Jogorku Kenesh qimorxonalar toʼgʼrisidagi qonunni birinchi oʼqishda qabul qildi

365
0

Jogorku Kenesh qimorxonalar toʼgʼrisidagi qonunni birinchi oʼqishda qabul qildi

Jogorku Kenesh Iqtisodiyot va savdo vazirligi kiritgan qimorxonalar, avtomat oʼyin zallari va lotereya oʼyinlarini ochish toʼgʼrisidagi qonun loyihasini birinchi oʼqishda qabul qildi.
Hukumat qonun loyihasini mart oyida kiritib, uni Jogorku Keneshga taqdim etish va navbatdan tashqari koʼrib chiqishni taklif qilgan edi. Prezident Sadir Japarov va Vazirlar mahkamasi raisi Аkilbek Japarov jurnalistlarga bergan intervьyusida qonun loyihasini qoʼllab-quvvatlashlarini bildirishgan.
“Koʼngilochar oʼyinlar masalalari boʼyicha ayrim qonun hujjatlariga oʼzgartirish kiritish toʼgʼrisida” deb nomlangan qonun loyihasidan koʼzlangan maqsad – investitsiyalar jalb etish, respublika byudjetining daromad qismini oshirish uchun shart-sharoit yaratishdan iborat ekanligi sabab sifatida keltirilmoqda.
Bunga qadar ayrim deputatlar Issiqkoʼl viloyatida qimorxonalar ochishga ruxsat beruvchi qonun loyihasini taklif qilgan, ammo bahs-munozaralardan soʼng ortga qaytarilgan edi.
Qimorxonalar toʼgʼrisidagi qonun loyihasi kapitalistlarning manfaatlarini koʼzlab taklif qilingani uchun hukumat uni ilgari surib kelmoqda. Qirgʼizistonda 100 minglab odamlar tashabbusi va imzosi bilan 2012-yili qimor oʼyinlari, 2015-yilda totalizator va bukmeker idoralari taqiqlangan. Shunday boʼlsada, aksariyat kazinolar yashirin tarzda yoki boshqa nom ostida faoliyat olib bormoqda.
Аmaldagi yetakchi guruhning uni qayta ochishga boʼlgan urinishlari chap choʼntakdagi mablagʼlarni qimorxonalar orqali yuvishni koʼzlayotganini bildiradi. Chunki, qimorxonalar korruptsiya va iqtisodiy jinoyatchilar uchun juda muhimdir. U yerlarda kooruntsiyaga botgan davlat amaldorlarining haromdan topgan pullari yuviladi. Butun dunyodagi qimorxonalarning asosiy daromad manbai shunga oʼxshash iflos ishlarni bajarish bilan rivojlanadi. Demak, qimorxona davlat amaldorlari uchun korruptsiya ishlarini rivojlantirishda juda muhim tarmoq hisoblanadi.
Eng muhimi, qimor oʼyinlari Аlloh tomonidan harom qilingan amaldir. Аlloh taolo aytdi:
يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا إِنَّمَا الْخَمْرُ وَالْمَيْسِرُ وَالْأَنْصَابُ وَالْأَزْلَامُ رِجْسٌ مِنْ عَمَلِ الشَّيْطَانِ فَاجْتَنِبُوهُ لَعَلَّكُمْ تُفْلِحُونَ
“Ey iymon keltirganlar! Аlbatta, xamr, maysir (qimor oʼynash), butlar va (fol ochadigan) choʼplar iflosdir. Shaytonning ishidir. Bas, undan chetda boʼling. Shoyadki, najot topsangiz!” [5:90]
Shuning uchun har bir musulmon biror ishga kirishishdan oldin uning sharʼiy hukmini bilishi farz. Endi prezident bosh, ayrim deputatlar yonbosh boʼlib aytayotgan “foydalar” qimorni haromlikdan chiqarib qoʼymaydi. Islom davlatida qimor oʼynagan odamlar taʼzir jazosiga tortiladi. Chunki, boshqalar bu jazoni koʼrib, shu jinoyatni qilishdan tiyilishi maqsad qilinadi. Bundan tashqari, kimki qimor yoʼli bilan daromad qilsa, u uning mulki hisoblanmaydi, egasiga qaytariladi. Egasi yoʼq boʼlsa Baytulmolga qoʼyiladi.
Shuning uchun musulmonlar bu jinoiy ishga bor imkoniyatlari bilan qarshi turishlari kerak. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytganlar:
“Аlloh azza va jalla to omma munkarni oʼzgartishiga qodir boʼla turib, uni oʼz oralarida (yoyilishiga) qarab turadigan holda boʼlmagunlaricha xos kishilarning amali sababli ularga azob tushirmaydi. Endi agar shunday qilsalar, Аlloh xosu omni barobar azoblaydi”. (Imom Аhmad).
Ey musulmonlar! Hokimiyat egalari oxiratlarini dunyoga almashtirishayotganini koʼrib turipsiz. Haromga yoʼl ochish orqali ochiq gunohga botishmoqda. Bas, qachongacha ularni “xudo” qilib yurasizlar? Qachongacha ularning cheklangan aqlidan kelib chiqqan buzuq qonunlarga itoat qilasizlar?
Аdiy ibn Hotim roziyallohu anhu aytadi: “Men Nabiy sollallohu alayhi va sallamning oldiga kelganimda u kishi “Baroat” surasidagi quyidagi oyatni oʼqidilar:
اتَّخَذُوا أَحْبَارَهُمْ وَرُهْبَانَهُمْ أَرْبَابًا مِنْ دُونِ اللَّهِ
“Ular Аllohni qoʼyib oʼzlarining donishmandlarini va rohiblarini Parvardigor deb bildilar”. [9:31]
Yana u zot bunday dedilar:
«أَمَّا إِنَّهُمْ لَمْ يَكُونُوا يَعْبُدُونَهُمْ، وَلَكِنَّهُمْ كَانُوا إِذَا أَحَلُّوا لَهُمْ شَيْئاً اِسْتَحَلُّوهُ، وَإِذَا حَرَّمُوا عَلَيْهِمْ شَيْئاً حَرَّمُوهُ»
“Toʼgʼri, odamlar rohiblarga ibodat qilishmagan, lekin rohiblar biror narsani halol deyishsa, odamlar ularni halol sanashgan, biror narsani harom deyishsa, uni harom deyishgan”.

Mumtoz Movaraunnaxriy

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.