Dunyodagi birinchi davlat Islom marhamati bilan kapitalizm zulmi oʼrtasida

384
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Dunyodagi birinchi davlat Islom marhamati bilan kapitalizm zulmi oʼrtasida

Bugungi kunda dunyoning yirik davlatlari Rosululloh ﷺ zamonalaridagi yirik davlatlarga oʼxshaydi. Chunki bu davlatlarning xatti-harakatlari bugungi kunda dunyoni zulmga duchor qilib, insoniy qadriyatlarni tanazzulga uchratmoqda. АQSh, Xitoy, Rossiya, Frantsiya va Britaniya dunyoni oʼz tomorqalari qilib olgandek harakat qilishyapti. Boshqa davlatlarni oʼzlariga tiz choʼktirish uchun sistematik ravishda mustamlakachilik siyosatini olib borishyapti. Bu siyosatlari oqibatida olam zalolat va baxtsizlikka uchradi, xalqlar nima qilarini bilolmay-hayron qoldilar, xuddi Rosululloh ﷺ zamonalarida Rum va Fors insonlar hayoti va taqdiriga nisbatan zararkunanda siyosat olib borishgandagi xalqlar holati kabi. Oʼshanda ham dunyoning birinchi davlati maqomini egallash ustida tinimsiz behuda urushlar olib borishgan.
Аna shunda Rosululloh ﷺ yorqin fikr yuritib, olamni oʼsha yirik davlatlar keltirgan anarxiya, jaholat va ochkoʼzlik botqogʼidan tortib chiqarish uchun oʼzlarining tashqi siyosatini jihodga asoslaganlar. Ul zot ilk Islom davlatini barpo etgan kundayoq qabul qilgan qatʼiy va taqdiriy qaror dunyoning birinchi davlatiga aylanish qarori edi. Maqsadlari, ummat va xalqlarga zulm qilish va boyliklarini talon-toroj qilish emas, balki dunyoni Аlloh bergan rahmat va neʼmat ila idora qilish boʼlgan. Zotan, ushbu rahmat va neʼmat butun olamga adolat poydevorini quruvchi buyuk Islom dinidir.
Аmmo bugungi kunda esa, Ummat boʼrilardan qay biri yordam berar ekan, deya kutib, qoʼl qovushtirib oʼtirmasligi kerak, aks holda, u rahm va shafqatni bilmaydigan, bizning taqdirimizga hukmronlik qilayotgan bu yirik davlatlarning qurboniga aylanadi. Vaholanki, haq ummati bizmiz, olamga adolat va rahmatni qayta olib kelish uchun dunyoga hukmronlik qilishga biz loyiqmiz.
Ummatning najoti uning buyuk Islom ahkomlariga haqiqiy ravishda qaytishi bilan boʼladi va kishi qachon Islomi asosida yorqin fikrlasa, haqni topib, unga ergashadi, botilni tanib, undan chetlashadi. Hatto uning avvalu oxir tashvishi Ummatga Paygʼambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlati boʼlmish hokimiyatini qaytarish uchun olam masʼuliyatini zimmasiga olish tashvishiga aylanadi. Zero, bu davlat butun insoniyatning rahmat va adolatga yetishish orzusini roʼyobga chiqaradi. Bas, ushbu adolat va rahmat uchun amal qiluvchilar amal qilib qolsinlar.
Roya gazetasining 2022 yil 1 iyun chorshanba kungi 393-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.