Jahon banki Rog’un GESi ekspertizasini 2014 yil o’rtalarida tugatishga va’da qildi

461
0

1392024066_img_0815

Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi bo’yicha vitse-prezidenti Lora Takning 11 fevral kuni Dushanbe shahrida jurnalistlarga bergan xabariga ko’ra, Jahon banki Rog’un GESi ekspretizasini yaqin oylarda, aniqrog’i shu yilning o’rtalariga tugatishni rejalashtirmoqda.

Lora Tak, bank Rog’un GESi loyihasining texnik-iqtisodiy, moliyaviy, ekologik va ijtimoiy jihatlarini baxolayotganini eslatib o’tdi va tadqiqotlar tugatilishi bilan “tegishli qaror qabul qilish uchun etarlicha ishonchili ma’lumotlar olinishiga” umid bildirdi. Lora Takning so’zlariga ko’ra, Jahon banki barcha paydo bo’lgan va paydo bo’ladigan savollarga qoniqarli javob topilishini kuzatib boradi, chunki “bu jarayonni juda ham diqqat bilan o’tkazish zarur”.

“Tojikiston hukumati ekspertizani shaffof o’tkazish uchun har tomonlama yordam ko’rsatayotgani maqtovga loyiq”, – dedi vitse-prezident.

Turkiston:

2012 yilning sentyabr oyida Qozog’istonga tashrif buyurgan O’zbekiston rahbari Islom Karimov prezident Nursulton Nazarboev bilan uchrashuvidan so’ng o’tkazilgan matbuot anjumanida Tojikistondagi Rog’un va Qirg’izistondagi Qambarota GES lari qurilishi borasida alohida to’xtalgan edi. “Biz nimanidir qurishdan oldin, qaysi bir buyuk davlatlar bilan shartnoma tuzishdan oldin kelinglar, haqqoniy ekspertiza o’tkazaylik va xalqqa, odamlarimizga aniq tushuntirish beraylik, ular bilan ertaga nima bo’ladi, kim bu daryolarning quyisida yashaydi”, – degan edi Ostona shahrida bo’lib o’tgan matbuot anjumanida.

“Shunga e’tibor qilish lozimki, bu loyihalar, Rog’un ham, Qambarota ham 70-80 yillarda tuzilgan. Ya’niki, biz hammamiz Sovet Ittifoqi tarkibida edik va hamma gigantomaniya bilan og’rigan paytlar edi. Lekin vaqt o’zgaradi, 40 yildan ortiq vaqt o’tdi, bugun butunlay boshqacha qarashlar va talablar bor. Bugun gidrotexnik vositalar butunlay boshqacha asosda qurilishi talab qilinadi. Nima uchun ekspertiza o’tkazish mumkin emas, kelinglar o’tirib hammasini muhokama qilaylik”, – deb ta’kidlab o’tgan va “Vaziyat shu darajada keskinlashib ketishi mumkinki, bu holat shunchaki diniy qarama-qarshilik emas, urushlarni keltirib chiqarishi mumkin”, deya tahdid ham qilgan edi. Ammo Karimovning tahdidiga Tojikiston ham, Qirg’iziston ham sukut qilgan va Rossiya ko’magi va moliyalashtirish ostida o’z loyihalaridan voz kechmagan edilar.

Rostdan ham Karimov O’zbekiston xalqini o’ylab bu ikki GES qurilishiga qarshilik qilmoqdami?

Yo’q, Karimov O’zbekiston xalqi uchun qo’lini sovuq suvga ham urmaydi. Agar Karimov biror ishga qo’l uradigan bo’lsa faqat o’z manfaati va shaxsiy xavfsizligni o’ylaydi. Aslida esa barchaga ma’lumki Qambar ota va Rog’un GESlarining asosan Rossiya moliyalashtirmoqda va bu orqali bir o’q bilan ikki quyonni ovlamoqchi bo’lyapti.

1-dan Qirg’iziston va Tojikiston xalqining elkasiga og’ir qarz yukini yuklab qo’ymoqda.

2-dan Bu GESdan tushgan daromadning 50ka 50 bo’lishishlik orqali o’ziga doimiy daromad manbaini xosil qilmoqda va eng asosiysi bu orqali siyosatda beqaror bo’lgan Karimovning “burnidan ip o’tkazib” olmoqchi. Shuning uchun Karimov bu GESlarning qurilishiga tish – tirnog’i bilan qarshilik qilmoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.