Xitoy Qirg‘izistonga talab qo‘ydi

372
0

Xitoy Qirg‘izistonga talab qo‘ydi

 Davlat bojxona xizmati raisi o‘rinbosari Kiyalbek Mukashevning ma’lum qilishicha, Qirg‘iziston va Xitoy o‘rtasidagi chegara punktlari orqali kuniga atigi 30-35 ta mashina o‘tmoqda.

 Bu haqda u pardamentning byudjet va moliya qo‘mitasining 12-iyul kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida deputatlarning savollariga javob berar ekan aytib o‘tdi.

 “Xitoy bilan muzokaralarda ular Qirg‘iziston aholisining 70 foizi (koronavirusga qarshi) emlanishi kerak degan masalani qo‘yishmoqda”, – dedi Mukashev.

 Izoh: Butun olamni sarosimaga solgan koronavirusdan har bir davlat o‘z manfaati yo‘lida foydalanib qolish payiga tushdi. Mustamlakachi davlatlar koronavirus pandemiyasidan  qashshoq davlatlarga bosim o‘tkazish, o‘z izmilariga solish va vaktsinalari uchun yangi bozor ochish yo‘lida foydalanishmoqda. Bu davlatlar o‘zlarida ishlab chiqarilgan vaktsinalarni o‘tkazish uchun ta’sir ostidagi davlatlarni faqat o‘zlarida ishlab chiqarilgan vaktsinalarni olishga majbur qilishmoqda. Masalan, Frantsiya tashqi ishlar vazirligi davlat kotibi Kleman Evropa Ittifoqini Rossiya va Xitoyda ishlab chiqarilgan vaktsinalarni tan olmaslikka chaqirib, Evropada tan olingan to‘rtta vaktsinadan boshqasi bilan emlanganlarni EI hududiga kiritmaslikni taklif qildi.

 Shu bilan birga, EI Xitoy va Rossiyani G‘arbda ishlab chiqarilgan COVID-19 vaktsinalarni tanqid qilib, o‘z vaktsinalarini targ‘ib qilishga qaratilgan, davlat tomonidan moliyalashtirilayotgan “dezinformatsiya kampaniyalarini” kuchaytirishda aybladi. Bundan tashqari, EIning aksar davlatlari AQShda ishlab chiqarilgan vaktsinasidan foydalanishni to‘xtatib qo‘ydi. Etakchi davlatlar dori-darmon bozoriga ega chiqish, o‘zlari egallagan bozorlarga boshqalarni kirishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun matbuot kurashini ham kuchaytirib yuborishdi. Shunday kurash va bosimlar natijasida Qirg‘iziston ham AstraZeneca vaktsinasini sotib olishni kechiktirdi. Buning o‘rniga Xitoyda ishlab chiqarilgan Sinopharm vaktsinasidan foydalanishni boshladi. Xabar qilinishicha, 11 iyul kuni koronavirusga qarshi Xitoy vaktsinasi – Sinopharm vaktsinasining 1 million 250 ming dozasi Qirg‘izistonga etkazib berildi. Hukumatning ta’kidlashicha, yana shuncha miqdordagi vaktsina iyul oyining oxirida keladi. Xitoy Qirg‘izistondan aholini 70 foizini emlashni talab qilganida ham aynan o‘zida ishlab chiqarilgan vaktsina bilan emlashni shart qilib qo‘ygani aniq. Xali vaqti kelib bu davlatlar o‘zlarida ishlab chiqarilgan vaktsina bilan emlanmagan odamlarni mamlakatlariga kirishini taqiqlab ham qo‘yishadi.

 Bundan tashqari, mustamlakachi davlatlar pandemiyani bahona qilib Islom va musulmonlarga qarshi olib borayotgan kurashni yanada kuchaytirib borishmoqda. Mana ikkinchi yildirki musulmonlar muqaddas Haj ibodatini ado etisha olmayapti. Hozirgacha ayrim davlatlarda musulmonlar masofa saqlab namoz o‘qishga majbur bo‘lishyapti. Jamoatchilik joylarida xali xam, xar turli cheklovlar mavjud. Bunga odamlar ko‘p to‘planadigan joyda virus “yuqish” ehtimoli ortishi sabab qilib ko‘rsatilmoqda. Ammo, kuni kecha yakunlangan futbol bo‘yicha Evropa chempionatida esa yuz minglab muxlislarni stadionlarda jamlanganda mustamlakachi davlatlar vahima qilgan pandemiya ham “yuqmay” turdi.   

  Xulosa qilib aytganda, koronavirus pandemiyasi ham xuddi “terrorizm” va “ekstremizm” kabi mustamlakachi davlatlar uchun mayda davlatlarga bosim o‘tkazish, shaxslarning erki, mulki va imkoniyatlariga tajovuz qilishlariga qonuniy yo‘l ochish vositasiga aylandi.

 Abdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.