بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Musulmon yurtlaridagi mavjud rejimlar tayanchini qurt kemirib, tiklanajak Xalifalik qarshisida dosh berolmas holatga etib kelgan
Ustoz Bohir Solih
Hizb ut-Tahrirning muborak Falastin
zaminidagi matbuot bo‘limi a’zosi
Mafkura va qudrat, bu ikkisi davlatning – har qanday davlatning – tayanchi hisoblanadi. Ulardan biri ikkinchisidan ustun kelgani sari, davlat yo taraqqiyotga ketadi yoki tanazzulga. Qachon bu ikki tayanch barobar uyg‘unlashsa va birlashsa, davlat kuchli, mustahkam, muvaffaqiyatli davlat bo‘ladi. Tabiiyki, qachon davlat ikkala tayanchni yo‘qotsa, albatta ag‘darilib, parchalanadi.
Rosululloh ﷺ asos solgan davlat qariyb o‘n uch asr davom etib, bir necha asr dunyoning birinchi davlati bo‘lib keldi. Chunki bu davlat buyuk mafkura va atrofidagi o‘g‘lonlar jamoasi bilan boshlangan edi. O‘shanda sahobalar mafkurani dillariga chuqur joylab, tillari va tanalari bilan uni boshqalarga etkazdilar. Shu mafkurani ra’yi omga aylantirib, keng jamoatchilik bazasini yaratdilar. Keyin Rosululloh ﷺ o‘zlari taxmin qilgan taraflardan kuch-qudrat izladilar. Nihoyat, Alloh Taolo ul zot uchun bir kuch-qudrat muhayyo etib berdiki, unda ham mafkura, ham kuch-qudrat jamlanib, davlat barpo bo‘ldi. Borgan sari bu davlat o‘sib, rivojlandi, kengaydi… keyinchalik o‘z nuri va hokimiyati bilan dunyoning uch qit’asini qamrab oldi.
Islom davlatida mafkura bilan kuch-qudrat uchrashgani, balki go‘zal suratda uyg‘unlashgani sababli bu davlat bir necha asr yashab, dunyoning mash’alasiga aylandi. Biroq keyinchalik davlat rahbarlarining dillaridan, siyosiy doira va xalq bazasidan mafkura uzoqlashdi. Davlatga tayanch bo‘lgan kuch-qudratga darz etdi. Ajnabiy kuchlar Islom davlati orasidagi malaylar bilan til biriktirib, ularning yordamida, hech qanday qarshiliksiz davlatni ag‘darishga muvaffaq bo‘lishdi, Xalifalikka yakun yasashdi. Ular Islom davlati o‘rniga zolim boshqaruvlarni o‘rnatishdi. Bu boshqaruvlar zulm va kuch-qudratga tayandi. Mana, bugun biz o‘sha zolim boshqaruvda yuz yilni o‘tkazdik.
Musulmon yurtlaridagi mavjud davlatlarga bir boqish bilanoq u erlardagi rejimlarning qanchalar zaif va tanazzulga yuz tutganini ko‘rish mumkin. Shu darajadaki, ular bitta kuchli zarbaga ham dosh berolmaydi. Payg‘ambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalik e’lon qilingandagi to‘fon zarbalariga esa, erta qachon dosh berolmaydi.
Mafkura jihatidan olsak, musulmon yurtlaridagi mavjud rejimlar hatto eng yaxshi zamonlarida ham umuman mafkuraga tayanishmagan. Balki ma’lum o‘tish davrlari va ba’zi sharoitlarda ikkilamchi yoki umumiy fikrlarga bog‘lanishgan. Oqibatda bu fikrlar sindi, soxta va yolg‘onligi fosh bo‘lib, sharmandasi chiqdi. Bular vatanparvarlik, arab millatchiligi, baaschilik, kommunistik, hurriyat, demokratik, dunyoviylik, mo‘’tadil islom, qarshilik harakati… kabi fikrlar edi. Bular bilan birga rahbarlarning shaxsiyat va basharalari ham fosh bo‘ldi. Hatto rahbarlarning yuzidagi maskalari tushib, ko‘tarib chiqqan bayroqlari yirtilib, ayb-uyatlarini to‘sishning imkoni bo‘lmay qoldi.
Musulmon yurtlaridagi mavjud rejimlarni qo‘llab-quvvatlashda salmoqli rolga ega bo‘lgan eng muhim tayanch kuchdir, boshqacha aytganda, temir va olovdir. Rejimlar xalqlarga zulm o‘tkazish va ularni repressiya qilishda ayni shu kuchga tayanishdi. Buni ular qatli om, qamoqqa tashlash, qiynoqqa solish, och-qashshoq qilish va emmigrantlarga aylantirish, hatto jinsiy zo‘ravonlik va haq-huquqlariga tajovuz qilish bilan amalga oshirishdi. Buning uchun turli shafqatsizlik, tahdidlar qo‘llab, ko‘plab insonlarni rejim va ularning xavfsizlik xizmatidan qo‘rqib titraydigan kimsalarga aylantirib qo‘yishdi. Shu orqali bu rejimlardan qochib qutulish, xalos bo‘lish, ularga isyon qilish, ularni ag‘darish amri mahol narsa, degan ishonch-qanoatni paydo qilishdi.
Kunlar, oylar va yillar shu zaylda o‘tib, nihoyat, Ummat orasida o‘g‘lonlar dunyoga keldi. Ular tog‘utlarga o‘z jonlari bilan qarshi turib, ularga o‘z ixlosi, saboti va jur’ati bilan zarba berdilar. Ushbu o‘rnak Ummat orasida kurash ruhini qo‘zg‘adi, rejimlarga zulmu zo‘ravonligi bilan qarshi turib, ularni o‘zgartira olishga umid chirog‘ini yoqdi. Keyin arab bahori qo‘zg‘olonlari boshlanib, xalqlarning jobir rejimlarni o‘zgartirish va ulardan qutulishga qodirliklarini isbotlandi. Odamlar mavjud rejimlarning qanchalar zaif va mo‘rt ekanini tushunib etdilar. Xalqlarda o‘zlariga va o‘zgartirishga qodirliklariga bo‘lgan ishonch qayta tiklana boshladi.
Rejimlar va ular ortidagi G‘arb qattiq urinib, bu rejimlarning va ularning xavfsizlik xizmatining haybatini qayta tiklashga harakat qilishdi. Buning uchun qirg‘in, qamoqqa olish va turli xil jinoyatlarni sodir etishdi. Biroq bu rejimlarni bir kunda yoki bir haftada ag‘darib tashlash mumkin, degan ishonchni xalqlar miyasidan sug‘urib tashlasholmadi. Ummat ibn Alining qochishi, tog‘ut Husni Muborakning yiqilishi, Qazzofiy va Ali Abdulloh Solihlarning o‘limi manzarasini hamon unutgani yo‘q. Rejimlar Ummatga qo‘rquv va haybat ko‘rinishlarini qayta solishga tinimsiz urinishyapti, ammo uddalasholmayapti. Hatto odamlar rejimlardan qo‘rqishidan ko‘ra, rejimlar odamlardan ko‘proq qo‘rqadigan bo‘lib qoldi.
Agar odamlar rejimlarga qarshi qattiq qo‘zg‘alsa, rejimlarning ularga kuchi etmasligi, chunki bu rejimlarda tayangan haqiqiy kuch-qudrat etishmasligi, ular asl emas, puflab shishirilgan arslon ekanliklari inkor etib bo‘lmas haqiqatga aylandi. Shuning uchun ularning barcha sa’y-harakatlari eng so‘ngi hal qiluvchi lahzaga etib borishni oldini olishga yoki uni kechiktirishga qaratilgan. Chunki ular ushbu lahzaga dosh berolmasliklariga yuz foiz ishonishdi. Ushbu hal qiluvchi lahza, Ummat irodasi jamlanadigan va muayyan kuch va yordam ahli mana shu iroda tomoniga o‘tadigan lahzadir.
Musulmon yurtlaridagi mavjud rejimlar va ular ortida turgan mustamlakachi G‘arb Ummatning o‘zgartirish zarur, degan ishonchi o‘sib, juda mustahkamlanganini, Ummat Islomdan o‘zga alьternativaga aslo rozi bo‘lmasligini anglab etdi. Shu sababdan G‘arb Islomni minib yurish uchun yillar davomida mo‘’tadil va ekstremistlarni qo‘llab-quvvatlab keldi. Bundan u musulmonlarni aldash uchun biror alьternativani topguniga qadar Ummatni boshi berk ko‘chada tentiratib yurishini ko‘zladi. Bundan tashqari, Ummatdagi qo‘rquv yo‘qolib, rejimlardan avvalgidek qo‘rqmay qolganini, qulay fursat topildi deguncha, ularga qarshi turishi mumkinligini hukmdorlar ham, ular ortidagi G‘arb ham anglab etdi.
Demak, rejimlarning haybati sinib, Ummatni qo‘rqita olmaydigan holga kelib qolganini, shuningdek, ularning o‘z xalqlarini ergashtiruvchi fikrlardan bo‘shab, sharmandasi chiqqanini e’tiborga olsak, ularning ojizligi yaqqol ko‘rinib qoldi. Endi ularning kelayotgan Xalifalik to‘foniga dosh bera olmay qolishgani, hal qiluvchi lahza kelib, musulmon yurtlarining birida ikkinchi roshid Xalifalik barpo bo‘lsa, bu rejimlar Ummatga qarshi turolmasliklari ochiq haqiqatga aylandi.
Musulmon yurtlaridagi mavjud rejimlar chirib, oyoqlaridan boshlariga qadar qurt kemirib tashladi. Ishlar tizgini ularning nazoratidan chiqib ketishini kechiktirish uchun kechayu kunduz chiranib yotishibdi. Taqdirlari halokat ekaniga aqllari etib, uni kechiktirishga urinishyapti, xolos. Zotan, soat millarini ortga qaytarib bo‘lmaydi, o‘tgan ish o‘tdi-ketdi, endi Ummat avvalgi qo‘rquvga, o‘zgartirishdan umidsizlanishga aslo qaytmaydi. Rejimlar ham avvalgidek mavjud voqelikni diktovat qilish va xalqlar ustidan changallarini mustahkamlash vaqtini qaytara olishmaydi.
Yaqinda, Allohning izni ila, Xalifalik barpo bo‘lsa, bu rejimlar va ularning gumashtalarining bor-yo‘q tashvishlari qochib qolish bo‘ladi. Ular ummatni qo‘liga tushib qolishdan va unga totdirgan shuncha azob-uqubatlari uchun hisob berishdan qutulishni o‘ylab qolishadi. Ammo Xalifalik va Ummat to‘foniga qarshi turib kurashishga kelsak, bu amalga oshmaydigan bir xayolga aylandi, qoldi.
Roya gazetasining 2021 yil 10 mart chorshanba kungi 329-sonidan