“Qambarota -1” GES qurilishi boshlandi

207
0

“Qambarota -1” GES qurilishi boshlandi

Xabar: 8 iyun kuni Qirgʼiziston prezidenti Sadir Japarov Jalolobod viloyatida “Qambarota -1” GES qurilishini boshladi.

Marosim toʼgʼridan-toʼgʼri translyatsiya qilinib, davlat rahbari mazkur obʼekt qurilishining dastlabki bosqichiga qariyb 1,5 milliard som mablagʼ ajratilganini taʼkidladi.
Uning soʼzlariga koʼra, qoʼshni Qozogʼiston va Oʼzbekiston ushbu loyihaga sarmoya kiritishga tayyorligini bildirgan. Prezident matbuot xizmati xabariga koʼra, “Datka-Kemin yuqori volьtli liniyalarining yaqinligi “Qambarota -1” GESga elektr energiyasini taqsimlash sxemasi, respublika aholisini energiya bilan taʼminlash masalalari boʼyicha eng kam xarajat qilish imkonini beradi”.
“Qambarota -1” GES qurilishi loyihasida balandligi 256 metr boʼlgan toʼgʼon, 5,6 milliard kilovatt/soat quvvatga ega 1860 megavatt quvvatga ega gidroelektr stantsiya va 5,4 milliard kub metr quvvatga ega suv ombori qurilishi koʼzda tutilgan. Obʼektni qurish muddati 8-10 yilni tashkil etadi, birinchi gidroagregatni esa “doimiy moliyalashtirish mavjud boʼlgan taqdirda” toʼrt yil ichida foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.

Izoh: 2012 yilda Qirgʼiziston va Rossiya hukumatlari “Qambarota-1” va toʼrtta GESdan iborat Yuqori Norin kaskadini qurish boʼyicha kelishuv imzolagan edi. Biroq, 2016 yil avgust oyida Rossiya hozirgi iqtisodiy holatida kelishuvdagi yirik loyihalarni moliyaviy jihatdan taʼminlay olmasligini tan olganidan soʼng Qirgʼiziston hukumati 31 dekabr kuni “Qambarota -1” va Yuqori Norin GES kaskadlarini qurish va ekspluatatsiya qilish boʼyicha Rossiya bilan erishilgan kelishuvni bekor qilish toʼgʼrisida qaror qabul qilgan va GESlarni qurilishiga sarflangan 37 million dollarni Rossiyaga qaytarib berish lozimligini bildirgan edi.
Sadir Japarov 2021-yil 11-12 mart kunlari Toshkentga qilgan safari chogʼida “Qambaota-1” GESini hamkorlikda qurish borasida kelishuvga erishildi.
“Biz “Qambaota-1” GESini Oʼzbekiston bilan birga qurish toʼgʼrisida shartnomaga erishdik. Hozir ish boshlandi. Hudo hoxlasa, “Qambarota-1” GESini uch yil ichida qurishni maqsad qildik. Bu loyiha toʼliq amalga oshadi. 30 yildan beri amalga oshmay qolib ketayotgan bu loyiha uch yilda qurib bitkaziladi”, – degan edi Sadir Japarov. Shu yilning may oyida esa Qozogʼiston prezidenti Qasim-Joʼmart Toʼqaev hamkorlikda qurilishga qiziqish bildirgani xabar qilindi.

Garchi Rossiya “Qambarota-1” va Yuqori-Norin GESlarini qurish boʼyicha kelishuvni bajara olmasligini maʼlum qilgan boʼlishiga qaramay, oʼzidan boshqa tomonidan bu loyiha amalga oshirilishiga zimdan toʼsqinlik qilib kelmoqda. Masalan, 2017-yili Qirgʼiziston hukumati Yuqori-Norin GES majmuasini qurish boʼyicha tender eʼlon qilgan edi. Tenderda Chexiyaning Liglass Traiding CZ kompaniyasi yutib chiqdi. Liglass Traiding CZ kompaniyasi va “Elektr stantsiyalari” OАJ bilan investitsiya shartnomasini tasdiqlaganidan keyin bir oy ichida Rossiyaga 37 mln dollar toʼlashi kerakligi belgilab qoʼyildi. Biroq, kompaniya ish faoliyatini boshlamay turib bitim bekor qilindi.

Xuddi, 2000-yillarning boshlarida koʼtarilgan “Xitoy-Qirgʼiziston-Oʼzbekiston” temir yoʼl loyihasida Rossiya ishtiroki taʼminlanmagunga qadar unga turli toʼsiqlar qoʼyib kelgani kabi. Xitoy-Rossiya muzokaralari natijasida loyihada Rossiya ham ishtirok etishi va temir yoʼl uning nazorati ostida boʼlishi sharti bilan rozi boʼldi. Xitoy tomonidan uning talablari qisman qabul qilinganidan soʼng, 2019-yili Rossiya loyihaning texnik-iqtisodiy asosini tayyorlash uchun 200 million rubl ajratdi. Shundan soʼng loyihani amalga oshirish ishlari qayta jonlandi. 8-iyun kuni Sadir Japarov temir yoʼl qurilishi 2023-yilda boshlanishini maʼlum qildi.

Temir yoʼl kabi “Qambarota-1” GESi ham strategik ahamiyatga ega boʼlib, qaysi davlat buni oʼz qoʼliga oladigan boʼlsa birinchidan ulkan daromadga, ikkinchidan rasmiy hukumatga boʼlgan taʼsirini oshirishga muvaffaq boʼladi. Shu sababli ham mintaqa davlatlari oʼzaro birlashib bu loyihani amalga oshirishga kirishishar ekan bu loyihalarda biror mustamlakachi davlat yoki mustamlakachilar quroli boʼlgan xalqaro moliyaviy tashkilotlardan yordam olmay oʼz imkoniyatlaridan kelib chiqib barpo etishlari kerak boʼladi. Аks holda “Qumtor”, “Jeruy” oltin konlari va boshqa tabiiy boyliklar kabi huzurini mustamlakachilar koʼrib, ziyoni va zarari xalq zimmasida qolaveradi.

Аbdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.