Kapitalistik Gʼarb davlatlarining maqsadi Аfrikani mustamlaka qilishdir

296
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Kapitalistik Gʼarb davlatlarining maqsadi Аfrikani mustamlaka qilishdir
Ularda obod etib rivojlantirish va insonlar muammolarini hal etish tashvishi yoʼq

Ha, kapitalistik Gʼarb davlatlarining maqsadi Аfrikani mustamlaka qilishdir, ularda obod etib rivojlantirish va insonlar muammolarini hal etish tashvishi yoʼq. U yerlardagi hokimiyat, hukmdorlar va armiya qoʼmondonlaridan oʼzining mustamlakachiligi yoʼlida foydalanishmoqda. Bu malay hukmdorlar – xuddi ilgari boʼlgani kabi – mustamlakachilarning oʼz armiyasi bilan bosqinchilik qilishiga va nufuzini yoyishiga imkoniyatlar yaratib berishyapti. Gʼarb bu yurtlardagi siyosiy va harbiy doiralardan oʼziga arzongarov odamlarni kasb qilib, sotib olmoqda. U rejimni, hukmdorlarni yoki zobitlarni oʼziga oʼziga oʼrgatib olgach, ular Gʼarb istagandek harbiy toʼntarishlar uyushtirib, soʼng uning mustamlakasiga va nufuzini yoyishiga yurt darvozalarini lang ochib berishyapti. Shu tariqa mustamlakachi davlatlarning kichik davlatlar, xususan Аfrika davlatlari ustida oʼzaro kurashlari olovi oʼchmay davom etaveradi. Balosi chor atrofga keng tarqalgan bunday yovuzlikdan odamlarning xalos boʼlishining yagona yoʼli musulmon yurtlarining birida yoki bir nechtasida roshid Xalifalikni barpo etish orqali Islomga, islomiy boshqaruvga qaytishdir. Xalifalik davlatigina mustamlakachilarni yurtlarimizdan quvib solib, butun islomiy yurtlarni ularning mustamlakasidan xalok qiladi hamda boyliklarni oʼz ahliga qaytarib, ulardan olingan daromadlarni ularning oʼzlariga taqsimlab beradi va ularning rivojlanishi yoʼlida sarflaydi.
﴿وَيَوْمَئِذٍ يَفْرَحُ الْمُؤْمِنُونَ * بِنَصْرِ اللَّهِ يَنْصُرُ مَنْ يَشَاءُ وَهُوَ الْعَزِيزُ الرَّحِيمُ﴾
«Oʼsha kunda moʼminlar Аllohning nusrati sababli shodlanurlar. (Аlloh) Oʼzi xohlagan kishiga nusrat berur. U qudrat va rahm-shafqat egasidir» [Rum 4-5]
Roya gazetasining 2022 yil 10 avgust chorshanba kungi 403-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.