Qirḡiziston hukumati “ekstremizm” bahonasida Islomga qarşi kuraşni yanada kuçaytirmoqçi
2021-yilda Qirḡizistonda yangi konstituciya qabul qilindi. Şundan buyon qonunlarni yangi konstituciyaga muvofiqlaştiriş harakatlari davom etmoqda. Bu iş doirasida Içki işlar vazirligi tomonidan “Ekstremistik faoliyatga qarşi kuraş tōḡrisida”gi qonun işlab çiqildi. Qonun loyihasi 29-dekabrdan 28-yanvargaça jamotçilik muhokamasiga qōyildi.
Maʼlumki, mustamlakaçi kofirlar ōzlarining Islomga qarşi kuraşlarini “ekstremizm” niqobi bilan yaşirib kelişadi. Islomiy ōlkalarda esa kofirlarning bunday fitnalarini ularning malaylari şunday qonunlar qabul qiliş va tatbiq qiliş orqali amalga oşirib berişadi. Hukumat bu qonunni kofir xōjayinlariga yoqiş ilinjida qabul qilmoqçi ekanligi yuqoridagi qonun loyihasida oçiq kōrinib turibdi.
Masalan, qonun loyihasida şunday matnlar mavjud:
1-modda. Ekstremistik faoliyatga qarşi kuraşning huquqiy asoslari
Ekstremistik faoliyatga qarşi kuraşning huquqiy asoslari bōlib… xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan tamoillari va normalari, şuningdek… xalqaro şartnomalar hisoblanadi.
5-modda. Ekstremizmga qarşi kuraş sohasida xalqaro hamkorlik
… Qirḡiz Ruspublikasining davlat organlari… Qirḡiz Respublikasining xalqaro şartnomalar asosida xorijiy davlatlarning huquqni muhofaza qiluvçi organlari, şuningdek, xalqaro taşkilotlar bilan ōzaro hamkorlik qilişadi.
“Xalqaro huquq”, “xalqaro taşkilotlar” va “xalqaro şartnomalar” mustamlakaçi kofirlarning bizning yurtlar bōyniga solgan sirtmoḡi ekanligi heç kimga sir emas.
Ha, Qirḡizistonda Islomga qarşi bunday qonun birinçi marta qabul qilinayotgani yōq. Uşbu qonun loyihasi avvalgi qonunlarning “takomillaştirilgan” davomi xolos. Hozirgi qonun loyihasining avvalgilaridan farq qiluvçi xususiyatlarini quyidagi 3 nuqtada kōrsatib ōtsa bōladi.
1. Amaldagi Qirḡiziston hukumati bu qonun loyihasini Şanxay hamkorlik taşkilotining “Ekstremizmga qarşi kuraş tōḡrisida konvenciya”siga muvofiqlaştirmoqda. Bu “Ekstremizmga qarşi kuraşda kofir xōjayinlardan Rossiya va Xitoyga ergaşamiz” degan maʼnoni anglatadi. Yaʼni, Islom va musulmonlarga qarşi kuraşda Rossiya va Xitoyning keskin çoralarini kōçirib oliş va şu orqali kofir xōjayinlariga xuşomad qilişmoqda.
2. Hukumatning “dunyoviy” raqiblariga nisbatan ham “ekstremizm” tamḡasini bosilişi. Çunki, ŞHT tomonidan ekstremizmga berilgan taʼrif bunga yōl beradi. Şu sababli ham 2 yildan buyon ḡarbparastlar tomonidan xalqaro ekspertlar iştirokida Bişkekda “Ekstremizmga qarşi kuraşda inson huquqlari” mavzusida davra suhbati ōtkazib kelinmoqda. Bu bilan ḡarbparast muholifat guruhlari ōzlarini ekstremizmda ayblanişlaridan himoya qilmoqçi bōlişmoqda. Biroq, agar qonun işga tuşsa ḡarbparastlarning bu harakatlarining ahamiyati qolmaydi. Çunki, xali qonun qabul qilinmay turib, ayrim muholifat vakillarini ekstremizda ayblay boşlaşdi. Aytiş joizki, ōz vaqtida xolis musulmonlar ekstremizmda ayblanib, oḡir jazoga tortilganida bu “dunyoviy”lar qarsak çalib quvonişgan edi. Endi tayoqning ikkinçi uçi ularning boşiga tegadigan bōlib turibdi.
3. Bunga qadar Qirḡizistonda 21 diniy taşkilot faoliyati taqiqlanib, ularning aʼzolariga nisbatan turli jazolar qōllanib kelindi. Endilikda bu qonun faoliyati ilgari taqiqlanmagan “mōʼtadil islomçilar”ni ham nişonga olişga qartilgan. Sababi Içki işlar vazirligi bayonotida şunday deyiladi: “Qirḡizistonda diniy taşkilotlar va ayrim fuqarolarning buzḡunçi faoliyati xayriya, taʼlim yoki boşqa ijtimoiy ahamiyatga ega akciyalar niqobi ostida amalga oşirilmoqda. Ularning xatti-harakatlarini muayyan bosqiçida ekstremizm va zōrovonlik belgilari kōrinmasa-da ayrim fuqarolar, jamiyat va butun mamlakat hayotiga tahdid soladi”. Bu bayonot – vaqti kelganda – salafiy xayriya jamḡarmalari va tabliḡçilar tugul, hatto gulençilar ham taqiqlanişini anglatadi. Aslida bunday harakatlar qonun qabul qilinişidan avval boşlangan. Bōlib ōtgan parlament saylovida nomzodlarga diniy sōzlardan foydalaniş taqiqlandi. Ōzlarini “mōʼtadil islom” vakillari qilib kōrsatgan nomzodlar Islom haqida bir oḡiz sōz aytmay saylovda qatnaşişdi. (Şu taqiq tufayli oḡizlarini yopib olişdi, parlamentga kelgandan keyin qanday qilib taqiqlar qarşisida dinga xizmat qilişadi…) Bundan farqli ōlaroq, Islomni ḡarb falsafasi nuqtai nazaridan muhokama qiladigan “daʼvatçilarga” yōllar oçib berilmoqda. Masalan, kuni keça ulardan baʼzilari “yangi yilni nişonlaş joizgina emas, vojibdir” degan fikrlarni tarqatişdi.
Uşbu qonun loyihasining asosiy nuqtalari mana şular. Bundan Qirḡiziston hukumati dinimizga qarşi kuraşni kuçaytirişni kōzlayotgani kōrinib turibdi. Şuningdek, yangi qabul qilingan diniy koncepciyadan ham, “ekstremizm” borasida yangilangan jinoyat kodeksidan ham şu maqsad ayon bōlmoqda.
Biroq, bularning barçasi – Allohning izni bilan – barbod bōladi, in şa Alloh. Çunki, dunyoda va mintaqada bōlayotgani kabi Qirḡizistonda ham mafkuraviy va siyosiy bōşliq tobora çuqurlaşib bormoqda. Nasib etsa, bu mafkuraviy bōşliqni Islom, siyosiy bōşliqni siyosiy ongli musulmonlar tōldirişadi. Mustamlakaçi kofirlar va ularning malaylarining makr-xiylalari ōzlarining ziddilariga bōladi.
Alloh taolo aytadi:
وَيَمْكُرُونَ وَيَمْكُرُ اللَّهُ وَاللَّهُ خَيْرُ الْمَاكِرِينَ
“Ular makr qildilar va Alloh ham “makr” qildi. Alloh “makr” qiluvçilarning yaxşiroḡidir” [8:30]
Hizb ut-Tahrirning Qirḡizistondagi matbuot bōlimi
06. 01. 2022