بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Koronavirusga qarshi eski vaktsina borasidagi kelishuv Falastin ahliga qarshi qasddan sodir etilgan jinoyatdir
«Shabakatul Quds» axborot agentligi qo‘lga kiritgan hujjatda aytilishicha, Falastin ma’muriyati, yahudiy vujudi va «Pfizer» kompaniyasi o‘rtasida vaktsinalar almashinuviga oid kelishuv imzolangan. Hujjat matnida «Isroil hukumatining muddati joriy yilning iyun-iyul oylari oxirida tamom bo‘ladigan bir million doza miqdorda vaktsinani Falastin ma’muriyatiga o‘tkazishi va buning muqobilida o‘ziga shuncha miqdordagi vaktsinani Falastin ma’muriyatining «Pfizer»dagi ulushidan olishi» aytilgan. Xabar mazmuniga ko‘ra, Falastin ma’muriyati muddati deyarli tamom bo‘lgan vaktsina ustida buni aniq bila turib kontrakt tuzishga va uning javobgarligini o‘z zimmasiga olishga jur’at qilgan. Shu munosabat bilan hokimiyat tomonidan tuzilgan «mustaqil» komissiya kecha seshanba kuni o‘z hisobotini taqdim etgan. Komissiya hisobotida siyosiy rahbariyat ushbu almashinuv mavzusidan xabardor bo‘lgani hamda ushbu kelishuvda birorta kamchilik yoki shoshma-shosharlik mavjud bo‘lmagani ta’kidlandi. Bir vaqtning o‘zida, hisobotda komissiyaning sog‘liqni saqlash vaziri tomonidan taqdim etilgan ko‘plab texnik maslahatlarni ham, uning shartnomani imzolamaslikka oid tavsiyasini ham e’tiborsiz qoldirgani aytiladi.
Bu xususda Hizb ut-Tahrir – muborak Falastin zamini matbuot bo‘limi o‘z saytida bayonot nashr qilib, quyidagilarni ta’kidladi:
«Mazkur axborot agentligi qo‘lga kiritgan hujjatdan hamda vaktsinalar masalasini kuzatib boruvchi komissiya hisoboti matnidan Falastin rejimining yurt ahliga nisbatan korruptsiya va yomon boshqaruv darajasidan oshib o‘tib, ongli ravishda jinoyat sodir etish darajasiga etganligi yaqqol ko‘rinib turib turibdi, bunga aslo shubha yo‘q. Chunki kelishuv matnida kelgan so‘zlar rejimning nafaqat xoinlik va korruptsiya bilan shug‘ullanishiga, balki insonlar hayoti bilan o‘ynashishdek jinoyatlarni sodir etayotganiga dalolat qilmoqda. Shuningdek, Falastin ahliga qayg‘urmaydigan, uning xavfsizligi va hayotini o‘ylamaydigan Rejim tepasidagi rahbarlarning aqliyasini fosh qildi. Uning har kungi xatti-harakatidan insonlarni terror qiluvchi, bostiruvchi va zo‘ravon rejim ekani ochilmoqda. Shu darajadaki, rejimdagilar iddao qilayotgan «milliy loyiha» yurt ahliga nisbatan qo‘pollik, shafqatsizlik va jazolashda bosqinchi yahudiylar loyihasidan farq qilmay qoldi. Zotan, barcha buzuqlik va fahshlarning «onasi» bo‘lmish Oslo shartnomasiga asoslangan bunday loyihaning shunday bo‘lishi tabiiy hamdir. Shu bilan birga, ushbu shartnomaga imzo chekkan va past tuban vazifada bosqinchilarga xizmat qilish evaziga Falastinning aksar qismidan voz kechgan rahbarlardan shunday qilmishlar sodir etilishi ham ajablanarli hol emas.
Ahvol shunday ekan, Falastin ahli bunday rejim qarshisiga chiqmoqlari darkor, chunki u jinoyat ketidan boshqa jinoyatlarni quviydigan, korruptsiyasiga boshqa buzuqliklarni qo‘shadigan rejimga aylandi.
Roya gazetasining 2021 yil 14 iyul chorshanba kungi 347-sonidan