بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Hizb ut-Tahrir – Keniya «Iqtisodiy qiyinchiliklar… echim Islomda» nomli kampaniyani tamomladi
Alhamdu lillah, Hizb ut-Tahrir – Keniya o‘zining 2021 yil 11 iyulda boshlagan va bir oy davom etgan iqtisodga oid kampaniyasini 2021 yil 11 avgustda tamomladi.
Kampaniyada qator tadbirlar o‘tkazildi. Jumladan, masjidlarda ommaviy suhbatlar va ko‘chalarda namoyishlar, internet orqali teledebatlar va boshqalar kabi. Zulhijjaning oxirgi juma kuni poytaxt Nayrobida, Mombasa, Kilifi, Malindi, Kvali kabi sohilbo‘yi shaharlarida Hizb ut-Tahrir – Keniya tomonidan chiqarilgan «Olamdagi iqtisodiy qiyinchiliklarning asl sababchisi buzuq kapitalistik iqtisoddir» nomli varaqa tarqatildi.
Kampaniya davomida Hizb ut-Tahrir – Keniya kapitalizmdagi buzuq va noto‘g‘ri iqtisod nizomining mohiyatini yoritib berishga muvaffaq bo‘ldi, bu nizomning Ummat yuz tutayotgan iqtisodiy azob-uqubatlarga qanday sabab bo‘lganini bayon qildi. Hizb, o‘z navbatida, odamlarga Xalifalik davlatida o‘n uch asr mobaynida tatbiq qilingan Islomdagi iqtisod nizom haqida ham tiniq tushuncha berib o‘tdi. Shuningdek, amalda qanday echimlar berganini, ertaga – insha Alloh – barpo bo‘lajak Xalifalik davlatida iqtisodiy muammolarni hal qilish uchun ushbu iqtisodimizning qanday tatbiq etilishini har tomonlama bayon qildi.
Kampaniyaning maxsus hashtaglari:
Inglizcha: #EconomicHardships_IslamIsTheSolution
Savohiliy tilda: #MsotowaKiuchumi_Uislamundio_Jibu
Roya gazetasining 2021 yil 18 avgust chorshanba kungi 352-sonidan