Musulmonlar bechora asirlar ustidan javobgar boʻlib, ularga yordam berishlari vojib

280
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Musulmonlar bechora asirlar ustidan javobgar boʻlib, ularga yordam berishlari vojib

Chorshanba kuni “Mahbuslar Masalasi va ularni Ozod etuvchilar Tashkiloti” chiqargan hisobotda ochlik eʼlon qilgan mahbuslarning sogʻligi kundan-kunga yomonlashib, juda xavotirli va xavfli tus olayotganini maʼlum qildi.
Ushbu xabarga izoh sifatida, Hizb ut-Tahrir – muborak Falastin zamini matbuot boʻlimi oʻzining saytida bayonot nashr qilib, quyidagilarni taʼkidladi:
“Bosqinchi yahudiylar qoʻlidagi asirlarni qutqarishga butun Islom Ummati, xususan, qodir musulmonlar javobgardir. Ularni qutqarish Alloh Azza va Jallaning hamda Rosululloh ﷺning buyrugʻidir. Yahudiy vujudini ildizi bilan qoʻporib tashlab, mahbus birodarlarimizni qutqarish va muborak zaminni ozod etish Ummat safidagi barcha harbiy kuchlar zimmasiga tushgan vojib vazifadir. Chunki Ummat bunga qodir. Mahbuslarni – goʻyo ular yordamchisiz yetimlardek – qornilari ochlikdan qurillayotgan bir ahvolda yolgʻiz oʻzlari kurashishlariga tashlab qoʻyish aslo joiz emas. Balki ikki milliardlik Ummatimizga loyiq ish Alloh va Rosulining amriga itoat qilgan holda zudlik bilan ularni qutqarishga harakat qilishdir.
Shubhasiz, mahbuslar muammosi va bosib olingan zamin muammosi bir-biri bilan chambarchas bogʻliq masala. Mahbuslar bosqinchi yahudiylarga qarshi kurashib, Rosululloh ﷺning Isro maskanlari va muborak Falastin muammosiga oydinlik kiritdilar. Bas, shu yoʻlda hibsda saqlanayotgan bu kabi er kishilarning asirlikda qolishlari aslo mumkin emas. Bilʼaks, musulmonlar ularni ozod etish sari barcha saʼy-harakatlarini birlashtirmoqlari darkor. Chunki ularning masalasi juda dolzarb boʻlib, favqulodda harakatni talab qiladi. Ularga yordam bermay qolaverish gunohi azim boʻlib, Allohu va Rosuliga osiylik hamda Ummat va muhbuslarga nisbatan xiyonatdir. Zotan, ular butun umrlarini yahudiylar qamoqlarida oʻtkazmoqdalar.

Roya gazetasining 2021 yil 10 noyabr chorshanba kungi 364-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.