بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Musulmonlarda Xalifalikni barpo etish imkoniyati bormi?!
Shayx Said Rizvon Abu Avvod (Abu Imod) qalamiga mansub
– Olam musulmon yurtlariga qarshi misli koʻrilmagan quturgan urushni guvohi boʻlmoqda. “Terrorizmga qarshi kurash” niqobi ostidagi bu urushda dunyoning hech istisnosiz barcha davlatlari qatnashmoqda… Bu urushda musulmon yurtlari boyliklari talon-toroj qilinib, resurslari yoʻq qilinmoqda.
– Olam guvoh boʻlayotgan bu proksi urushlarni yollanma armiyadagi mustamlakachining manfaatlaridan boshqa narsani bilmaydigan malay qoʻmondonlar boshqaryapti.
– Bugungi kunda istibdod, zulm, tugʻyon, ochlik va qashshoqlikda yashayotgan xalqlar ustidan gapirsa yolgʻon gapiradigan, qasam ichsa qasamxoʻrlik qiladigan, vaʼda bersa albatta buzadigan, raqobatlashsa gʻirromlik qiladigan rahbarlar yetakchilik qilmoqda.
– Olam guvoh boʻlayotgan bu kurashlarda yirik davlatlar xalqlar taqdiri ustidan hukm oʻtkazib, bir-birlari bilan nufuz va manfaat talashishmoqda.
Mana shunday ogʻir voqelik oldida oʻz-oʻzidan savol tugʻiladi: Musulmonlarda Xalifalikni barpo etish imkoniyati bormi?!
Masalaning ogʻir tomoni Xalifalikning hech bir davlatda yoʻqligidir. Xalifalik hazoratga bogʻliq alьternativa boʻlib, kapitalizmga tahdid soladi hamda u bilan boʻlgan kurashni hazorat bilan bogʻliq kurashga, hayot-mamot kurashiga aylantiradi. Ushbu hayot-mamot kurashida ikki tomon oʻz oralariga boshqa hech kimni sigʻdirmaydi hamda bu kurash to biri ikkinchisini yoʻq qilmaguncha aslo tugamaydi… Chunki u aqida va mabda kurashidir.
– Xoʻsh, shunday bir vaziyatda Xalifalikni barpo etish imkoniyati bormi yoki yoʻqmi?!
Bunga javob aytishdan oldin shuni eslatmoqchimizki, har qanday holatda ham biz Alloh tomonidan Xalifalikni barpo etish vazifasi yuklangan musulmonlarmiz. Biz Allohga nusrat faqat Uning qoʻlida, barcha ish Unga qaytadi, qachon bir narsani istasa va boʻl, desa albatta boʻladi, deya imon keltirganmiz. Demakki, harakat qilmoq va Unga tavakkul etmoq bizning zimmamizda. Keyin, Allohning nusrat va gʻoliblik vaʼdasiga musharraf boʻlgan bizmiz. Alloh Taolo bunday dedi:
﴿وَعَدَ اللَّهُ الَّذِينَ آمَنُوا مِنكُمْ وَعَمِلُوا الصَّالِحَاتِ لَيَسْتَخْلِفَنَّهُمْ فِي الْأَرْضِ كَمَا اسْتَخْلَفَ الَّذِينَ مِن قَبْلِهِمْ وَلَيُمَكِّنَنَّ لَهُمْ دِينَهُمُ الَّذِي ارْتَضَى لَهُمْ وَلَيُبَدِّلَنَّهُم مِّن بَعْدِ خَوْفِهِمْ أَمْناً يَعْبُدُونَنِي لَا يُشْرِكُونَ بِي شَيْئاً وَمَن كَفَرَ بَعْدَ ذَلِكَ فَأُولَئِكَ هُمُ الْفَاسِقُونَ﴾
“Alloh sizlardan imon keltirgan va yaxshi amallar qilgan zotlarga xuddi ilgari oʻtgan zotlarni xalifa qilganidek ularni ham yer yuzida xalifa qilishni va ular uchun Oʻzi rozi boʻlgan (Islom) dinini gʻolib-mustahkam qilishni hamda ularning (ahvolini) xavfu-xatarlaridan soʻng tinchlik-xotirjamlikka aylantirib qoʻyishni vaʼda qildi. Ular Menga ibodat qilurlar va Menga biron narsani sherik qilmaslar. Kim mana shu (vaʼda)dan keyin kufroni (neʼmat) qilsa, bas ular fosiqlardir” [Nur 55]
Qolaversa, moddiy kuchlar va xalqaro sharoitlarni muhokama qilish uchun avvalo xalqaro voqelikni, boshqaruv va davlat talablarini ongli ravishda anglash va har bir ish tayyorgarligini koʻrish lozim. Chunki gʻoya buyuk, dushman kuchli, kofirlar makri abadiy.
Mazkur savolga javob berish uchun quyidagilarni oʻrganish lozim boʻladi:
1 – Xalqaro vaziyat:
Xalqaro vaziyatni oʻrganib chiqsak, Amerikaning yakkahokimligini, davlatlararo qarorlarni boshqarib, xalqaro tizimga hukmronlik qilayotganini guvohi boʻlamiz. Uning “kim biz bilan boʻlmasa, u bizdan emas”, degan shior ostidagi bu harakati uning olam davlatlariga dushmanligini va oʻz manfaatlari oldida ularning manfaatini mensimayotganini koʻrsatmoqda. Xalqaro munosabatlarning negizi kurash va til biriktiruv boʻlib qoldi, hamma hamma uchun tuzoq qoʻyyapti. Dunyoning barcha kurash oʻchoqlarida davlatlararo nufuz talashishni koʻryapmiz.
Masalan, AQSh bilan Xitoy oʻrtasidagi kurash hamda AQSh bilan uning Shimoliy Atlantika Alyansi (NATO)dagi sheriklari oʻrtasidagi kurash kabi. Shuningdek, AQSh-Rossiya munosabatlaridagi notinchlik, dushmanlik darajasiga yetganini, Yevropa bilan Rossiya oʻrtasida kuchli adovat borligini koʻryapmiz.
Keyin, AQShning Atlantika Alyansi yetakchisi sifatida Afgʻonistondan chiqib ketishi ushbu Alyansga aʼzo davlatlarda va ularning Alyans istiqboliga boʻlgan qarashlariga katta salbiy taʼsir koʻrsatdi. Bu esa, ushbu Alyansning parchalanishidan darak bermoqda.
AQSh-Britaniya-Avstraliya ittifoqi hamda Frantsiya oʻziga nisbatan orqadan pichoq urish, deya baholagan yadroviy suv osti kemasi bilan bogʻliq shartnoma Yevropa Ittifoqi davlatlarining oʻzaro munosabatlariga salbiy taʼsir qildi, bundan keyin ham taʼsir qiladi. Shu bilan birga bu kelishmovchilik Yevroittifoqning AQSh bilan boʻlgan munosabatiga, xususan Frantsiya-Britaniya munosabatlariga ham taʼsir qiladi.
Shuningdek, biz nufuz mintaqalari ustida proksi urushlar va harbiy toʻntarishlarda oʻz aksini topgan davlatlararo kurash ketayotganining ham guvohi boʻlmoqdamiz.
2 – Dunyoga hukmronlik qilayotgan kapitalistik tuzum:
Dinni hayotdan ajratish, amallar oʻlchovini utilitarizmga (manfaatparastlikka) aylantirish, erkinlikni jilovsiz qoʻyish, har qanday qadriyatdan qutulish, ateizm, jinsni oʻzgartirish va buzuqlikni keng yoyish, bularning barchasi buzuq jamiyatlarni keltirib chiqardi. Oʻz navbatida, bu jamiyatlarda millatchilik va irqchilik kabi xavfli illatlarni, oʻng qanot ekstremistik oqimlarni, uyushgan jinoyatchilik va giyohvandlik guruhlarini paydo qildi, jamiyatlarni parchaladi hamda ularning birligi va jipsligini buzib, krizis va muammolarga dosh berolmaydigan zaif jamiyatlarga aylantirdi.
Utilitar kapitalistik tuzum oʻzining demokratik siyosiy asosi hamda standartlarining ikkilamchiligi, gʻoya vositani oqlaydi, degan tushunchasi bilan jamiyat va davlatlar ichida kurashlarni keltirib chiqardi. Buzgʻunchi, axloqiy, insoniy va ruhiy qadriyatlarni paydo qilib, jamiyat va davlatlarni badboʻy balchiqqa botirib tashladi.
Ushbu tuzumdagi iqtisodiyotning asosi (yaʼni nisbiy yetishmovchilik) krizislarni keltirib chiqardi va krizislarga vahshiyona yechimlar berdi. Oqibatda ochkoʻz kapitalistlar va qattol monopolistlar yetishib chiqdi.
Xullas, kapitalistik tuzum hamma yovuzlikning oʻchogʻi va hamma xalqlar baxtsizligiga sababchidir. Kapitalizm qay davlatga qadam bosmasin, u yerda albatta vayronagarchilik, korruptsiya, qashshoqlik, ocharchilik va repressiya keltirib chiqardi. Paydo qilgan krizislari oʻzining kapitalistik tuzumiga qattiq taʼsir qilib, kapitalistik iqtisodiy muammolarga va kapitalistik jamiyat illatlariga yechim berolmaydigan tuzumligini namoyon qildi. Bu tuzum dunyodagi deyarli har bir davlatni qarzga botirdi va ularda turli kasalliklarni tarqatdi.
Kechagi kunda yechim, deyilgan erkinlik, demokratiya va ilmoniylik bugunga kelib hamma muammoning asl illati va balogardoni ekanligi ayon boʻldi.
3 – Islom Ummatining holati:
Ummatning bugungi holatiga nazar tashlagan kishi quyidagilarga guvoh boʻladi:
– Butun Islom yurtlarida islomiy uygʻonish boʻlayotgani va ushbu hodisalar natijasida kelib chiqqan Ummatdagi ong darajasining oʻsayotgani.
– Ummatning mustamlakachilar va ularning vositalarini qattiq yomon koʻrayotgani.
– Musulmon yurtlarida haqiqiy oʻzgartirish maqsadida qoʻzgʻolonlar portlagani, bu qoʻzgʻolonlar hukmdorlarni ojiz qoldirib, tayanchlarini yoʻq qilib, mustamlakachining nufuzini kulini koʻkka sovurayotgani.
– Xalifalik loyihasining barcha musulmon yurtlarida afkori ommaga aylanayotgani, u yerlardagi xalq bazasi tomonidan qoʻllab-quvvatlanayotgani, xalqning Xalifalik soyasida va shariat hukmronligida yashashga intiqligi.
– Islomiy hayotni qayta boshlashni tabanniy qilgan mabdaga asoslangan Hizb ut-Tahrirning mavjudligi. Bu Hizbning balandparvoz gaplarni shior qilib olmagani, balki mufassal komil islomiy loyiha va dasturga ega ekanligi. Hizbning hayotdagi ichki va tashqi jihatdan eng kichik narsalargacha tartibga soluvchi batafsil nizomlarni ishlab chiqqanligi. Hizbning musulmonlar qayerda boʻlmasin, ularning masalalarini qabul qilib, ularga chegara bilmas, rang va irq tanlanmas olamshumul Islomni berganligi. Oʻz tarafdorlarini yetakchilar va davlat arboblari sifatida yetishtirib, har birini Islom saqofati bilan qurollantirganligi, ularda siyosatni ajoyib suratda tushunish va davlatni mabdaiy aqidaviy maʼmuriy boshqarish uchun loyiq kuchni yaratganiligi.
Xulosa:
– Biz mustamlakachi davlatlar oʻrtasida ketayotgan va manfaat uchun bir-birlarini qonini toʻkayotgan xalqaro kurashni boshdan kechiryapmiz.
– Kapitalistik tuzumning yiqilayotganini, oʻz muammolarini yechishdan ojizligini, qadriyatlari yoʻqolib, davlati muvaffaqiyatga uchraganini boshdan kechiryapmiz.
– Xalqlar ustidan hukmron boʻlishga qaratilgan harbiy yechimning barbod boʻlayotganini boshdan kechiryapmiz.
– Birinchi davlat boʻlmish Amerika boshchiligidagi Gʻarb jamiyatlarining ich-ichidan boʻlinayotganini, tarkibiy qismlar oʻrtasida aloqalar uzilib, parchalanganini koʻryapmiz. Bu jamiyatlarda qotil irqchilik avj olib, musulmonlarni aslo sigʻdirolmayotganiga, butun bir jamiyat yashab qolishi uchun lozim boʻlgan eng muhim vositalar esa, falaj ahvolga kelib qolganiga guvohi boʻlyapmiz.
– Hukmdorlarning oʻzliklaridan uzilib, taxtlari likillab qolganini, repressiv harbiy tayogʻini ichdan qurt yemirayotganini koʻryapmiz.
– Bularning muqobilida, Islomni koʻryapmiz. Uning agar roshid Xalifalikka va loyiq xolis yetakchilikka yetishsa, kufr millati uning yaqiniga ham yoʻllay olmaydigan eng yirik energiya sifatida tobora oʻsayotganini guvohi boʻlyapmiz.
– Demak, biz shunday oltin fursat-imkoniyatni koʻryapmizki, u musulmonlarga – mana, sizning zamoningiz keldi, turing arslondek oʻkirib, dushmaningizni yoʻq qiling, Xalifalikni barpo eting, sizni sharaf kutmoqda, siz unga loyiqsiz, demoqda.
– Biz borliqni yaratgan Xoliqqa imkon keltirib, borliqni boshqarish tadbir qilish kalitlari qoʻlida ekaniga, avliyolariga nusrat berib, dushmanlarini xor etishiga, bergan vaʼdasi albatta haqligiga, qilgan hukmi uzil-kesil ekaniga imon keltirganmiz.
Allohdan soʻraymizki, butun musulmonlarning, xususan, kuch-qudrat ahlining qalbini oʻz dinlariga nusrat berish, Xalifalikni barpo etish va Hizb ut-Tahrirdagi birodarlariga qoʻllarini uzatish sari ochsin… Alloh Taolo ularni ham, bizni ham bunday ishga musharraf aylab, nusratini ularning va bizning qoʻllarimiz bilan bersin. Bu bilan barchamizni bu dunyo azizligiyu oxirat ulugʻligiga noil qilsin.
Roya gazetasining 2021 yil 10 noyabr chorshanba kungi 364-sonidan