Sharqiy Аfrika davlatlarida har 48 soniyada bir insonning nobud boʼlayotgani kapitalistik sivilizatsiya samaralaridan biridir

333
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Sharqiy Аfrika davlatlarida har 48 soniyada bir insonning nobud boʼlayotgani kapitalistik sivilizatsiya samaralaridan biridir

Аl-Jazira net veb-sayti (hijriy 1443 yil 18 shavvol, milodiy 2022 yil 18 may chorshanba kuni) nashr qilgan xabarda bunday deyiladi:
««Oxfam International» va «Save the Children» gumanitar yordam tashkilotlari Sharqiy Аfrikada ochlikdan har 48 soniyada bitta inson nobud boʼlayotganini taʼkidlab, ushbu halokatli ocharchilik krizisini bartaraf etish uchun shoshilinch choralar koʼrishga chaqirdi.
Tashkilotlar chiqargan qoʼshma bayonotda bildirilishicha, ocharchilik dunyo davlatlarining bartaraf etish mumkin boʼlgan halokatlarni bartaraf etishda tinmay muvaffaqiyatsizlikka uchrab kelayotganini taʼkidlamoqda. Zero, Efiopiya, Keniya va Somali yana keng koʼlamli falokatga yoʼliqib, millionlab insonlar qattiq ocharchilikka yuz tutmoqda.
Tashkilotlarga koʼra, bu uch davlatda qattiq ocharchilikdan aziyat chekayotgan kishilar soni oʼtgan yilgiga nisbatan ikki barobarga koʼpaygan, hozirda bu raqam 10 milliondan 23 millionga yetgan, bu narsa qarzdorlik ortidan yuz bermoqda. Hozirda ularning qarzdorlik miqdori oʼn yildan kamroq vaqt ichida uch barobardan koʼproqqa oshgan, 2012 yildagi 20,7 milliard dollar 2020 yilga kelib 65,3 milliard dollarga yetgan va bu mamlakatlardagi davlat xizmatlari va ijtimoiy himoya resurslarining yoʼq boʼlishiga olib kelgan».
Roya gazetasining 2022 yil 25 may chorshanba kungi 392-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.