بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Turkiyada irqchi-millatchilar tomonidan suriyalik muhojirlarga qilingan hujumlar musulmonlar birodarligiga raxna sololmaydi!
Yaqinda Anqaraning Altindag‘ tumanida suriyalik muhojirlarning uylari toshbo‘ron qilinib, do‘konlari talon-toroj qilindi. Ushbu dahshatli hujumlarga nisbatan Hizb ut-Tahrir – Turkiya viloyati matbuot bo‘limi bayonot chiqarib, quyidagilarni ta’kidladi:
«Bu – bir hovuch vandallarning qabul qilib bo‘lmas hujumlaridir. Albatta bu hodisalar ishsizlik darajasining oshishi va turk lirasining qadrsizlanishini suriyalik va afg‘on birodarlarimizning Turkiyaga kelishi bilan bog‘lagan siyosatchilarning bayonotlari sababli kelib chiqqani ochiq ko‘rinib turibdi».
Matbuot bayonoti buning sabablarini kapitalistik tuzumning tatbiq qilinishiga, uning bir asrdan beri saqofiy emirilishga yuz tutayotganiga hamda ilmoniy ideologiyaga imon keltirib, irqchilik ma’ruzalariga laqqa tushgan jamiyatdagi g‘arbparast qatlamga bog‘ladi. Turk hukumatini bu kabi hodisaning sodir bo‘lishini oldini olish uchun kerakli choralar ko‘rishga, bir vaqtning o‘zida, mana shunday irqchilikka gijgijlovchi siyosatchilarni jazolashga chaqirdi. Bayonot so‘nggida bunday deyiladi:
«Shubhasiz, faqat roshid Xalifalik davlatigina irqchilik illatini yo‘q qilib, musulmonlar o‘rtasiga tortilgan sun’iy chegaralarni parchalab tashlaydi hamda ularni bir tanu bir jon bo‘lgan birodarlarga aylantiradi».
Roya gazetasining 2021 yil 25 avgust chorshanba kungi 353-sonidan