Hindiston politsiyasi Rasululloh ning tahqirlanishiga qarshi namoyishga chiqqan musulmonlarni qatl qildi

375
0

Hindiston politsiyasi Rasululloh ning tahqirlanishiga qarshi namoyishga chiqqan musulmonlarni qatl qildi

Hindistondagi hukmron “Bxaratiya janata” partiyasining matbuot kotibi Nupur Sharma va Nyu-Dehlidagi OАV rahbari Navin Kumar Jindalning Rasululloh ga nisbatan haqoratli bayonotlari ortidan musulmonlar oʼz noroziligini bildirib namoyishga chiqishdi. Ranchi shahrida minglab musulmonlar ishtirok etgan norozilik namoyishi chogʼida hind politsiyasi musulmonlarga qarata oʼt ochdi. Natijada ikki nafar musulmon shahid boʼldi, juda koʼplab musulmonlar ogʼir jarohat oldi. 100 dan ortiq odam hibsga olindi. Shuningdek, Hindu butparast jinoiy toʼdalar ham musulmonlarga hujum qilib, ularni qattiq kaltakladi.

Izoh: Sayyidimiz Rasululloh ni tahqirlovchi urinishlar johiliyat davridagi mushriklar zamonidan buyon toʼxtovsiz davom etib kelmoqda. Rosululloh  Madinada davlat barpo etishlaridan oldin bunday haqoratlarga baʼzida sabr qilardilar, baʼzida ogʼzaki javob qaytarardilar, baʼzan esa, ularni duoibad qilardilar. Biroq Madinada Islom davlatini barpo etgach, Rosululloh  bunday haqoratga haqiqiy javobni berdilar, yaʼni haqoratchilarni tiyib qoʼyish uchun moddiy kuch bilan javob qaytardilar. Chunki kufr ahlining Rosululloh ni tahqirlashlari ularning Islomga qarshi olib borayotgan kurashlarining ajral¬mas bir qismi hisoblanardi. Shuning uchun Rosululloh  yahudiylarning rahbarlaridan biri Kaʼb ibn Аshrafning kallasini olib kelish uchun odam joʼnatib uni qatl qildirdilar. Chunki u Аlloh va Rosuliga ozor yetkazgan edi. Bu bilan Rosululloh  bunga oʼxshash vaziyatlarda Ummatning haybatini oʼzida mujassam etgan davlat qudrati bilan javob qilish lozimligini ummatga taʼlim berdilar.
Darhaqiqat Islomiy Xalifalik davlati oyoqda tik turgan paytda kufr ahli bunday haqoratlarga aslo jurʼat qila olmagan edi. Frantsiya va Britaniya teatrlarida Rosululloh ni tahqirlovchi spektakl namoyish qilinishi haqida xabar topgan Xalifa Аbdulhamid birgina tahdidli maktubi bilan ushbu spektakl namoyishini toʼxtatib qoʼyganligi tarixdan maʼlum.
Rosululloh :
«اَلإِسْلاَمُ وَالسُّلْطَانُ أَخَوَانِ تَوْأَمُ، لاَ يَصْلُحُ وَاحِدٌ مِنْهُمَا إِلاَّ بِصَاحِبِهِ، فَالإِسْلاَمُ أَسٌّ وَالسُّلْطَانُ حَارِسٌ، وَمَا لاَ أَسَّ لَهُ مُنْهَدِمٌ، وَمَا لاَ حَارِسَ لَهُ ضَائِعٌ»
«Islom va sulton egizaklardir. Ulardan har biri ikkinchisi bilangina yaroqli holda boʼladi. Islom ustundir, sulton esa qoʼriqchidir. Ustuni boʼlmagan narsa buzilib ketadi, qoʼriqchisi boʼlmagan narsa yoʼq boʼlib ketadi», deya bejiz aytmaganlar.
Bugunigi kunda Rosululloh ni tahqirlashlar kufr ahli tomonidan har yerda takrorlanmoqda. Chunki jihod eʼlon qilish bilan bunday ishlarni tiyib qoʼyuvchi musulmonlarning Xalifasi yoʼqligini kufr ahli yaxshi bilishadi. Shuningdek, bunday paytda gʼazab otiga minib, oyoqqa turgan musulmonlarning ovozini oʼchirib, tiyib turadigan hukmdorlar borligi ham ularning koʼnglini toʼq qilmoqda.
Musulmonlarning qarshiliklari, noroziliklari va qattiq qoralashlari ularning qalbidagi iymoniga dalolat qilsada, ammo bu tahqirlashlarni toʼxtatib qoluvchi omil emas. Shuning uchun Rosululloh  Makkada bunday tahqirlashlarga qarshi reyaksiya bildirish bilan birga, ushbu tahqirlashlarni butunlay daf qiladigan bir saltanat barpo etish uchun jiddiy harakatlarini davom ettirdilar. Ushbu saltanatni Madinada barpo etgach, ularning tahqirlashlariga boʼlgan javoblari – yuqorida aytib oʼtilganidek – boshqacha boʼldi.
Rosululloh  shaʼnini himoya qilish faqat gʼazablanishning oʼzi bilangina boʼlmaydi, balki U Zotning Sunnatiga mahkam yopishish va u kishi keltirgan shariatni hayotga qaytarish bilan boʼladi. Shunday ekan, Rosululloh ning tahqirlanishiga befarq boʼlmagan har bir musulmon bunga qarshi oʼz gʼazabini ifodalash bilan bir qatorda ushbu haqoratlarga butunlay barham beradigan Xalifalik davlatini tiklash uchun harakat olib borishlari lozim. Chunki faqat Xalifalik davlatigina bunday tajovuz va haqoratlarning barchasini bartaraf qilishga qo¬dirdir.
Sayyidimiz Muhammad ga, U zotning ahli oilasiga va ashoblariga hamda qiyomatgacha U zotga yaxshilik bilan ergashgan kishilarga Аllohning saloti va salomlari boʼlsin.

Qiyomuddin Sharif

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.