Japarov va Mirziyoev Markaziy Osiyo rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuviga tayyorgarlik masalalarini muhokama qildi

251
0

Japarov va Mirziyoev Markaziy Osiyo rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuviga tayyorgarlik masalalarini muhokama qildi

Xabar: 19 may kuni Qirgʼiziston prezidenti Sadir Japarov Oʼzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev bilan telefon orqali muloqot qildi.
Qayd etilishicha, suhbatda Oʼzbekiston va Qirgʼiziston oʼrtasidagi doʼstlik, yaxshi qoʼshnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari koʼrib chiqildi.
Turli darajalarda oʼzaro muloqot va almashinuvlar faollashgani qayd etildi. Savdo-iqtisodiy hamkorlik kengayib bormoqda – yil boshidan tovar ayirboshlash 30 foizga oshdi.
“Erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish hamda beshta muhim yoʼnalish – Davlat chegarasiga oid masalalarda, savdo-sotiqni koʼpaytirish, sanoat kooperatsiyasini kengaytirish, transport va energetika sohalarida qoʼshma infratuzilma loyihalarini ilgari surish borasidagi amaliy hamkorlikda aniq natijalarga erishishga alohida eʼtibor qaratildi”, – deyilgan xabarda.
Prezidentlar Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvi kun tartibini har tomonlama tayyorlash muhimligini qayd etishdi.

Izoh: 2018-yili Markaziy Osiyo rahbarlari Ostonada uchrashib, Oʼzbekiston prezidenti Mirziyoev tashabbusi bilan mintaqadagi davlatlar oʼrtasida maslahat uchrashuvi tuzildi. 2019-yil bahorida Toshkentda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining ikkinchi maslahat uchrashuvi boʼlib oʼtdi. Uchrashuvdan keyin АQSh davlat kotibining Sharqiy va Markaziy Osiyo masalalari boʼyicha yordamchisi Elis Uells Toshkentda boʼlib oʼtgan Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining maslahat kengashini olqishlagan edi. АQShning Oʼzbekistondagi oʼsha paytdagi elchisi Deniel Rozenblyum esa “S+1” yaxshi. Biroq, S5 hech qanday qoʼshimchasiz undan ham yaxshiroq! Oʼzbekistonning mintaqaviy hamkorlik sohasidagi yetakchiligi tahsinga sazavor”, – degan edi.
Maʼlumki, Markaziy Osiyo davlatlarining integratsiyalashuv harakatlari АQSh manfaatlariga mos keladi. U “S5+1” formatidan Markaziy Osiyo davlatlarini Аfgʼoniston orqali jahon bozoriga olib chiqish va shu bilan bu mintaqani siyosiy-iqtisodiy manfaatlariga ega boʼlishni maqsad qilgan. Shu maqsadda 2021-yil 15-16-iyul kunlarida konferentsiya boʼlib oʼtdi va unda mintaqadagi aloqalarni mustahkamlaydigan “Termiz-Mazori-Sharif-Qobul-Peshavor” temir yoʼlini qurishga chaqiriqlar boʼldi. АQSh bu manfaatlardan tashqari mintaqada Xitoyga qarshi kayfiyatni kuchaytirish va Rossiya taʼsirini cheklash uchun jiddiy harakat qilmoqda.

Rossiya mintaqada taʼsirini saqlab qolish uchun oʼz yetakchiligi ostidagi MDH, KXShT, ShHT va YeOII tashkilotlaridan foydalanib kelmoqda. Biroq, hozirgi siyosiy, iqtisodiy va harbiy holatida mintaqaga АQSh va Xitoyni kirib kelishiga jiddiy qarshilik qila olmayi.

Xitoy esa mintaqada avvaldan shakllangan kengayish siyosatini olib bormoqda. Shu maqsadda mintaqa davlatlarini qarzlari bilan kishanlab olmoqda. Soʼnggi vaqtlarda ShHTda oʼz taʼsirini kuchaytirdi va Markaziy Osiyoda nafaqat iqtisodiy, balki xavfsizlik sohasidagi manfaatlarini ham amalga oshira boshladi.

Maslahat uchrashuvi iqtisodiy jihatdan mintaqadagi davlatlarga manfaatli boʼlishi mumkin. Аmmo, ushbu manfaatlar eng avvalo mustamlakachi va xalqaro taʼsirga ega davlatlar manfaatlariga toʼgʼri kelishi kerak. Аks holda erishilgan shartnomalar qogʼozda qolib ketaveradi. Shu sababli, mintaqani birlashtirish uchun eng avvalo ustimizdagi xalqaro kufr tuzumiga qarshi tura oladigan mafkuraga ega boʼlishimiz shart va uni jamiyatga yetkazish talab qilinadi. Bunday quvvatga ega mafkura faqat Islomda mavjud. Demak, Islom soyasida birlashishdan boshqa shiorlar malaylikdan boshqa narsa emas!

Turkiston

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.