytishicha, u diniy ishlar vaziri ishtirokida shom namoziga imomlikka oʼtgan va birinchi va ikkinchi rakatlarga Oli Imron surasining 26 oyati bilan 144 oyatni oʼqigan:
﴿قُلِ اللَّهُمَّ مَالِكَ الْمُلْكِ تُؤْتِي الْمُلْكَ مَن تَشَاء وَتَنزِعُ الْمُلْكَ مِمَّن تَشَاء وَتُعِزُّ مَن تَشَاء وَتُذِلُّ مَن تَشَاء بِيَدِكَ الْخَيْرُ إِنَّكَ عَلَىَ كُلِّ شَيْءٍ قَدِيرٌ﴾
«Аyting: «Ey mulku davlat egasi boʼlgan Аllohim, sen istagan kishingga mulk ato qilursan va istagan kishingdan bu mulkni tortib olursan, istagan kishingni aziz qilursan va istagan kishingni xor qilursan, bor yaxshilik yolgʼiz Sening qoʼlingda, albatta Sen barcha narsaga qodirsan»
[Oli Imron 26]
﴿وَمَا مُحَمَّدٌ إِلاَّ رَسُولٌ قَدْ خَلَتْ مِن قَبْلِهِ الرُّسُلُ أَفَئِن مَّاتَ أَوْ قُتِلَ انقَلَبْتُمْ عَلَى أَعْقَابِكُمْ وَمَن يَنقَلِبْ عَلَىَ عَقِبَيْهِ فَلَن يَضُرَّ اللَّهَ شَيْئاً وَسَيَجْزِي اللَّهُ الشَّاكِرِينَ﴾
«Muhammad faqat bir paygʼambar, xolos. Undan ilgari ham paygʼambarlar oʼtgandir. Bas, agar u (yaʼni Muhammad alayhissalom) vafot qilsa yoki oʼldirilsa, ketingizga (kufrga) qaytib ketasizmi?! Kimda-kim ketiga qaytib ketsa, Аllohga biron ziyon yetkaza olmas, (balki faqat oʼziga zarar qiladi, xolos). Аlloh esa (yoʼllaridan qaytmay) shukr qilguvchi bandalarini munosib mukofotlaydi» [Oli Imron 144]
Imom Zayniddinning radioga izohlashicha, namozdan keyin diniy ishlar vaziri uni “انقلاب” lafzini oʼz ichiga olgan oyatni oʼqigani uchun mazax qilgan. «Menga vazir – ey shayx… bu oyatlardan oʼzingni olib qochsang yaxshi boʼlardi, dedi… keyinchalik, shahar hokimiyatidan menga telefon qildi va ishingiz koʼrib chiqilgunga qadar 10 kunlik majburiy taʼtilga chiqarildingiz, deyishdi… Bundan hayron qolib yoqamni ushladim», deydi imom!
Roya gazetasining 2022 yil 17 avgust chorshanba kungi 404-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.