AQSh kuchlarining Bagram havo bazasidan butunlay chiqib ketishi Afg‘oniston va dunyo bo‘ylab ularning chekinayotganini va omadsizlikka yuz tutayotganini ko‘rsatadi

357
0

AQSh kuchlarining Bagram havo bazasidan butunlay chiqib ketishi Afg‘oniston va dunyo bo‘ylab ularning chekinayotganini va omadsizlikka yuz tutayotganini ko‘rsatadi

Qariyb yigirma yildan so‘ng AQSh kuchlarining oxirgi guruhi Bagram havo bazasini tark etdi. Bu chekinish AQSh va NATOning Afg‘onistondagi harbiy missiyalari yakuniga etganini anglatadi.

Bir paytlar o‘n minglab AQSh askarlari yashagan va AQSh qudratining mintaqadagi ramzi hisoblangan Bagram havo bazasi hozirda vayron bir majmua holiga keldi.

﴿فَتِلْكَ بُيُوتُهُمْ خَاوِيَةً بِمَا ظَلَمُوا إِنَّ فِي ذَٰلِكَ لَآيَةً لِقَوْمٍ يَعْلَمُونَ﴾

«Mana, ular zolim bo‘lganliklari sababli uylari huvillab qoldi! Albatta bunda biladigan qavm uchun oyat-ibrat bordir» [Naml 52]

Bagram havo bazasi bosqinchi kuchlarning asosiy qarorgohi edi. Undan har kuni minglab harbiy samolyotlar parvoz qilib, begunoh afg‘onlarni qirg‘in qilardi. Bundan tashqari, bazaning o‘rtasida hech qanday insoniy qadriyatlarga rioya qilinmaydigan dahshatli qamoqxona bo‘lgan. Maydoni katta bo‘lgani, yirik-og‘ir harbiy uskunalar joylashtirilgani uchun ko‘pchilik odamlar bu erdan amerikalik kuchlarning chiqib ketishi amri mahol, degan fikrda edilar. Biroq, buyuk va qudratli bo‘lgan Alloh Subhanahu va Taolo kofirlarni o‘z makrlari botqog‘iga o‘zlarini g‘arq qilib, ularning musulmon yurtida qilgan orzu-xayollarini Afg‘onistondagi musulmonlar va mujohidlar uchun nusrat haqiqatiga, fikriy, siyosiy va harbiy kurashlari g‘alabasiga aylantirdi.

Yigirma yil muqaddam AQSh bosqinchi kuchlari bu yurtni ishg‘ol qilgan paytda, aksar odamlar Amerika va NATOni «xaloskor farishtalar», deb o‘ylagan edi. Biroq, aslida, Amerika insonparvarlik yordamlari va inson huquqlarini himoya qilish kabi yolg‘on shiorlar ortiga yashirinib olgan yirtqich hayvondir. Bugun AQSh kuchlari Afg‘onistonni tark etayotgan ekan, ular qoldirgan og‘ir merosni yoritib berishimiz lozim. Zero, ular o‘zlaridan siyosiy va gumanitar tartibsizliklarga to‘lib toshgan hamda ishsizlik va qashshoqlikdan boshqa narsaga yuz tutmaydigan zaif bir davlatni meros qilib qoldirishdi.

Hech shubha yo‘qki, AQSh qurolli kuchlarining Afg‘onistondan sharmandali tarzda chiqib ketishi ularning nafaqat bu yurtda, balki butun dunyo miqyosida zaif karton kuchlar ekanini fosh etdi. Roshid Xalifalik barpo bo‘lgan vaqtda ularning halokatli jar yoqasiga kelib qolganligi to‘g‘risidagi haqiqat ham yuzaga chiqib, AQSh ma’muriyati albatta halok bo‘ladi va qilgan makri o‘rasiga o‘zi dafn etiladi. Ana shunda butun insoniyat bunday takabbur davlatlar dahshatidan xalos bo‘ladilar. Bu Alloh Subhanahu va Taoloning qo‘lidadir. Chunki U zot har qanday zolim, kofir isyonkor kuchni – vaqt-soati kelganda – albatta yo‘q qilib yuborishga qodirdir.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.