Matbuot bayonoti
Hasina rejimining Bangladesh armiyasini bosqinchi yahudiy vujudi bilan qoʻshma harbiy-dengiz mashgʻulotlarini oʻtkazish uchun yuborishi Islom va musulmonlarga mislsiz xiyonatdir
Avvalda muborak Falastin zaminini ozod etish masalasidan voz kechish bilan Ummatga katta xiyonat qilganidan keyin, endi Hasinaning yolgʻonchi xoin rejimi armiyamizni Koʻrfaz suvlarida AQSh boshchiligidagi keng koʻlamli harbiy-dengiz mashgʻulotlariga bosqinchi yahudiy vujudi safida mashq qilishga yubordi. 2022 yil 31 yanvardan boshlab 18 kun davom etadigan ushbu xalqaro harbiy-dengiz mashgʻulotlariga Amerika musulmon yurtlari bilan yahudiy vujudi oʻrtasida munosabatlarni mustahkamlashning bir qismi oʻlaroq qaraydi.
Shunday qilib, Bangladeshdagi zaif va ojiz rejim yahudiy vujudi bilan munosabatlarni normallashtirayotgan va ittifoqchilik qilayotgan boshqa xoin rejimlar yoʻlidan yurmoqda. Musulmon yurtlari hukmdorlari oʻzlarining gʻarblik xoʻjayinlaridan olgan buyruqqa binoan, muborak Falastin bosqinchisi boʻlmish yahudiy vujudi bilan Ummatga qarshi shu jirkanch yahudiy vujudi paydo boʻlgan kundan beri til biriktirib kelishdi. Hasina rejimi ham yahudiy vujudidan kuzatuv kameralarini yashirincha sotib olish bilan harbiy aloqalarini saqlab keldi. Shunday qilmishlar bilan bu xoin hukmdorlar oʻz taxtlari va boyliklari evaziga dinlarini kofirlarga sotib yuborishdi. Tabiiyki, bu bilan oʻzlarining asl doʻstlari kimlar ekanini oʻz vaqtida fosh qilishdiki, buning hech qanday ajablanarli joyi yoʻq.
Bugunga kelib, togʻut Hasina rejimi Amerikaning Hind va Tinch okeani mintaqasidagi oʻzining yangi strategiyasi doirasida Bangladesh rejimini oʻzgartirish niyatida ekanini anglab yetgach, hokimiyatni saqlab qolish uchun nima qilib boʻlsa ham uni rozi qilishga urinmoqda. Biroq Hasina shuni bilib qoʻysinki, Alloh, Rosuli va moʻminlarga xiyonat qilib, Amerikani rozi qilish siyosatini qabul qilishi bilan bu mustamlakachi davlatning Bangladesh rejimini oʻzgartirish rejasidan aslo qutulib qololmaydi. Axir, biz sobiq Sudan prezidenti Umar Bashirning oʻz taxtini saqlab qolish uchun Amerika talablarini qabul qilib, yahudiy vujudi bilan doʻstlashganini, biroq xoʻjayini Amerika 2019 yil undan qoʻlini yuvib qoʻltiqqa urganini koʻrdik-ku?!
Ey Bangladesh Qurolli kuchlari safidagi xolis zobitlar!
Xiyonat va munofiqlik yurtingizdagi bu ilmoniy hukmdorlarning qon-qoniga singib ketgan. Ulardan biror yaxshilik kutishingizga hojat qolmadi. Chunki barchalari mustamlakachi kofirlar manfaatlarini amalga oshirish uchungina yashamoqdalar. Umumiy olganda, Alloh, Rosuli va moʻminlarga, xususan, muborak Falastin zaminidagi musulmonlarga xiyonat qilishga asoslangan loyihalarda sizlardan foydalanishlari bizning qonimizni qaynatmoqda. Shuning uchun, biz Hizb ut-Tahrir – Bangladesh viloyati aʼzolari sizga shuni eslatmoqni istadikki, muborak Falastin zaminini ozod etish sharafi har bir musulmon yuragi toʻridan joy olgan, aqidalari shunga bogʻlangan. Nega, chunki bu Rosulimiz ﷺning Isro va Meʼroj maskani hamda Alloh Taolo barakotli qilgan maskandir. Shu bois, Falastinni siz qizil chiziq, deb bilmogʻingiz kerak. Chunki uning bir qarichidan ham kofirlar uchun voz kechmoq haromdir. Hatto musulmon yurtlaridagi barcha qurolli kuchlar ushbu muborak zaminni yahudiylardan ozod etib, Ummat bagʻriga qaytarmogʻi darkor. Tepangizdagi xoin rejim mustamlakachining noqonuniy yetimchasi boʻlgan yahudiy vujudini mudofaa qilish missiyasini bajarishda sizdan foydalanyapti. Hasina rejimi bilan yahudiy vujudi oʻrtasidagi yashirin aloqa endi hech kimga sir boʻlmay qoldi. Sizni mana shu najas vujud bilan birgalikda harbiy mashgʻulot oʻtkazishga yuborganligi navbatdagi reja boʻlib, undan bizda bu kabi jinoyat va xiyonatlarga asta-asta koʻnikma paydo qilish koʻzlangan. Qachon siz Islom va musulmonlarning dushmanlari tarafida boʻlishni tanlasangiz, demak, siz ham shu ulkan xiyonatchilarning bir boʻlagiga aylanasiz va ertaga sizdan ham yahudiy vujudini doʻst tutishni ochiq talab qilishadi.
Ey Xolid, Salohiddin Ayyubiy, Muhammad Fotih roziyallohu anhumlar avlodi!
Hozir tepangizdagi munofiq rejimni qoʻporib tashlashning munosib vaqtidir. Chunki uning kim ekanligi odamlarga yaqqol maʼlum boʻldi. Hizb ut-Tahrir sizdan Paygʻambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalikni barpo etishga nusrat talab qilmoqda. Zero, musulmonlarning Rosululloh ﷺning Isro maskanidagi yoʻqotgan ulugʻliklarini qayta olib berishga faqat ushbu davlatgina qodirdir.
Alloh Subhanahu va Taolo bunday deydi:
﴿إِنَّمَا يَنْهَاكُمْ اللَّهُ عَنْ الَّذِينَ قَاتَلُوكُمْ فِي الدِّينِ وَأَخْرَجُوكُمْ مِنْ دِيَارِكُمْ وَظَاهَرُوا عَلَى إِخْرَاجِكُمْ أَنْ تَوَلَّوْهُمْ وَمَنْ يَتَوَلَّهُمْ فَأُوْلَئِكَ هُمْ الظَّالِمُونَ﴾
“Alloh sizlarni faqat dinlaringiz toʻgʻrisida sizga qarshi jang qilgan va sizni oʻz diyoringizdan haydab chiqargan hamda sizni haydab chiqarishda bir-birlariga yordamlashgan kimsalar bilan doʻstlashishlaringizdan qaytarur. Kimki ular bilan doʻstlashsa, bas, ana oʻshalar zolim kimsalarning oʻzidir” [Mumtahina 9]
Hizb ut-Tahrirning Bangladeshdagi
matbuot boʻlimi