Tunis rejimi Xalqaro Valyuta Fondi qo‘ygan shartlar tufayli tadqiqotchi doktorlardan voz kechdi

290
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Tunis rejimi Xalqaro Valyuta Fondi qo‘ygan shartlar tufayli tadqiqotchi doktorlardan voz kechdi

Hizb ut-Tahrir – Tunis viloyati matbuot bo‘limi chiqargan bayonotda quyidagilar ta’kidlanadi:

«Ishsiz qolgan doktorlar masalasini davlat rasmiylari manipulyatsiya qilib, shu orqali siyosat bozorida pul topishyapti. Bu esa, Tunis hukmdorlari peshonasiga tushgan sharmandalik dog‘idan boshqa narsa emas, albatta. Davlatning tadqiqotchi doktorlarni ishga joylashdek o‘z vazifasini bajarmayotganligining sababi mablag‘ etishmasligi emas. Balki u o‘zining boshqarish javobgarligidan voz kechgan. Tunistlik rahbarlar tan olishga botinisholmayayotgan haqiqat shuki, tadqiqotchi doktorlarni davlat xizmatiga tayinlash qarori Xalqaro Valyuta Fondining qo‘lida. Bu Fond oylikchilar guruhlarini kamaytirish da’vosi bilan Tunisga davlat xizmatiga tayinlamaslik majburiyatini yuklaydi. Buni moliyaviy va iqtisodiy islohotlar niqobi ostida Tunisga ko‘rsatmalar berish doirasida amalga oshiradi».

Matbuot bayonoti so‘nggida bunday deyildi:

«Ishsizlikning asosiy va bevosita sababchisi kapitalistik tuzumdir. Bu muammoni tub echimi esa, talon-toroj etilgan mablag‘lar qaytarilib, ishlab chiqarish va sotish orqali davlat tomonidan idora qilinishi hamda xususiylashtirishni butunlay bekor qilinishidan iboratdir. Bu esa, kapitalistik tuzumni bekor qilish lozimligini anglatadi. Ammo bunga kapitalist darg‘alar va sarmoya kitlari yo‘l qo‘ymaydi, albatta. Shu bois, odamlardan zulmni bartaraf etish uchun kapitalizmga qarshi qo‘zg‘olon ko‘tarish va uning mahalliy qo‘g‘irchoqlarini ag‘darish shartdir.

Roya gazetasining 2021 yil 7 aprel chorshanba kungi 333-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.