Qirg’iz-Xitoy chegarasida otishma bo’ldi

536
0

images (42)

Qirg’iziston Davlat chegara xizmati matbuot bo’limining xabar qilishicha, 23 yanvar kuni ertalab Issiqko’l viloyati Jeti-O’g’uz tumanining Xitoy bilan chegaraga tutash hududdagi “Oq-Shiyrak” chegara nuqtasi atrofida qirg’iz chegarachilari va noma’lum guruh o’rtasida otishma kelib chiqqan.

Xitoy tomonidan yigirma kishiga yaqin qurollangan odamlarni Qirg’iziston hududiga bostirib kirishi va o’rmon xo’jaligi xodimini o’ldirib, uning ov qurolini egallab olishi otishma kelib chiqishiga sabab bo’lgan.

“Voqea joyiga etib kelgan qirg’iz chegarachilari noma’lum shaxslar tomonidan o’qqa tutilgan. Yuzaga kelgan otishma natijasida qonunbuzarlardan ikki nafari otib o’ldirilgan. Ayni vaqtda jinoyatchilar chegarachilar tomonidan “Pikertik” isitish bo’limida o’rab olingan”, – deb xabar qiladi matbuot xizmati. Voqea joyiga Chuy chegara bo’linmasining maxsus guruhi uchib ketgan.

Kechga borib esa, qirg’iz-xitoy chegarasidan 40 kilometr uzoqlikda joylashgan “Pikertik” isitish bo’limida qurshab olingan va chegarachilarni o’z ixtiyorlari bilan taslim bo’lish talabiga rad javobini bergan 11 nafar jinoyatchi yo’q qilingani xabar qilindi.

 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.