Bugungi kunda musulmonlar yashayotgan voqe’lik
(2 qism)
Islomiy hayotni qayta boshlash
Ba’zi insonlarning zehnlariga islom olamidagi ayrim mamlakatlarning “biz Islom jumhuriyatimiz”, “dasturlarimizning asosiy manbai Islomdir”, degan bayonotlariga asoslanib savolga tutadilar; nega shunday mamlakat ham dorul islom bo‘lolmaydi? Bu savolning javobi, o‘sha islomiy davlatlar deb gumon qilinayotgan davlatlarning voqe’sini tushinishdan kelib chiqadi. Bunday davlatlar ham har qanday boshqa musulmon mamlakatlaridan faqat nomi bilan, ayrim juz’iy qonunlari bilan hamda vaz’iy nizomlar uchun ayrim yamoq solishlari bilangina ajralib turadi. Bunday davlatda o‘zining ichki va tashqi siyosatida vaz’iy nizom va qonunlar qo‘llaniladi: Islom olamidagi boshqa davlatlarni tan oladi. Har qanday davlatning vaz’iy xalqaro qonunlar bilan muhofaza qilingan xududlarini va ularning mustaqilligini tan oladilar. Dinni hayotdan ajratish aqiydasi asosiga qurilgan demokratiyani tatbiq etishga chaqirishadi.
Dorul islom va xalifalik davlati voqe’sini yanada tiniqroq ifodalash uchun Xalifalik davlatining shar’iy sifat va o‘zgachaliklariga to‘xtatib o‘tish lozim. Ushbu sifat va o‘zgachaliklar zaruriy bo‘lgan to‘rtta asosga quriladi.
Birinchisi;
Islom davlatida etakchilik faqat shari’atniki bo‘ladi. Ushbu davlatda shaxsning, ummatning va hokimning irodasini yurgizadigan omil – aql yoki ko‘pchilik ovoz emas, balki, shari’atdir. Alloh taolo aytadi:
يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا أَطِيعُوا اللَّهَ وَأَطِيعُوا الرَّسُولَ وَأُولِي الْأَمْرِ مِنكُمْ ۖ فَإِن تَنَازَعْتُمْ فِي شَيْءٍ فَرُدُّوهُ إِلَى اللَّهِ وَالرَّسُولِ إِن كُنتُمْ تُؤْمِنُونَ بِاللَّهِ وَالْيَوْمِ الْآخِرِ
“Ey, iymon keltirgan insonlar! Allohga itoat qilinglar, Rasuliga va o‘zingizdan bo‘lgan etakchi boshliqlarga itoat qilinglar. Agar biror narsada talashib tortishib qolsangizlar, modomiki, Allohga va oxirat kuniga ishonar ekansizlar, uni Allohga va Rasuliga qaytaringlar”. [Niso surasi 59].
Demak, davlatni ham, Ummatni ham xarakatga keltiradigan narsa Muhammad – sollallohu alayhi vasallam – Allohning xuzuridan olib kelgan shari’atdir. Ushbu shari’at hatti-harakatlar va narsalardagi, shaxslar orasidagi, hokim bilan xalq orasidagi yoki Islom davlati bilan boshqa davlat va xalqlar orasidagi kelishmovchiliklarni bartaraf etishda murojaat etiladigan yagona asosdir. Ushbu davlatda Ummat hokimga u Allohning buyruq va qaytariqlarini ijro qilishi uchun ya’ni, shari’atni ijro qilishi uchun, Allohning kitobi va Rasulining sunnati asosida bay’at beradi. Agar hokim shari’atdan chetlashsa, toki u shari’atga qaytmagunicha Ummat uni muhosaba qiladi. Agar u kufri bavvoh(ochiq oshkora kufr)ni zohir qilsa, Ummat unga qarshi jangga kirishadi. Agar buning aksi o‘laroq, bay’at beruvchilar shari’tdan chiqib ketishsa, to ular shari’atga qaytmagunlaricha hokim ularga qarshi kurashadi.
Demak, Ummat ham, shaxs ham, hokim ham shari’atga bo‘ysunadi. Mana shundan kelib chiqib aytish mumkinki, etakchilik Islomda xalqniki yoki aqlniki emas, faqat shari’atnikidir. Demak, Dorul islomdagi har bir ishni harakatga keltiruvchi va uni yurgizuvchi omil shari’atdir. Alloh taolo aytadi;
وَمَا كَانَ لِمُؤْمِنٍ وَلَا مُؤْمِنَةٍ إِذَا قَضَى اللَّهُ وَرَسُولُهُ أَمْرًا أَن يَكُونَ لَهُمُ الْخِيَرَةُ مِنْ أَمْرِهِمْ
“Biror mo‘’min yoki mo‘’mina uchun agar Alloh va Rasuli biror ishda hukm qilsa, ular uchun o‘z ishlarida xech qanday ixtiyor qolmaydi”. [Ahzob surasi 36]. Yana aytadi:
فَلَا وَرَبِّكَ لَا يُؤْمِنُونَ حَتَّىٰ يُحَكِّمُوكَ فِيمَا شَجَرَ بَيْنَهُمْ
“Yo‘q, Robbingizga qasamki, ular hatto o‘zaro chiqqan kelishmovchiliklarida sizni hakam qilmagunlaricha aslo mo‘’min bo‘lolmaydilar”. [Niso surasi 65].
Rasululloh – sollallohu alayhi vasallam – marhamat qiladilar;
من أحدث في أمرنا هذا ما ليس منه فهو رد
“Kim bizning bu ishimizdan ya’ni dinimizdan yo‘q narsani yangilik qilib kiritsa, u mardud-rad qilingandir”. Buxoriy va Muslim rivoyati.
Ikkinchisi:
Islom davlatida saltanat Ummatnikidir. Saltanatga ya’ni kuch va hukmga faqat Ummat egalik qiladi. Hukm bu erda shar’iy hukmni ijro qilish ma’nosidadir. Biroq, Alloh taolo shari’atni ijro qilish uchun ham bir tariqatni belgiladi. Shari’atni tatbiq etishning shar’iy tariqati – ustida xalifa turadigan davlatdirki, Ummat shu xalifaga bay’at beradi. Xalifa shari’atni tatbiq etishda, uni butun olamga olib chiqishda Ummatning fikriy va moddiy kuchiga tayangan holda Ummatdan bir noib bo‘ladi. Rasululloh – sollallohu alayhi vasallam – marhamat qiladilar;
كَانَت بَنُو إسرَائِيلَ تَسُوسُهُمُ الأَنْبياءُ، كُلَّما هَلَكَ نَبِيٌّ خَلَفَهُ نَبيٌّ، وَإنَّهُ لا نَبِيَّ بَعدي، وسَيَكُونُ بَعدي خُلَفَاءُ فَيَكثُرُونَ، قالوا: يَا رسول اللَّه، فَما تَأْمُرُنَا؟ قَالَ: أَوفُوا بِبَيعَةِ الأَوَّلِ فالأَوَّلِ، ثُمَّ أَعطُوهُم حَقَّهُم، وَاسأَلُوا اللَّه الَّذِي لَكُم، فَإنَّ اللَّه سائِلُهم عمَّا استَرعاهُم
“Banu Isroilga anbiyolar siyosat yurgizardi, ularni anbiyolar boshqarardi. Bir nabiy halok bo‘lsa, uning ortidan boshqa nabiy kelardi. Mendan keyin esa, hech qanday nabiy kelmaydi. Mendan keyin xalifalar keladi va ular juda ko‘p bo‘ladilar”. Shunda sahobalar, “U holda bizlarni nimaga buyurasiz, yo Rasulalloh, dedilar. Rasululloh – sollallohu alayhi vasallam – esa, “Ulardan birinchisining, faqat birinchisining bay’atiga vafo qilinglar. Xalifalarga haqlarini beringlar. Albatta, Alloh ulardan ham fuqarolarini qanday boshqarganligini so‘rab oladi”. Buxoriy va Muslim rivoyati. Rasululloh – sollallohu alayhi vasallam – saltanat sohibi Ummatga xitoban aytadilar;
من بايع إماما فأعطاه صفقة يده وثمرة قلبه فليطعه إن استطاع فإن جاء آخر ينازعه فاضربوا عنق الآخر
“Kim bir imomga-xalifaga bay’at qilsa, unga qo‘lining kaftini (ya’ni qo‘l berish bilan ishlarni boshqarishni) va qalbining qo‘rini (ya’ni yurakdan itoat qilish ahdini) bersin. Qurbi etgunicha unga itoat etsin. Agar boshqa birortasi undan xalifalikni talashib kelsa, uni o‘ldiringlar”. Muslim va Nisoiy rivoyati.
Ummatda gavdalangan xalifalikni talashuvchi sarkashni qatl etadigan bu saltanat – modomiki, shari’atni mahkam ushlar ekan – xalifa qo‘lida bo‘ladi, “xad”larni tatbiq etish, sug‘ur(islomni buzuvchi nuqta)larni himoya qilish hamda da’vatni jihod yo‘li bilan butun insoniyatga olib chiqish kabi ichki va tashqi ahkomlarni xalifa ushbu saltanat orqali amalga oshiriladi.
Uchinchisi: Musulmonlar uchun yagona xalifa bo‘lishi, ya’ni er yuzidagi barcha musulmonlarning bir dona xalifasi, bitta davlati bo‘lishi lozim. Negaki, musulmonlarga bittadan ortiq xalifaning mavjud bo‘lishi haromdir. Rasululloh – sollallohu alayhi vasallam – marhamat qiladilar:
إذا بويع لخليفتين فاقتلوا الآخر منهما
“Agar ikkita xalifaga bay’at berilsa, ikkinchisini o‘ldiringlar”. Muslim rivoyati. Arfajadan rivoyat qilinadi, u aytadi; Rasululloh – sollallohu alayhi vasallam – menga shunday deganini eshitdim:
من أتاكم وأمركم جميع على رجل واحد يريد أن يشق عصاكم أو يفرق جماعتكم فاقتلوه
“Bir kishining qo‘l ostida ishinglar jam bo‘lib turganda, sizlarga biror kishi kelsa va sizlarning birligingizni buzmoqchi bo‘lib, sizlarning oralaringizni ajratmoqchi bo‘lsa, u odamni qatl etinglar”. Muslim rivoyati. Rasululloh – sollallohu alayhi vasallam – yana marhamat qiladilar:
فإن جاء آخر ينازعه فاضربوا عنق الآخر
“Agar yana boshqasi xalifalikni talashib kelsa, o‘sha kelgan boshqasining boshini tanasidan judo qilinglar”.
Darhaqiqat, sahobalar Rasululloh – sollallohu alayhi vasallam – ning vafotlaridan keyin ansorlar muhojirlarga: “Sizlardan bir kishi, bizlardan bir kishi bo‘lsin – deganlarida, mana shu hukmga, ya’ni, xalifaning bitta bo‘lishiga ijmo’ qilganlar. O‘shanda Umar ibn Xattob – roziyallohu anhu – “Bitta qinga ikkita qilich sig‘maydi” – degan edilar. Abu Bakr Ciddiq roziyallohu anhu – degandilar; “Musulmonlar uchun ikkita amir bo‘lishi halol bo‘lmaydi”. Mana shundan keyin sahobalar Rasululloh – sollallohu alayhi vasallam – ning birinchi xalifasi, yolg‘iz Abu Bakr siddiqqa bay’at berishga ijmo’ qilganlar.
To‘rtinchisi: Ra’iyyat ishlarini boshqarishga aloqador bo‘lgan o‘rinlarda shar’iy ahkomlarni tabanniy qilish huquqi faqat xalifaga beriladi. Agar bitta masalada shar’iy ijtihodlar bir necha bo‘lib ketsa, u mana shu ijtihodlar orasidan tatbiq uchun eng to‘g‘ri, deb gumoniga g‘olib kelgan bitta shar’iy hukmni tabanniy qiladi hamda u Allohning oldida ham, musulmonlarning oldida ham mana shundan mas’ul bo‘ladi. Abu Bakr siddiq – roziyallohu anhu – xalifalik davrlarida shunday shar’iy ahkomlarni tabanniy qilganlar va insonlarni shu ahkomlarga amal qilishga majburlaganlar. Ulardan keyin Umar, Usmon va Aliy – roziyallohu anhum – lar ham boshqa shar’iy ahkomlarni tabanniy qilganlar va ular ham insonlarni shu ahkomlarga amal qilishga majburlaganlar. Sahobalardan birortasi bu holatni inkor etmaganlar. Negaki, xalifaning muayyan ahkomlarni tabanniy qilish huquqi borligiga barcha sahobalar tomonidan ijmo’ bo‘lgan. Bu borada mashhur shar’iy qoidalar istinbot qilingan. Masalan; “yangi-yangi chiqadigan muammolarga qarab, shu muammolarga yarasha hukmlarni chiqarish huquqi sultonnikidir”. “Imomning-xalifaning amri ixtilofni bartaraf etadi”. “Imomning amri zohirda ham, botinda ham o‘tguvchidir”. Shuning uchun musulmon o‘zi bilan davlat orasida va o‘zi bilan boshqa insonlar orasida oshkora ko‘rinib turadigan ishlarida ham, xuddi shuningdek, davlatdan maxfiy bo‘lgan ishlarida ham Islom xalifasining amrini ijro etadi. Shunday bo‘lsada, musulmon kishi xalifa tabanniy qilgan hukmga xilof boshqa bir muayyan ijtihodning to‘g‘riligiga qanoat xosil qilgan bo‘lsa, u o‘sha ijtihodni odamlarga o‘rgatishi va unga da’vat etishi mumkin. Negaki, sahobalarning ijmo’si xalifa tabanniy qilgan hukmga amal qilishning lozimligiga dalolat qiladi. Xalifa tabanniy qilgan hukmni ta’lim berish va unga da’vat etish majburiy emas. Masalan, Abu Bakr siddiq – roziyallohu anhu – xalifalik davrlarida molni musulmonlar orasida bap-barobar taqsimlaganlar. Umar – roziyallohu anhu – esa, bundan boshqa hukmni ma’qul ko‘rganlar. Bu hukmda Abu Bakr siddiq – roziyallohu anhu – bilan tortishganlar ham. Biroq, amalda Abu Bakr – roziyallohu anhu – tabanniy qilgan hukmga bo‘ysungan. Xalifalik o‘z qo‘liga o‘tganda esa, o‘zi tabanniy qilgan hukmni tatbiq qilganlar. Shuning uchun xalifaning tabanniysi amalda majburiydir, unga da’vat etishda emas.
(Shar’iy tariqat kitobidan olindi. Davomi bor).