Sizlar Xalifalik soyasida qanday edingiz?!

215
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Sizlar Xalifalik soyasida qanday edingiz?!

Ey musulmonlar!
Siz insonlar uchun chiqarilgan eng yaxshi Ummat boʻldingiz. Anbiyolar xotami va mujohidlar imomi Muhammad ﷺga ergashdingiz. Ajdodlaringiz roshid xalifalar va fotih yetakchilar boʻlgan. Siz hijriy 583 yilning rajab oyida najas salibchilarni yer tishlatgan va Quddusni ulardan tozalagan Salohiddin Ayyubiyning avlodlarisiz. Siz tatarlarni magʻlub etgan Qutz va Baybarsning avlodisiz. Shuningdek, hijriy 857 yil, milodiy 1453 yil Kanstantinopolni fath qilganda yigirma uch yoshdan oshmagan amir Muhammad Fotih avlodisiz. Alloh Taolo uni mana shunday fathga musharraf qilganligi imom Ahmad Bishr Xasʼamiydan rivoyat qilgan hadisda bunday keladi:
“فَلَنِعْمَ الْأَمِيرُ أَمِيرُهَا وَلَنِعْمَ الْجَيْشُ ذَلِكَ الْجَيْشُ”
“Uning amiri naqadar baxtli amirdir. Oʻsha qoʻshin naqadar baxtli qoʻshindir”.
Shuningdek, siz oltinchi asrda (milodiy 1525 yilda) Frantsiya oʻz qirolini qutqarish uchun yordam soʻragan xalifa Sulaymon Qonuniyning hamda xalifa Salim III ning avlodisiz. Darhaqiqat, Salim III Xalifaligi zamonida Qoʻshma Shtatlar ushbu davlatga yillik soliq toʻlagan. Bu soliqni AQSh oʻz kemalarining Atlantika okeanidan Oʻrta Yer dengiziga Jazoirdagi Usmoniy dengiz flotining toʻsqinligisiz xavfsiz ravishda oʻtishiga ruxsat berilishi uchun toʻlagan. Amerika hijriy 1210 yil, milodiy 1795 yil oʻz tilidan boshqa tilda, Usmoniy davlat tilida shartnoma imzolashga birinchi marta majbur boʻlgan. Yana siz xalifa Abdulhamidning avlodisiz. Abdulhamid yahudiylar Falastinda vatan qilish evaziga Islom davlati xazinasiga berishni taklif qilgan millionlab oltinlarga aldanmagan. Yana siz soat ixtiro qilgan xalifalar avlodisiz. Oʻshanda ular soatlardan birini oʻsha paytda Yevropadagi buyuk qirol Karl Velikiyga hadya qilganlarida uning aʼyonari soatni ichiga shayton va jinlar toʻldirilgan, deb oʻylashgan edi! Ha, biz shunday yorqin, tiniq fikrli edik. Ular esa, puch va juda ham tuban fikrli edilar.
Ey kuch-qudrat ahli, ey Salohiddin va Fotihlar avlodi!
Faqat sizgina Ummatni din dushmanlaridan qutqarish bilan uning qalbiga orom berishga qodirsiz. Faqat sizgina musulmonlar oʻz islomiy yurtlarida tushgan bunday xor va xoʻrlik holatini koʻtarishga qodirsiz. Shunday qilsangiz, birinchi sharafga siz ega boʻlasiz va Ummatning orzu umidini roʻyobga chiqaribgina qolmaysiz, balki butun Ummat sizga ergashadi va uning har bir askari siz bilan, sizning ortingizdan yuradi va siz – Alloh Taoloning izni ila – aslo yolgʻiz boʻlmaysiz. Shunday ekan, roshid Xalifalikni barpo etish uchun bizga, Hizb ut-Tahrirga nusrat berishga qoʻzgʻaling. Bu faqatgina ishning voqesi koʻrsatib turgan nusratga olib boruvchi tariqatgina emas, balki birinchi navbatda buyuk farz hamdir. Zero, bu bilan Islom ahkomlari qoim boʻlib, jazo-hadlar qoʻllanadi. Usiz Islom ahkomlari insonlar ustidan tatbiq boʻlmaydi, oralarida jazo hadlari ham qoʻllanmaydi. Kimda-kim qodir boʻla turib Xalifalikni barpo qilishga harakat qilmasa, qattiq gunohkor boʻladi:
“…وَمَنْ مَاتَ وَلَيْسَ فِي عُنُقِهِ بَيْعَةٌ، مَاتَ مِيتَةً جَاهِلِيَّةً”
“… Kimda-kim boʻynida bayʼatsiz vafot topsa, dinsizlik oʻlimini topibdi”. Dinsizlik oʻlimini topibdi, degani ushbu gunohning juda qattiqligiga dalolat qiladi.
Ey kuch-qudrat va nusrat ahli, ey nusrat ahli, ey islomiy armiyalar!
Orangizda Musʼab ibn Umayr, Asʼad ibn Zurora, Usayd ibn Huzayr, Saʼd ibn Muoz kabi Alloh Subhanahu va Rosuli ﷺ uchun nusrat berib, bu dunyo va oxirat sharafiga noil boʻluvchilar yoʻqmi?! Saʼd ibn Muozning oʻlimidan hatto Alloh Taoloning arshi titragan, Allohning diniga nusrat bergani uchun shunday boʻlgan. Imom Buxoriy Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Rosululloh ﷺ “Saʼd ibn Muozning oʻlimidan arsh larzaga keldi”, deya marhamat qilganlar. Bas, Alloh, Rosuli va daʼvat ahliga nusrat beruvchilar nahotki orangizda topilmasa?! Axir, sizga butun Ummat intizor boʻlib turibdi. Ummat sizning takbirlaringizga, takbirlaringizga qoʻshilishga, qoʻllaringiz bilan Rosululloh bayrogʻi koʻtarilishiga, siz uchun tahlillar aytishga muntazir. Faqat shu bilangina Ummat qoʻzgʻalib, roshid Xalifalik barpo boʻladi. Xalifalik ichkarida Islomni tatbiq qiladi, tashqarida uni butun olamga daʼvat va jihod orqali olib chiqadi va Alloh Subhanahu unga nusrat beradi.
﴿إِنَّا لَنَنْصُرُ رُسُلَنَا وَالَّذِينَ آمَنُوا فِي الْحَيَاةِ الدُّنْيَا وَيَوْمَ يَقُومُ الْأَشْهَادُ﴾
“Biz rosullarimizga va moʻminlarga dunyo hayotida ham, guvohlar hozir boʻladigan kunda ham albatta nusrat berurmiz” [Gʻofir 51]

Roya gazetasining 2022 yil 9 fevral chorshanba kungi 377-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.