Dunyoning butun kuchlari barpo bo‘lajak Xalifalikka qarshi tura olmaydigan darajada zaifdir

293
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Dunyoning butun kuchlari barpo bo‘lajak Xalifalikka qarshi tura olmaydigan darajada zaifdir

Bugungi kunda dunyoda musulmonlar soni 1.9 milliardga etdi. Ummat ellikdan ziyod davlatga bo‘linib ketgan bo‘lsada, biroq u sharqda Indoneziyadan g‘arbda Marokashgacha cho‘zilgan o‘ziga xos strategik mavqega ega. U Malakka bo‘g‘ozi, Hurmuz bo‘g‘ozi va Suvaysh kanali kabi xalqaro savdo uchun zarur bo‘lgan suv yo‘llarini nazorat qila oladi. Ummatning musulmon yurtlari neft, gaz, ko‘mir, litiy (kumushrang metall) va oltin kabi ulkan tabiiy boyliklarga ega. Butun Islom Ummati yirik harbiy kuchga ega. Bundan tashqari, Ummatda yadroviy va uzoq masofaga uchuvchi raketa tizimlari bor. Dunyoning etakchi davlatini barpo qilish uchun lozim bo‘ladigan mana shunday potentsial mavjud bo‘lishiga qaramay, dunyo ishlari masalasida musulmonlarga joy qolmadi. Ular xuddi chorvalar kabi haydalib, chor atrofdan dunyo bo‘rilar hujumiga duch kelmoqdalar!

Vaziyatimiz og‘ir. Ammo qo‘limizda shunday ulkan imkoniyatlarning borligi bizni o‘zgarish haqida fikrlashga undamoqda. Lekin ko‘pchilik odamlar sayoz fikrlab, hozirdagi dunyo kuchlari kuchli, ularga bas kelolmaymiz, deyishmoqda. Bu noto‘g‘ri. Eng buyuk kuch Alloh Subhanahu va Taolodir, U zot mo‘minlar bilan birgadir. Allohning nusrat-yordami bilan Islom Ummati qo‘lida qancha-qancha yirik kuchlarning mag‘lub bo‘lganiga Islom tarixi guvoh. Alloh Taolo aytadi:

إِنْ يَنْصُرْكُمُ اللَّهُ فَلَا غَالِبَ لَكُمْ وَإِنْ يَخْذُلْكُمْ فَمَنْ ذَا الَّذِي يَنْصُرُكُمْ مِنْ بَعْدِهِ وَعَلَى اللَّهِ فَلْيَتَوَكَّلِ الْمُؤْمِنُونَ

«Agar sizlarga Alloh yor bo‘lsa, hech kim sizlardan g‘olib bo‘lmas. Va agar sizlarni nusrat-yordamsiz qo‘ysa, Undan o‘zga hech bir zot yordamchi bo‘lmas. Mo‘minlar Allohning o‘zigagina suyansinlar!» [Oli Imron 160]

Shunga qaramay, ko‘pchilik (hozirda dunyoning hukmron kuchi bo‘lib turgan) Amerikadan qo‘rqyapti. Holbuki, AQSh qurolli kuchlari so‘nggi yigirma yil ichida Afg‘onistondagi zabardast o‘g‘lonlar qo‘lida sharmandali mag‘lubiyatga yuz tutdi. Shu darajadaki, Vashington qanday bo‘lmasin o‘z nufuzini saqlab qolish uchun ular bilan tinchlik o‘rnatishni talab qila boshladi. Mana, Amerikaning harbiy kuchlari holi. U haqiqiy o‘g‘lonlarga qarshi turishga kuchi etmayapti.

Iqtisodiy kuchga kelsak, AQSh iqtisodiyoti 2008 yilgi krizisdan so‘ng, hatto koronavirus pandemiyasidan oldin, yana bir global krizisni boshdan kechirdi. Tramp Amerikaning holdan toygan bunday iqtisodiyotini qo‘llab-quvvatlash maqsadida, yurtda ish joylarini qaytarish uchun globallashuv tizimini o‘zgartira boshladi. Savdoni erkinlashtirishdan protektsionistik choralarga o‘tilganda esa, butun dunyo AQSh-Evropa va AQSh-Xitoy o‘rtasidagi savdo urushlariga guvoh bo‘ldi. O‘zaro raqobat qattiq alanga olishi kutilmoqda. Chunki og‘ir ahvolda qolgan Jahon iqtisodiyotining barcha tarmoqlari o‘rtasida kurash boshlangan.

Siyosiy jihatga kelsak, odamlarning demokratiyaga bo‘lgan ishonchlari sezilarli darajada pasaygan. Oddiy insonlar ham hukmron elita tarafida turishdan bosh tortmoqdalar. Chuni elita qo‘lga kiritgan imtiyozlar ularning hisobiga bo‘lgan. Bundan tashqari, ular ozchilik millatlarga nisbatan irqiy kamsitishdan bezishgan. AQShda «Black Lives Matter» (Qora tanlilar hayoti muhim) nomli harakatning tuzilgani buni yaqqol ko‘rsatib turibdi. Amerika jamiyatida yuzaga kelgan yoriq va siniqlarni yashirishning iloji yo‘q bo‘lib, u tobora kengayib bormoqda. Buni AQSh prezidenti Jo Bayden 2021 yil 20 yanvarda prezidentlik inauguratsiyasida qilgan murojaatida «virus keng tarqalgan. Irqchilik sistematik ravishda kuchaymoqda. G‘azab, nafrat, yomon ko‘rish, zo‘ravonlik, ekstremizm, qonunbuzarlik… kasallik, ishsizlik, umidsizlik keng yoyilmoqda», deya e’tirof etdi.

Yirik kuchlar orasida, ayniqsa, Amerikadagi bunday zaif vaziyat Islom Ummatining Xalifalikni barpo etishi uchun oltin fursatdir. Chunki Xalifalik butun musulmon yurtlarini bitta qudratli davlatga birlashtirish orqali eng yirik davlatga aylanishi mumkin. U dunyodagi barcha mazlumlarga hidoyat mash’alasi bo‘ladi. Chunki hokimlaru fuqarolar, oq tanlilaru qora tanlilar, musulmonlaru g‘ayrimusulmonlar ustidan Alloh nozil qilgan ahkomlar bilan hukm yuritiladi. Kuchli kuchsizga zo‘ravonlik qilmaydigan bo‘ladi.

Dunyo xalqlari, shu jumladan g‘arblik xalqlar Xalifalik tuzumi va Alloh nozil qilgan ahkomlar soyasida yashab, adolat, farovonlik, xavfsizlik va tinchlikni ko‘rganlarida edi, ularning o‘zlari Islom Ummatidan Xalifalik davlatini qayta barpo etishni yoppasiga talab qilgan bo‘lar edilar. Ammo olamning Islom bilan uyg‘onishi o‘rtasida kapitalist darg‘alar to‘siq bo‘lib turibdi. Ular tuzumlar, hukmdorlar va jinoyatkor oligarx-magnatlardan iborat bo‘lib, insoniyatning Islom bilan ko‘zini ochishiga, u bilan tinishishiga va baxt-saodatli bo‘lib, dunyo va oxiratda najot topish faqat Islomdaligini anglashiga yo‘l qo‘yishmayapti. Shuning uchun Allohning izni ila, tez kunda Xalifalik barpo bo‘lganda odamlar Allohning diniga to‘p-to‘p bo‘lib kirajaklar, xuddi kichik Bush «Bu musulmonlar, agar bitta islomiy davlatga birlashishga muvaffaq bo‘lishsa, qolgan davlatlar xuddi domino toshlari kabi birin-ketin yiqiladi. Unda bu ishni to‘xtatib qolishga juda kech bo‘ladi», deya aytganidek, olamdagi kufr davlatlari birin-ketin yiqiladi. Modomiki, bu haqiqatni kufr darg‘alari anglayotgan ekan, ko‘plab musulmonlar, ayniqsa, kuch-qudrat egalari nega anglamayaptilar, axir qurolli kuchlar va askarlar shularning nazoratida-ku?! Bas, kuch-qudrat sohiblari uchun Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalikni barpo qilish uchun nusrat-yordam berishlari vaqti allaqachon keldi. Buning uchun kerakli barcha imkoniyatlar tayyor.

Roya gazetasining 2021 yil 10 mart chorshanba kungi 329-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.